O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2015

Tinch va farovon hayotimizning huquqiy asosi

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23-yilligiga bagishlangan tantanali yigilish bolib otdi.

Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yigilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi.

Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yigilishda maruza qildi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini taminlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati bolib kelayotganini takidladi.

Ushbu tarixiy sanani bayram qilar ekanmiz, mustaqilligimizning mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning izchil rivojlanishi, aholi turmush darajasining yuksalishi, mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi ortishi – barcha yutuq va imkoniyatlarimizda Asosiy qonunimizning ahamiyati yuksak ekanligini yanada teran anglaymiz.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining yana bir muhim jihati, shu kuni xalqimizning ezgu intilishlarini ifoda etadigan, jamiyatimiz rivojiga xizmat qiladigan eng ustuvor yonalishlar belgilab olinadi va kelgusi yilga shunga muvofiq nom beriladi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2015-yil Keksalarni ezozlash yili deb elon qilingan edi.

Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturi asosida yoshi ulug insonlarning hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan meyoriy-huquqiy baza takomillashtirildi. Keksalarning konglini kotarish, salomatligini mustahkamlash, moddiy va manaviy qollab-quvvatlash kolamini kengaytirish, tibbiy va ijtimoiy xizmat korsatish sifatini oshirish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Faxriylarning hayot faoliyati va dam olishini mazmunli tashkil etish, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda ularning tajribasidan foydalanishga alohida etibor qaratildi.

Vatanimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yanada oshirish yolidagi bunday ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi 2016-yilni mamlakatimizdaSoglom ona va bola yilideb elon qilishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifini yigilganlar gulduros qarsaklar bilan qollab-quvvatladi.

Tantanali marosim sanat ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.

Sarvar Ormonov, Alo Abdullayev (surat), OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: