O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
26.12.2015

XORVATIYA: YETAKCHI SIYOSIY PARTIYALAR

sotsial g‘oyalar tarafdori boldi

Joriy yilning noyabr oyida Xorvatiyada bolib otgan parlament saylovi jarayonlari dunyo ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, atroflicha sharhlandi.

Umuman, ushbu mamlakatdagi siyosiy tizim oziga xosligi bilan ajralib turadi. Xorvatiya qonun chiqaruvchi oliy organi — parlament bir palatali bolib, 151 nafar deputat faoliyat olib boradi. Mamlakatda siyosiy partiyalar soni kop. 2011 yilda otkazilgan saylovda 300 dan ortiq siyosiy partiya ishtirok etgan bolsa, bu yilgi saylovda 166 partiya oz nomzodini taqdim etdi.

Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka 2311 nafar nomzod korsatildi. Ovoz berish jarayonlarida 3,8 million fuqaro ishtirok etdi. Saylov uchastkalarida ovoz berish tonggi soat 7 dan kechki 19 gacha davom etdi.

Saylov komissiyasining hisob-kitoblariga kora, Vatanparvarlar koalitsiyasi parlamentdan 61 orinni egallab, goliblikni qolga kiritdi. Sotsial-demokratik goyalar tarafdori bolgan koalitsiya esa 55 deputatlik mandatiga ega boldi.

Saylovda uchinchi natijani «MOST» siyosiy partiyasi qayd etdi. Siyosatshunoslar fikricha, ushbu natija haqiqiy kutilmagan holat boldi. Mazkur partiya parlamentda 19 orinni olishga erishdi. MOST siyosiy partiyasi 2012 yilning oxirlarida tashkil etilgan, oz saylovoldi dasturida asosan iqtisodiyotni isloh qilish, yoshlarni har tomonlama qollab-quvvatlash, fuqarolarning iqtisodiy hamda siyosiy faolligini oshirish masalalarini ilgari surgan.

Saylovda jami saylovchilarning 60,14 foizi ovoz berdi.

Agar e’tibor qaratadigan bolsak, siyosiy partiyalar saylovoldi kampaniyasi davomida bir-biridan qiziq va oziga xos dasturlar, takliflar bilan chiqdi. Xususan, sotsial-demokratlar iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, soliqlarni kamaytirish, tovar eksportini 30 foizgacha oshirish, aholi bandligini taminlash, turmush darajasi va ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish, byudjet defitsitini qisqartirish, shuningdek, talim sohasiga yangi investitsiyalarni jalb qilish masalalarini oz dasturlarida bayon etgan edi.

Vatanparvarlar koalitsiyasi ham bir qator goyalarni ilgari surdi. Misol uchun, birinchi orinda soliqlarni kamaytirish, 25 mingdan ortiq ish orni yaratish, pensiya miqdorini ortacha oylik ish haqining 60 foiziga yetkazish, yangi tugilgan chaqaloqlar uchun ming yevro miqdorida mablag ajratish kabi muhim masalalarni ortaga tashladi. Saylov natijalari shuni korsatdiki, mazkur masalalarni aholining kopchilik qismi qollab-quvvatladi.

Bir qarashda ushbu ikki siyosiy partiya goyalari, dasturlari ortasida juda katta farq, tafovut yoqdek. Aksincha, bir-birini toldirib turibdi. Eng asosiysi, ularning har ikkalasi aholi ijtimoiy himoyasi, ish orinlari tashkil etish, soliqlarni kamaytirish masalalariga jiddiy etibor qaratgan.

Saylovda golib bolgan Vatanparvarlar koalitsiyasi, umuman, parlamentdan orin olgan har bir siyosiy partiya oldida muhim vazifalar turibdi. Chunki ushbu saylov Xorvatiyaning Yevropa Ittifoqiga azo bolganidan keyingi birinchi parlament saylovi hisoblanadi.

Umuman, har bir siyosiy partiyaning mamlakatdagi barqarorlikni taminlash, aholi farovonligiga erishish, saylovchilarni oylantirayotgan masalalarni hal qilish boyicha hayotiy takliflar berishi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: