O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.12.2015

MUROJAATLARGA YUZAKI YONDASHIB BOLMAYDI,

ularning ortida inson haq-huquqi, manfaati bor

Saylovda aholi katta ishonch bildirib, deputatni saylagan. Bugun ular berilgan va’dalar asosida xalq vakillaridan amaliy ish kutyapti. Bu ishonchni oqlash, odamlar manfaatini himoya qilish, ularning turmushi yanada farovon bo‘lishiga komaklashish har bir deputatdan katta masuliyat talab etadi. Shu maqsadda saylovchilar bilan hamnafas bolishga harakat qilaman. Har hafta fuqarolar bilan uchrashaman, ularning fikr-mulohazalari, takliflarini eshitaman.

Deputatlik faoliyatim davomida bir narsaga amin boldimki, aholi murojaatlariga yuzaki yondashib bolmaydi. Bizga odamlar murojaat qilyaptimi, demak ularni nimadir oylantiryapti, qandaydir qiyinchilikka uchrayapti yoki bolmasa hududda hal qilinadigan masalalar bor. Ularni vaqtida organish, kechiktirmasdan bartaraf etish ertaga roy berishi mumkin bolgan katta muammoning oldini olishga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi, deb oylayman.

Malumki, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi togrisida»gi Qonunda deputatning huquqlaridan biri sifatida deputat sorovi bilan murojaat etish belgilangan. Unga asosan deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oz nuqtai nazarini bayon qilish talabi korsatilgan murojaat bilan chiqishga haqli.

Joriy yilning otgan toqqiz oyi davomida Andijon viloyatidagi 21-Yuqori hosil saylov okrugida fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar boldi. Ularning yechimi boyicha tegishli idora va tashkilotlarga deputatlik sorovlari yuborildi. Xususan, Izboskan tumani Moygir qishlogi Yuqori hosil mahallasida yashovchi fuqarolar Izboskan suvoqava MChJ ga qarashli Moygir suv bulogi suv qudugi yaroqsiz holga kelgani natijasida toza ichimlik suvi masalasida qiyinchilikka duch kelishayotgani haqida murojaat qilishdi. Ushbu masala boyicha Izboskan suvoqava MChJga deputatlik sorovi yuborildi. Belgilangan muddatda mutasaddi tashkilotdan javob xati kelib, uning ijrosi boyicha jamoatchilik nazorati olib borildi. Say-harakatlar natijasida aholining suvga bolgan talabining bir qismi qondirildi, qolgani esa kelgusi yildagi tuman va viloyatning hududiy dasturlariga kiritilishi rejalashtirildi. Bunday misollarni koplab keltirish mumkin.

Deputat sorovi turli masalalarda bolishi mumkin. Sorov yuborishdan oldin deputat muammoni atroflicha organib chiqishi kerak, deb oylayman. Shunda sorovda bayon etilgan masala aniq va asosli qoyilgan boladi. Aytaylik, deputat qandaydir masala yuzasidan nazorat ornatdi, uning kelib chiqish sabablarini organishga kirishdi. Shundan song muammoga bevosita aloqador va masul bolgan tegishli tashkilotlarga sorov yuborishi, uning natijalarini umumlashtirishi, kerak paytda, uni xalq deputatlari mahalliy Kengash muhokamasiga olib chiqishi zarur boladi. Albatta, bu bilan masala hal bolib qolmaydi. Mutasaddi tashkilot rahbarining deputat yuborgan sorovga javobi ustidan ham deputatlik nazoratini ornatish talab etiladi.

Masalan, deputat aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash boyicha mutasaddi tashkilotga sorov yubordi. Javobda bu masala hududiy dasturga kiritilgani qayd etildi. Ochigini aytish kerak, kopchilik deputatlarimizda ana shunday hollarda rasmiy javob oldim, vazifamni bajardim, degan fikr boladi. Lekin shunday vaziyatlar boladiki, masala yechilmay qoladi. Masala belgilangan vaqtda hal etildimi, yoqmi, sorovimdan biron-bir natija chiqdimi, yoqmi, deputat oziga doim shu savollarni berishi zarur, deb oylayman.

Yana bir gap. Murojaatlardan kelib chiqib bir qator masalalarda jamoatchilik va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish lozim, deb hisoblayman. Misol uchun, tolov terminallari masalasida koplab murojaatlar bolyapti. Xususan, qurilish materiallari sotish hisobxonalarida terminallar ornatish, dehqon bozorlarining meva-sabzavotlar uchun markazlashgan povilionlar tashkil etish va terminallar ornatish, qishloq hududida marshrutlar boyicha xizmat qilayotgan transport vositalariga avtotranslar orqali tolov kartalari joriy qilish yoki terminallar ornatish kabi takliflar bilan chiqilyapti.

Shu kabi bir-biriga oxshash va kop uchrayotgan masalalarni mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari, sessiyalari muhokamasiga kiritish hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlari bajarilishi ustidan qatiy nazorat olib borish ham talab etiladi. Bu, oz navbatida, elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalar tezroq hal bolishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu orinda takidlab otish kerakki, tuman Kengashiga saylangan 25 nafar deputatning 14 nafari Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili ekani zimmamizga katta masuliyat yuklaydi.

Deputatlik faoliyati kishidan tinib-tinchimaslikni, oziga nisbatan ota talabchanlikni taqozo etadi. Hali qilishimiz lozim bolgan ishlar talaygina. Ayrim boshlangich partiya tashkilotlari bilan aloqamiz yetarli darajada mustahkamlanmagan. Boshlangich partiya tashkilotlarida siyosiy oquvlar, rang-barang tadbirlar otkazish, Jamoatchilik qabulxonalarini tashkil etish navbatdagi vazifalarimizdan hisoblanadi.

Xulosam shuki, deputat odamlar orasida bolishi, ularning manfaati uchun yelib-yugurishi kerak. Shunda muvaffaqiyatga erishadi, obro-etibor qozonadi.

Rano QAMBAROVA,

xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: