O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.12.2015

QONUN VA QONUNIYLIK

fuqarolik jamiyatining muhim asosi, poydevoridir

Bahrom OBIDJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Prezidentimizning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 23 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasi shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida partiyamiz tashkilotlari va guruhlarida oqib, organilmoqda.

Takidlash joizki, qonun ustuvorligi va qonunchilikka rioya etish prinsiplari amalda qanday orin tutayotgani, bunda nimalarga ahamiyat berish kerakligiga alohida etibor qaratildi.

Xususan, maruzada Davlatimiz rahbari tomonidan muhim vazifalarimiz qatorida qonun ijodkorligi faoliyatini prognoz qilish va rejalashtirish boyicha samarali tizim yaratish zarurligi uqtirib otildi. Bu biz uchun asosiy marralarimizdan chalgimasdan, real hayotdan uzoqlashmasdan, nafaqat davlat boshqaruvi, iqtisodiy taraqqiyot sohasidagi aniq vazifalarni hal etishda, balki asosiy maqsadimiz bolgan huquqiy demokratik davlat qurishni izchil amalga oshirishda qanday qonunlar qabul qilishimiz kerakligini aniq belgilash imkonini beradi, dedi Prezidentimiz. Bu hayotiy talablardan kelib chiqib fikrlaydigan bolsak, parlament deputatlari oldida juda katta masuliyatli vazifalar turganini anglash qiyin emas.

Parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihasida biron meyorni aks ettirish, uning zarurat ekanligini asoslab berish oddiy jarayon emas, albatta. Buning uchun, avvalo, hayotni yaxshi organish, muammolar sabablarini bilish, bahs-munozaraga tayyor bolish talab etiladi. Shu manoda, qonunlarni muhokama qilish jarayonida aytilayotgan takliflar har jihatdan puxta va mukammal bolishiga etibor qaratishimiz kerak.

Buning uchun uchrashuvlarda, davra suhbatlarida parlamentda, fraksiyamizda qanday qonun loyihasi muhokama qilinayotgani, bundan kozlangan maqsadni keng tushuntirishimiz, sohaga oid tashkilotlar vakillari, olim va malakali mutaxassislar ishtirokini taminlashimiz lozim boladi. Zarurat tugilsa, joylarga chiqib, yangi qonun loyihasiga bevosita daxldor bolgan tashkilotlar faoliyatini organish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki qabul qilinayotgan har bir qonun yoki ozgartish va qoshimcha, avvalo, ozining hayotiy asoslariga ega bolishi lozim. Sodda qilib aytganda, qonun sohalar rivojiga yol ochishi, jamiyat manfaatiga xizmat qilishi kerak.

Shuningdek, maruzada qonun va qonunchilik hujjatlarini qabul qilishda ularning umumiy prinsip va mexanizmlarini belgilab qoyish bilan chegaralanmaslik kerakligi ham alohida takidlandi.

Oliy Majlis, hukumat va qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bolgan boshqa subyektlarning eng muhim vazifasi qonunlar hamda ularni hayotga joriy etish mexanizmlarini har tomonlama puxta ishlab chiqishdan iborat bolishi zarurligi korsatib otildi.

Albatta, qonun jamiyat hayotidagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy, ustuvor meyor hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining asosi, poydevori ham qonun va qonuniylikdadir. Shuning uchun qonunlar va ularni hayotga joriy etish mexanizmlarini har tomonlama puxta ishlab chiqish, qonun ijodkorligi sohasida elektoratimizning amaldagi qonun hujjatlari ijrosi togrisidagi fikr-mulohazalarini, ozgartish va qoshimchalar kiritish ehtiyojini organish har doim dolzarb vazifamiz bolib qoladi.

Albatta, yangi hayot qurish yolidagi orzu-maqsadlarni royobga chiqarish bir kunlik ish emas bunga vaqt kerak, astoydil intilish zarur. Shunday ekan, bu jarayonda har birimiz yanada qatiyat bilan faol bolishimiz talab etiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: