O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.12.2015

VENESUELA: MAMLAKAT TARAQQIYOTI SIYOSIY PARTIYALAR FAOLLIGIGA BOGLIQ

Xabaringiz bor, joriy yil 6 dekabr kuni Venesuelada parlament saylovi bo‘lib otdi. Uning natijalariga kora, oppozitsion Demokratik birlik bloki golib boldi. Venesuelada qonun chiqaruvchi oliy organ — Milliy assambleya bir palatali bolib, unda 167 nafar deputat faoliyat yuritadi.

Demokratik birlik bloki parlamentdagi 99 deputatlik ornini egallashga muvaffaq boldi. Ushbu natija songgi 16 yilda mamlakat siyosiy hayotida yuz bergan kutilmagan voqeadir. Chunki ushbu siyosiy kuch shuncha vaqtdan beri hali biror marta saylovlarda yutib chiqmagan edi.

Songi yillarda Venesuelada Yagona sotsial partiya doimiy ravishda parlamentda kopchilik orinni qolga kiritib kelayotgan edi. Bu yilgi saylovda mazkur siyosiy partiya 46 deputatlik orni bilan kifoyalandi.

Biroq hozir ham ushbu partiya mamlakatdagi eng yirik siyosiy kuchlardan biri hisoblanadi. Uning 7 million nafarga yaqin a’zosi bor.

Venesuelada saylov tizimi oziga xos korinishga ega. Mamlakatda saylovlar majoritar tizimda otkazilsa-da, ayrim jihatlari bilan takrorlanmasdir. Misol uchun, parlamentdagi 167 nafar deputat turli tartib orqali saylanadi. Yani 113 nafar deputat hududlardagi 87 saylov okrugidan togridan-togri ovoz berish yoli bilan, yana 51 nafar deputat yashirin royxat asosida 23 shtat va poytaxtdagi okruglardan saylanadi. Qolgan 3 nafar deputat esa tub joy aholi bilan maslahatlashilgan holda saylanadi.

Shunday qilib, Demokratik birlik bloki saylovchilarning 56,22 foiz ovozini qolga kiritdi. Umuman olganda, saylovlarda aholi yuqori siyosiy faollikni namoyish qildi. Mazkur muhim siyosiy tadbirda qariyb 75 foizga yaqin saylovchi ishtirok etdi.

Xalqaro siyosiy tahlilchilarning fikricha, Demokratik birlik bloki saylovda golib bolishining asosiy sababi mamlakatda hal etilishi zarur bolgan, odamlarni oylantirayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarni kotarib chiqilganligi bilan izohlanadi. Xususan, ushbu siyosiy kuch mamlakatdagi iqtisodiy siyosatni ozgartirish, moliyaviy-iqtisodiy inqirozni bartaraf qilish hamda neft resurslaridan oqilona foydalanish masalasini ilgari surdi va buni hal etishga odamlarni ishontira oldi.

Venesuelada otkazilgan saylovni xalqaro mutaxassis va ekspertlar ham kuzatib bordi. Kuzatuvchilar saylov jarayonlarida jiddiy noqonuniy holat qayd etilmaganini malum qildi.

Venesuela parlamenti Milliy assambleyaning yangi tarkibi 2016 yilning yanvaridan oz faoliyatini boshlaydi. Mazkur tarkib 5 yil davomida ishlaydi. Shu vaqt davomida ular oldida juda muhim vazifalar turgani takidlanmoqda.

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, bugun barcha rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar mamlakat taqdiri, strategik masalalarni hal etishda asosiy kuch sifatida maydonga chiqmoqda. Demak, saylovchilar siyosiy partiyalardan yanada koproq faollik va tashabbuskorlik kutmoqda. Buni Venesuelada kechayotgan siyosiy jarayonlar misolida ham yaqqol korish mumkin.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: