O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.12.2015

XOTIN-QIZLAR TURMUSHINI YENGILLASHTIRISH

ona va bola salomatligida muhim o‘rin tutadi

Dilorom ABDURAHIMOVA, OzXDP Namangan viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari:

— Esimda, onam ayol kishining salomatligida gap kop, derdilar. Soglom bola soglom va ahil oilaning mevasi, bir-birlaringga mehribon bolinglar, deb nasihat qilardilar. Yillar otib, hayotni korib-kuzatib, soglom onadan soglom bola tugiladi, degan oddiy haqiqatning ahamiyati, qadr-qimmati qanchalik muhim ekanini anglayapman.

Yangi yilning Soglom ona va bola yili deb e’lon qilinganini eshitib, avvalo, bir ayol sifatida xursand boldim, albatta. Biz turli tadbirlar jarayonida tumanlar, qishloqlarda aholi vakillari, onaxonlar, opa-singillarimiz bilan kop muloqot qilamiz va shundan bilamanki, ona va bola salomatligi, ayniqsa, qishloq joylarda juda dolzarb hisoblanadi.

Malumki, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi ham onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar salomatligini asrash, bandligini taminlash masalalariga alohida etibor qaratib kelmoqda. Bu borada qator amaliy tashabbus va loyihalar hayotga tatbiq etilyapti. Birgina bizning viloyatimiz misolida oladigan bolsak, joriy yilning otgan davri mobaynida xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi OzXDP guruhlari tashabbusi bilan Mingbuloq tumanida «Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, soglom va barkamol avlodni shakllantirish, tugma nogironlikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar togrisida», Uchqorgon tumanida Bolalar sportini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahvoli togrisida, Chortoq tumanida Yosh oilalarni qollab-quvvatlash, ularni uy-joylar uchun imtiyozli kreditlar bilan taminlash borasida olib borilayotgan ishlar togrisida, Norin tumanida ?015 yilda ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish togrisidagi masalalar organib chiqilib, sessiyalarga kiritildi. Natijada aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni oylantirayotgan qator kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi, takliflar bildirildi.

Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasida olis va chekka hududlarda, murakkab iqlim sharoitida yashayotgan aholi, avvalo, ayollar uchun ijtimoiy, maishiy, tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlarni yaratish, aholini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan taminlashni jadallashtirish, xizmat korsatish darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarimizni izchil davom ettirishimiz lozimligini alohida takidladi.

Joriy yilning 1 dekabr holatiga kora, Namangan viloyati partiya tashkilotlari qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalariga 535 nafar fuqaro murojaat qilgan bolib, ularning 312 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Bundan korinib turibdiki, joylarda ayollarni oylantirayotgan masalalar oz emas. Murojaatlar tahlil etilganda, ijtimoiy himoya va sogliqni saqlash masalalarida 100, ish bilan taminlash masalasida esa 133 murojaat bolganini korishimiz mumkin.

Bu esa xotin-qizlar bandligini taminlash masalasiga yanada koproq etibor qaratishimiz kerakligini korsatadi. Bunda oz ishini yolga qoyishga intilayotgan qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, uy-rozgor jihozlarini xarid qilish uchun yosh oilalarga istemol kreditlari berish borasidagi ishlarni kengaytirish, bu borada deputatlik va jamoatchilik nazoratini izchil yolga qoyish dolzarb ahamiyatga ega, deb oylayman. Xotin-qizlarning rozgor yumushlarini yengillashtirish, ayniqsa, kollejlarni va oliy oquv yurtlarini bitirayotgan qizlarning bandligini taminlashga munosib hissa qoshish muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: