O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.12.2015

USTUVOR HUQUQLARIMIZ TAMINLANMOQDA

O‘tkir YORMATOV, «Nuroniy» jamgarmasi Toshkent shahar bolimi raisi orinbosari:

— Asosiy qonunimizda voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgiz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekani 45-modda asosida mustahkamlab qoyilgan. Bu me’yor jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, jismoniy imkoniyati cheklangan, himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini taminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Buning yaqqol tasdigini Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturi ijrosi misolida ham korsak boladi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 9 oylik yakunlariga etibor qaratadigan bolsak, otgan davr mobaynida Davlat dasturi ijrosini taminlashga 2 trillion somdan koproq mablag yonaltirilganligining guvohi bolamiz. Mana shu raqam ham bu yonalishda olib borilayotgan ishlarning kolamini korsatib turibdi.

Davlatimiz aholining ijtimoiy madadga muhtoj qismini himoya qilishni kafolatlaydi. Bu ish haqi va pensiyalarning eng oz miqdorlari belgilanishi, har bir insonning hayot uchun zarur eng muhim mahsulotlar bilan tegishli miqdorda taminlanishida namoyon bolmoqda. Bu say-harakatlar esa jamiyatda mehr-oqibat va ozaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etayotir.

Oytola ABDURAIMOVA, Ozbekiston XDP Istiqbol yoshlar qanoti Samarqand viloyat bolimi yetakchisi:

Konstitutsiyamizning sakkizinchi bobida fuqarolarning siyosiy huquqlari belgilab berilgan. Xususan, 34-moddada Ozbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qoyilgan.

Bosh qomusimizda belgilangan mazkur meyor asosida bugun koplab yoshlar siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirok etmoqda. Hozirda Samarqand viloyatida tort ming nafardan ortiq yigit-qiz Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi azosi hisoblanadi. Partiyamiz tomonidan otkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy tadbirlarda yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Ozbekiston XDPning Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, partiya goyalaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini himoya qilish borasida oz tashabbus va takliflari bilan qatnashmoqda. Bu ham, eng avvalo, Konstitutsiyaning hayotimizdagi orni va ahamiyatini korsatib turibdi.

Akram HOSHIMOV, Respublika uygur milliy-madaniy markazi rahbari:

Konstitutsiyamizning 18-moddasida Ozbekiston Respublikasi barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bolib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar, degan norma mustahkamlangan. Mazkur meyor asosida mamlakatimizda barcha millat va elatlarning tinch-totuv va hamjihatlikda hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoit yaratilgan.

Bugun yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda ozaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qoshib kelmoqda.

Buni Respublika uygur milliy-madaniy markazi faoliyati misolida ham korish mumkin. Bugungi kunda markaz Ozbekistonda yashovchi uygur millatiga mansub fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, til, urf-odat, anana va taomillarini organish, saqlab qolish va rivojlantirish borasida faol ish olib bormoqda. Bunda Konstitutsiyamiz va uning asosida qabul qilingan qonun hujjatlari muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: