O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.12.2015

ZERIKARLI TADBIRLAR

hech kimga foyda bermaydi

Jahonning ayrim davlatlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy beqarorliklar, geosiyosiy manfaatlar toqnashuvi avj olayotgan bugungi sharoitda odamlarda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, har bir kishida mustaqil fikrlash konikmasini shakllantirish va mustahkamlash muhim masala bolib turibdi. Chunki inson fuqarolik burchi va mas’uliyatini chuqur his qilsa, atrofdagi voqea-hodisalar mohiyatini teran anglasa, unda oziga va kelajakka ishonch, el-yurt ravnaqiga daxldorlik tuygusi kuchayadi.

Prezidentimizning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 23 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasida bu masalaga ham yana bir bor etibor qaratildi. Xususan, aholini qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan keng xabardor etib borish lozimligi takidlandi.

Malumki, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlar saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazib qaytdi. OzXDP fraksiyasi azolarining qayd etishicha, aholi, ayniqsa, yoshlar mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga katta qiziqish bilan qaramoqda, deputatlar bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etmoqda. Yoshlarda siyosiy jarayonlarga, xususan, siyosiy partiyalar hayotiga bolgan qiziqishni yanada oshirish choralarini kuchaytirishimiz lozim. Buning uchun otkazilayotgan tadbirlar tasirchanligini kuchaytirish eng muhim masalalardan biridir.

Aytish kerakki, OzXDP Markaziy Kengashi va hududiy partiya tashkilotlarida muntazam ravishda otkazilib kelinayotgan siyosiy va fuqarolik marifati tizimidagi oquv-seminarlar aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Partiya Markaziy Kengashidan tortib, to boshlangich tashkilotlarga qadar tort bosqichda olib borilayotgan turkum mashgulotlarda partiya dasturiy maqsadlarini targib qilishga, yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga, shuningdek, mamlakatni modernizatsiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida elektorat manfaatlari bilan bogliq fikr-mulohazalar va hayotiy takliflarni organishga alohida etibor qaratilyapti.

Oldimizga qoygan maqsadlarimizning tola-tokis amalga oshishida ommaviy-siyosiy tadbirlar, targibot-tashviqot ishlarining orni nihoyatda katta, deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Akmal Tursunboyev. Demak, joylarda otkaziladigan tadbirlar quruq rasmiyatchilikka aylanib qolmasligi uchun koproq ijtimoiy masalalarga, aholini oylantirib turgan savollarga javob topishga harakat qilishimiz talab etiladi.

Bugun ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda bir narsaga guvoh bolish mumkin. Yigilganlar bir-biri bilan muloqotga kirishib, mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashishyapti... Umuman, odamlarda faollik, jamiyat miqyosida fikrlash hissi kuchaygan. Shu bois tadbirlar qancha kop bolsa, shuncha yaxshi, degan fikrdaman. Biroq bu mulohazadan tadbirni nomigagina otkazsa ham bolaveradi, degan mano chiqmasligi kerak. Biz son ketidan quvib, samarasiz tadbirlarga berilib ketmasligimiz lozim. Xosh, tadbirlarni tasirchan otkazish, unda kotirilgan mavzuning ishtirokchilarga yetib borishini taminlash uchun nimalarga ahamiyat berishimiz zarur?

Menimcha, avvalo, har bir otkazilayotgan tadbir yoki yigilishdan kozlangan aniq maqsad bolishi lozim. Maqsad kozlanmas ekan, har qanday tashabbus, tadbir nomigagina bolib qolaveradi. Tadbirlarning kun tartibini belgilashda bugunnnig talabi, partiyamiz elektorati qiziqishi, odamlarning takliflaridan kelib chiqilsa, maqsadga muvofiq boladi, deb oylayman. Partiyamiz tizimidagi tadbir mavzusi va yonalishini belgilashda shunga alohida etibor qaratilyapti.

Yana bir masala. Tadbirlarda quruq maruza bilan cheklanadigan, uni ham qogozga qarab oqib berayotgan notiqlarni kop uchratamiz. Bunday hollarda tinglovchilarning diqqatini tortib bolmaydi, aksincha, ular zerikadi. Hayot shuni korsatmoqdaki, minbarga chiqqan mutaxassis boladimi, deputat boladimi, ular samimiy, odamlarning kongliga yaqin gaplarni gapirmasa, ishtirokchilarga qalban yaqinlashmasa, erkin fikr almashish muhitini yarata olmasa, bunday tadbirdan hech kimga naf bolmaydi. Shuning uchun biz tadbirlarda imkon qadar bahs-munozara uyushtirsak, odamlarning fikri charxlanadi, muhokama etilayotgan mavzuni oylashga, xulosa chiqarishga intilish kuchayadi.

Bugungi kunda partiya tizimida otkazilayotgan tadbirlarni tahlil etadigan bolsak, keyingi yillarda aniq maqsad ilgari surilgan loyihalar asosida tizimli tadbirlar tashkil etilayotganiga guvoh bolish mumkin. Masalan, «Mahalla aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash markazi», Keksalarimiz farovon hayoti uchun masulmiz loyihalari, shuningdek, Qonunlar targiboti oyligi doirasida bolib otayotgan tadbirlarda erkin fikr almashish muhiti kuzatilyapti. Xususan, partiya elektorati vakillari bilan muntazam muloqotlar uyushtirilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat samaralari, qabul qilinayotgan qonunlar boyicha targibot-tushuntirish ishlari keng kolamda olib borilmoqda. Eng muhimi, borgan sari bu yonalishdagi tadbirlarning tasirchanligi ham, qiziquvchilar soni ham oshib boryapti.

Odamlar tadbirga ozi uchun foydali bir gap, kongilga yaqin fikr yoki taklif eshitaman, deb keladi, deydi OzXDP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi Olim Ravshanov. Agar biz ularni mashgulotga chaqirib, kerakli gap aytmasak, bunday tadbir jamoatchilikda yaxshi taassurot qoldirmaydi, odamlar ketgan vaqtiga achinadi, bora-bora tadbirlardan bezib qoladi. Har qanday yiginni qiziqarli, qatnashchilarga foydali tarzda otkazish ozimizning qolimizda. Har bir tadbirda interaktiv usullar, zamonaviy siyosiy texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalanishimiz kerak. Eng avval, mavzu ustida bosh qotirib, izlansak, shunda yangidan-yangi goyalar tugiladi. Gap izlanishda va erinmasdan jon kuydirib mehnat qilishda, deb bilaman.

Mana, masalan, yaqinda Ozbekiston XDPning eng faol ayoli korik-tanlovining viloyat bosqichini katta tayyorgarlik bilan kotarinki ruhda otkazdik. Tanlov qatnashchilarining sahnada ozini tutishidan tortib, auditoryaning ortacha yoshi, ularni qanday tartibda chiqishlarigacha etibor qaratildi. Natija yomon bolgani yoq. Togrisi, tanlov goliblari elon qilinguncha zal tolib turdi.

Menimcha, tadbirlarni qiziqarli otkazish uchun savolni ham, yechimni ham auditoriyaning ichidan qidirish kerak. Shundagina ishtirokchilar faol boladi, chalgimaydi, deydi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Muqaddas Rahmatullayeva. Aytaylik, qonun targibotiga bagishlangan seminarda davra toriga chiqib, qonun sharhini rasmiy tilda oqib berish kerak emas. Avval, ishtirokchilardan mazkur hujjatda ifodalangan huquqini qay darajada bilishini yoki qandaydir qonun buzilish holatidan misol keltirib, endi qanday yol tutish lozimligi boyicha fikrini sorash yaxshi samara beradi. Qonun sodda tilda, imkon qadar tasvirlar, misollar yordamida tushuntirilsa, u haqda aniq tasavvur uygonadi. Yana bir gap. Vaqti-vaqti bilan tadbirda ishtirok etuvchi faollar, olim va mutaxassislarni ragbatlantirib turish ham foyda beradi.

Bugun odamlarning dunyoga, atrofdagi voqea-hodisalarga, qolaversa, siyosiy partiyalarga munosabati ozgarib, yuksalib borayotganiga hech qanday shubha yoq. Shuni hisobga olib, tadbirlarimiz, siyosiy va fuqarolik marifati tizimidagi oquvlar samaradorligi haqida xolis xulosa chiqarishimiz kerak boladi.

Bobur ELMURODOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: