O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2015

Vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi

Prezidentimiz Islom Karimov 5-dekabr kuni Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi

Davlatimiz rahbarining farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24-yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qoshgan, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashda fidoyilik korsatgan, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-marifiy hayotida alohida etiborga sazovor bolgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Oqsaroyda 5-dekabr kuni ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi boldi.

Bugun mana shu muhtasham zalda siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, sizlarga samimiy hurmatimni izhor etib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yangi-yangi omadlar tilashga ijozat bergaysiz, dedi Islom Karimov. Bugungi uchrashuvimizdan asosiy maqsad siz, azizlarga Vatanimizning mukofotlarini yuksak unvon, orden va medallarni topshirish, sizlarni tabriklash, men uchun ota sharafli vazifani ado etishdir.

Sizlarning timsolingizda davlat mukofotlariga sazovor bolgan barcha yurtdoshlarimizga ham, goyibona bolsa-da, chin qalbimdan chuqur hurmatimni, ezgu tilaklarimni bildirish va qutlash menga katta mamnuniyat va xursandchilik yetkazadi.

Bugun odatlarimiz qatoriga kirib qolgan Konstitutsiyamiz kuni arafasida uchrashib, otgan davr mobaynida biz oldimizga qoygan ustuvor vazifamizga erishish yolida, yani dunyodagi eng rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga chiqish, xalqimizning hayot darajasi, sifati, obro-etiborini yuksaltirish maqsadida qolga kiritgan marralar va yutuqlar, shu bilan birga, yangi rejalarimiz haqida, hayotimizga katta tasir otkazgan voqealarni eslab otamiz, dedi Prezidentimiz.

Agar yakuniga yetayotgan yilimiz haqida gapiradigan bolsak, bu yil xalqimiz uchun omadli, xosiyatli keldi, Vatanimiz ravnaqi, islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va samarasini oshirish borasida ulkan yutuq va natijalarga erishdik.

Sanoat, qurilish va transport, qishloq xojaligi, kichik biznes va tadbirkorlik, ilmu fan, talim-tarbiya, ijtimoiy tarmoqlar, bir soz bilan aytganda, qaysi sohani olmaylik, barqaror va izchil osish suratlarini yaqqol korish, kuzatish mumkin.

Qishloq xojaligi sohasida 7 million 500 ming tonnaga yaqin galla, 3 million 350 ming tonna paxta hosilini qisqa muddatda yigishtirib olib, mavsumni yorug yuz bilan yakunlaganimiz, shuningdek, pillachilik, chorvachilik, meva-sabzavot kabi tarmoqlarda ham salmoqli natijalarga erishganimizni hisobga oladigan bolsak, oz ishimizdan rozi bolishga barcha asoslarimiz bor, dedi davlatimiz rahbari.

Buning tasdigi sifatida iqtisodiyotimiz barqaror suratlar bilan rivojlanayotgani barchamizni quvontiradi. Xalqaro miqyosda sanoqli davlatlar qatorida oxirgi 11-yil davomida yalpi ichki mahsulotimiz osishi 8 foizdan kam bolmasdan kelayotgani jahon tajribasida kamdan-kam uchraydigan hodisa, desak, hech qanday xato bolmaydi.

Ayniqsa, joriy yilda yurtimizda eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, iqtisodiyotimizning lokomotivi bolgan yirik korxonalar foydalanishga topshirilgani mamlakatimiz taraqqiyoti yolida alohida orin oladi. Surgil koni negizida qiymati 4 milliard dollardan ziyod bolgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushirilayotgani, Samarqand avtomobil zavodida Germaniya bilan birgalikda dunyoda nom qozongan “MAN” rusumli ogir yuk tashiydigan mashinalar va avtobuslarni, Yaponiya sherikligida Isuzu avtobuslarini, shuningdek, Xorazmda Orlando va Damas avtomashinalarini ishlab chiqarish yolga qoyilgani bu borada ulkan qadam boldi, dedi Yurtboshimiz.

Yuqori tezlikda harakat qiladigan, elektrlashtirilgan temir yolimizning Toshkent shahridan Qarshigacha yetib borgani, nasib etsa, bu yol yangi yilda Buxoroga yetib borishi bunday ishlarimiz royxatini yana davom ettirish mumkin bularning barchasi aholimizning hayot darajasini yanada yaxshilash, odamlarimizni rozi qilishda, xalqaro maydonda obroyimizni oshirishda, hech shubhasiz, beqiyos hissa bolib qoshiladi.

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora ozgarib, bozor va dokonlarimizdaserobchilik va arzonchilikhukm surayotgani, oylik maoshlarning izchil oshib borayotgani, yurtdoshlarimizning bugungi hayotidan kongli toq bolib, ertangi kunga ishonchi tobora ortib borayotgani haqida albatta kop gapirish mumkin.

Xalqimizning tinch va osoyishta hayotini, chegaralarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilish yolida togdek tayanch bolib kelayotgan jasur va fidoyi harbiylarimiz, huquq-tartibot xodimlarining mardonavor xizmati tufayli yurtimizda osuda hayot va barqarorlik hukm surmoqda vabu bizning eng katta, bebaho boyligimizdir,deb takidladi Islom Karimov.

Ayniqsa, odamlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi ozgarib, egalik hissiyoti, ularning yon-atrofdagi voqealarga daxldorligi, fuqarolik va siyosiy faolligi kuchayib borayotgani, bu yurt, bu zamin meniki, uning kelajagi mening mehnatimga, mening qoshayotgan hissamga bogliq, degan qarash bilan yashayotgani, vatanparvarlik tuygusi yuksalib borayotgani bugun erishayotgan barcha yutuqlarimizning eng muhim omili bolmoqda, desam, oylaymanki, sizlar ham bu fikrga qoshilasiz.

Shu borada eski qolip va qarashlardan xoli bolgan, mustaqil fikrlaydigan, zamon talab qilayotgan bilim va kasb-hunarlarni egallayotgan, dunyodagi tengdoshlari bilan har qanday bellashuvga tayyor bolgan yosh avlodimiz bizning farzandlarimizning hal qiluvchi kuch bolib minbarga chiqayotgani,hech shubhasiz, ertangi kunimizning, erkin, demokratik jamiyat va farovon hayotimizning kafolati, desam, hech qanday xato bolmaydi.

Prezidentimiz xalqaro ahvol haqida toxtalar ekan, bugungi kunda bizning ota notinch va tahlikali zamonda yashayotganimiz, uzoq va yaqin atrofimizda qarama-qarshilik, ziddiyat va qon tokishlar, jahon miqyosida iqtisodiy inqirozlar tobora kuchayib, vaziyat yanada keskinlashib borayotganibarchamizni katta tashvish va xavotirlikka solmasdan qoymaydi,deb takidladi.

Bunday murakkab sharoitda turli balo-qazolarni ostonamizga yolatmaslik, ularning oldini olish, bugun biz kechirayotgan tinch va osuda hayotga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar bildirib, musaffo osmonimizni koz qorachigidek asrashni har birimiz chuqur anglamoqdamiz, yanada sezgir va ogoh bolishimiz zarurligini yaxshi tushunmoqdamiz.

Shu borada goyat muhim bir masalaga, tariximizda, bugungi hayotimizda ham oz tasdigini topgan haqiqatga etiboringizni tortmoqchiman, dedi Islom Karimov.

Agar bizdan, kohna tariximiz davomida el-yurtimizning qancha-qancha suronli va boronli sinovlardan eson-omon otishida uni asrab-avaylagan, unga kuch-quvvat bergan narsa nima, deb sorasa,javob bitta bolishiga ishonaman.Yani, asrlar mobaynida boshidan qanday ogir kunlar otgan bolmasin,xalqimiz bir tanu bir jon bolib,har qanday ofat va balolarga qarshi kurashgan, hech qachon bosh kelmagan, xalqimizga mansub mardlik va matonat, qatiyat, azmu shijoat korsatgan,jonini fido qilishga tayyor bolib maydonga chiqqan.

Shu bilan birga, mehr-oqibat, hamjihatlik, bagrikenglik kabi noyob xususiyatlar bu yolda el-yurtimizga tayanch bolgan. Bunga tarixdan kop-kop misollarni olib kelish qiyin emas.

Bizni ozgalardan ajratib turadigan ayni shunday fazilatlar har doim xalqimizga madad berib, bugungi kunda ham oldimizda qanday murakkab muammolar turgan bolmasin, ularni mardona yengib otish,dunyoda hech kimdan kam bolmagan, adolatli davlat va jamiyat qurishda bizga kuch-quvvat, ertangi kunimizga ishonch bagishlab kelmoqda.

Bunday xalqimizga xizmat qilish, butun borligini safarbar etish haqiqatan ham eng katta saodatdir, dedi davlatimiz rahbari.

Songra Prezidentimiz davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Bugun sizlarning ochiq chehrangiz, baxtiyor kozlaringizni, sizlardagi baland ruhni korib, ochigini aytsam, goyoki ozim ham mukofot olgandek xursand bolib turibman, dedi Islom Karimov. Mening niyatim, tilagim bitta: koksingizga yarashib turgan bu mukofotlar barchangizga buyursin, sizlarni yangi-yangi yutuq va marralarga ruhlantirsin.

Halol mehnat bilan mana shunday yuksak qadr topish, elu yurtimiz ardogida bolish barchamizga nasib etsin. Vatanimizni, xalqimizni doimo Yaratganning ozi asrasin! Barchangizga sihat-salomatlik, ishlaringizga rivoj, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman, dedi pirovardida davlatimiz rahbari.

Taqdirlanganlar nomidan sozga chiqqan Ozbekiston Qahramoni, Nuroniy jamgarmasining Andijon viloyati bolimi raisi Tavakkal Topvoldiyev, Ozbekiston Respublikasi xalq artisti, Muqimiy nomidagi ozbek davlat musiqiy teatri aktyori Mirzajon Azizov, Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan artist, Ozbekiston akademik rus drama teatri aktyori Oleg Galaxov, Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi, Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasi bosh direktorining orinbosari Gennadiy Xarlap, El-yurt hurmati ordeni sohibi, Qoraqalpogiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenes Karimov, El-yurt hurmati ordeni sohibi, Davsuvxojaliknazorat inspeksiyasining Xorazm viloyati boyicha inspektori Kenjaboy Ortiqov, Shuhrat medali sohibi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining Surxondaryo viloyati Kengashi qoshidagi Yoshlar markazi togarak rahbari Nafosat Qurbonova, Shuhrat medali sohibi, boks boyicha Ozbekiston yoshlar terma jamoasi azosi Bektemir Meliqoziyev davlatimizning ushbu yuksak mukofotlari ularga yanada kuch-gayrat bagishlashini, Vatanimiz taraqqiyoti yolida yangi marralarni egallashga undashini takidladi, yuksak etibori va gamxorligi uchun Prezidentimiz Islom Karimovga samimiy minnatdorlik bildirdi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: