O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.12.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MUVAFFAQIYATLI HAMKORLIKNING HUQUQIY ASOSI

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqaro demokratik prinsiplarga mosligi, barcha soha oz ifodasini topgani bilan mamlakatimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini ta’minlamoqda. Buni xorijliklar ham alohida etirof etmoqda.

Jong Vey SIANG, «Sinotrans Landbridge Transportation» kompaniyasining Ozbekistondagi vakolatxonasi menejeri (Xitoy):

— Kompaniyamiz Xitoy toqimachilik korxonalariga paxta tolasi yetkazib berish bilan shugullanadi. Bu borada Ozbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelamiz. Shu maqsadda Toshkentda oz vakolatxonamizni ochganmiz. Ozbekistonda barcha sohalar qatori paxtachilik va toqimachilik sanoati ham izchil rivojlanayotgani, sohaga eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotganini alohida takidlashni istardim. Mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlik har sohada yuksak suratlarda rivojlanib borayotgani bizni quvontiradi.

Inson qaysi mamlakatda bolsa, osha davlatning qonun-qoidalarini bilishi va ularga rioya etishi lozim. Men ham Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, faoliyatimiz sohasiga oid huquqiy hujjatlarni yaxshi organdim. Ozbekiston Bosh qomusida chet el fuqarolarining huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq taminlanishi belgilangan. Bu mamlakatingizda inson manfaatlari uluglangani, xalqaro aloqalarga keng yol ochilganidan dalolatdir.

Kim Yun SUK, Shindong Enerkom kompaniyasi prezidenti, Koreya Respublikasi Ozbekiston dostlik assotsiatsiyasi raisi (Janubiy Koreya):

Ozbekistonda biznesimizni 1991 yilda yolga qoyganmiz. Mamlakatingizdagi iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bevosita guvohmiz. Ozbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich otish borasida goyat oqilona siyosat yuritildi.

Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida mamlakatingizda tinchlik-totuvlik, teng huquqlilik taminlanmoqda. Hamma erkin kasb tanlab, oz reja va maqsadlarini amalga oshirishga muvaffaq bolmoqda. Buning natijasida Ozbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanmoqda.

Konstitutsiyada kafolatlangan mulkdorlik huquqi, qonun bilan mustahkamlangan imtiyoz va preferensiyalar xorijiy investorlarning mamlakatingiz iqtisodiyotiga qiziqishini oshirmoqda. Amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va korporativ boshqaruvni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlari natijasida Ozbekiston iqtisodiyoti yanada jadal taraqqiy etishiga ishonamiz.

Muhammad AL-MANDIL, ManCapita kompaniyasi rahbari (Bahrayn):

Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik, mulkdorlik huquqlariga alohida etibor qaratilgani ahamiyatlidir. Unda har bir shaxs mulkdor bolishga haqli ekani, mulkdor mulkiga oz xohishicha egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega ekani belgilangani mamlakatingizda mulkchilik qonun bilan himoya qilinishining hamda bu yerda faol biznes yuritish uchun erkin yol ochib berilganining yana bir yorqin isbotidir. Ishbilarmonlik sohasida qator qonunlar qabul qilish orqali mustahkam huquqiy asos yaratilgan va ular hayotda oz amaliy ifodasini topmoqda. Bu Ozbekiston iqtisodiyotining chet ellik sarmoyadorlar uchun jozibadorligini tobora oshirmoqda.

Kompaniyamiz investitsiya sohasida ish yuritadi. Qator mamlakatlarda, jumladan, Toshkentda ham oz vakolatxonamizga egamiz. Ozbekiston bilan muqobil energetika, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish hamda sanoat sohasida yaqin hamkorlik qilmoqdamiz. Kelgusida Ozbekistonda boshqa istiqbolli sohalarga ham sarmoya kiritishni maqsad qilganmiz. Zotan, bu zaminda biznes uchun barcha qulay sharoit, tinchlik va barqarorlik mavjud.

OzA muxbirlari

Iroda UMAROVA,

Nodira MANZUROVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: