O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.11.2015

OMMAVIY MADANIYAT: QIYOFASIZ OLOMON, MANZILSIZ YOL

Qarg‘alar sayragan zamon,

Bulbulning qadri bolmas...

Xalq qoshigidan

Qaysidir bir bayram arafasida besh yashar nevaramning bogchasiga mutasaddi rahbarlar kelibdi-da, bayram kayfiyatida:

— Qani, bitta ashula bolsin! debdi.

Bolalar jim, bogcha opalar tashvishda.

Qani, boshladik...

Lekin bolalar jim. Mutasaddilardan bittasi: Mayli, xohlagan qoshigingizni aytavering, debdi. Bolalarning barchasi qol kotaribdi. Mutasaddining nazari nevaramga tushibdi. U esa bir qadam oldinga chiqib:

Oy qizni, shul qizni, bilqildoq, chilpildoq..., deya ovozining boricha bogchani boshiga kotaribdi. Mutasaddilar chapak chalibdi. Men ham shunday qilgan bolardim, chunki qaysi bir otaga nevarasining qoshigi ma’qul bolmaydi...

Nevaramni doimo yonimda olib yuraman va uning ancha jumboqli savollariga javob topa olmay, rosa qiynalaman. Qoraqalpoqning toylarida kop ashulalar, tilaklar boladi. Bazan, tamadaning, qoshiqchining baland ovozidan yoningizdagi qadrdoningizning salom-aligini ham, hatto, qaysi toyga, nimaga kelganingizni ham eshitmay, bilmay qolasiz. Boshqa joylarda ham xuddi shunday, bunday shovqin-suronli toylarga bazan mana shu nevaram bilan boramiz.

U savol beradi:

Ota, siz uylanganda limuzin bormidi?

Ota, men xitoyning qizini olsam, uyga kiritasizmi?

Nevaramning boshqotirmalariga javob topa olmayotgan bir paytda, siz «ommaviy madaniyat» togrisida juda mushkul savol qoydingiz-da! Nima deyish mumkin?

Vaqt har qanday manaviy-madaniy dunyoni yangilab boraveradi. Yangilanish davrida xalqning qadimdan qolgan urf-odatlari, udumlari insonni ezgu tuygular bilan sugorib boradi. Lekin osha paytda qaysi bir insonga ezgulik suvi kamroq tegsa, u tolaqonli rivojlanmaydi. Shu nuqtai nazardan, Ota-bobom chayladan chiqqan, deya, hammani chaylaga chaqiraverish ham maqul emas.

Shuningdek, biz baynalmilal, tolerant-modernchilarmiz, deya boshqalarni ozlari tushungan-tushunmagan dunyoga chorlash ham yaxshilikka olib kelmaydi.

Ommaviy madaniyatning na moddiy, na manaviy asosi yoq. U oddiy ehtirosga qurilgan bir dunyo. Ehtiros esa, nafaqat inson, hatto hayvonot dunyosida ham bor.

Esingizda bolsa, bir paytlari sovet turmush tarzi degan tushuncha bolardi. Uning nima ekanligini hech kim bilmasdi, lekin uni zor berib targib-tashviq qilishardi. Hozirgi ommaviy madaniyat deganlari qanday turmush tarzini targib qilyapti? Bizni kimlarga oxshab yashashga undayapti?

Endi yana ommaviy madaniyatga qaytsak, menimcha u asosan, adabiyot, musiqa, kino-televideniye va ijrochilar orqali targib qilinayapti. Sevgilisining qulogiga aytilishi kerak bolgan gaplarni ishqiy lirika deya shoirlar yozaversa, ijrochilar bir qizning ismini tort karra baqirib-chaqirsa ashula boladi yoki rep janrida kuylayman deya, Molerning mashhur komediyasidagi graf Jurdenga oxshab, nasrni musiqiy intonatsiyaga solsa, modern qoshiq chiqadi, deydiganlar kopayib ketdi. Oqibatda eski qoraqalpoq xalq musiqalari bilan qoshiqlarining ayrimlarini tirik mualliflar ozlashtirib olib ijro etmoqda. Ommaviy madaniyat qalpogi ostida adabiyot va sanatda ogirliklar paydo bolmoqda... Bularning oqibati, albatta, yaxshilikka olib kelmaydi.

Mana ommaviy madaniyatning ayrim korinishlariga etibor bering: Songgi paytlari, selfi atalmish bir odat paydo boldi. Unga kora, qaysi bir tarixiy maskan yoki mashhur odamlar bilan qol telefoni orqali ozini ozi suratga oladi. Bu bizga ham kirib keldi. Masalaning achinarli tomoni shundaki, shu yosinda tarixda qolish allaqachon ayrim yoshlarning orzusiga aylanib ulgurdi. Lekin ushbu orzu doimiy odatga yoki ularning turmush tarziga singib ketsa-chi? Onta yalangoch, yuzta yalangoch, mingta yalangochni suratga olib mashhurlik kasaliga mubtalo bolgan fotograf yoki avval ozining badaniga lat yetkazib, songra yalangoch holda tikanak sim torlarga oranib kochada yotgan, peterburglik rassom Petr Pavlenskiy ozining bu xatti-harakatlarini buyuk sanat hisoblayotganiga nima deysiz?

Biz bazan, arzimagan narsa-ku, deya yaqin-atrofimizda sodir bolayotgan hodisalarga etibor beravermaymiz. Kollej yoki oliy oquv yurtlarida oqiyotgan qizimizning oyoq qollari tirnoqlariga qizil-yashil... rang-barang boyoqlar surtilganiga, bazan yigit-qizlarning tanalariga tushirilgan ajnabiy rasmlar bilan bitiklarga befarq qaraymiz. Bir paytlar inglizchani tushunmasdan, orqalariga Men axmoq deb yozilgan koylakni kiyib yurganlar ham bolgan.

Endi hirs uygotuvchi modalar bilan harakatlarni aytmasa ham boladi. Chunki muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizda hirs uygotuvchi xatti-harakatlar gunoh hisoblanadi. Qiz bolaga qirq uydan tiyilish, bir uydan qiyilish degan dono ibora oz-ozidan paydo bolmagan-ku...

Hozirgi global dunyoning yot tasirlari yoshlarimizni dajjol kabi oz orqasidan ergashtirib borayotgani, har xil ajnabiy bayramlar misolida ham namoyon bolmoqda. Ularning biri Valentin kuni, yani 14 fevral. Bazilar bu kunni Sevishganlar kuni deya oqlashga intiladi. Mayli, Valentin va Valentina otdosh kimsalar, qaysi bir zamon afsonalariga kora, bir-birini sevishgan bolishi mumkin, nima uchun har bir inson uchun takrorlanmas, muqaddas tuygu hisoblangan muhabbatga aynan ular namuna bolishi kerak? Axir sevgi qonuniyatlariga binoan, uchinchi shaxsning paydo bolishi uning muqarrar olimi-ku? Axir, Romeoni Julettadek, Shirinni Farhoddek, ularning ozlaridan boshqa yana kim seva olardi?...

Yana bir bayram Hellouin... Bizning turmush tarzimizga mutlaqo yotdir. Balki, qaysi bir elatlar udumlarida qandaydir manoga ega bolishi mumkin, lekin uning niqoblarida bizning kochalarga chiqsangiz, sizni qip-qizil jinniga chiqarib qoyishadi...

Kam bolsa-da oramizda: Biz endi shundaymiz, nima qilayotganimiz bilan ishingiz bolmasin, deydiganlar ham topilib qoladi. Ularga esa shunday javob bermoqchiman:

Togri, hammaning erki ozida. Lekin bizda muqaddas oila, muqaddas jamiyat, degan tushunchalar mavjud. Kuni kecha, Sinay yarim orolida halokatga uchragan Rossiya samolyoti qurbonlariga qon yutib, motam tutilayotgan bir paytda mazkur mamlakatdagi tungi klublarda Hellouin bayrami otkazildi.

Bazi bir davlatlarda Boydoqlar kuni bayrami ham bor. Endi nima, biz ham uylanguncha yoki erga chiqquncha, shu bayramga qoshilishimiz kerakmi?

Xullas, ommaviy madaniyat singari qiyofasiz dunyodan yoshlarimizni, qanday asrab qolamiz?

Hozir bizda tungi klub, behayo bazmlarga chek qoyilgani ayni muddao boldi. Lekin ayrim demokratik tarbiya tarafdorlari yoshlik bir marta beriladi, vaqtida maza qilishsin-da, deyishmoqda.

Menimcha, xalqimizning milliy gururi asosida, jamiyatimizning ijodiy muhitida soz qadrini, sanat qadrini, ijod qadriyatlarini yuksaltirish, ijodkorning xalq oldidagi farzi va qarzi tamoyillarini korib chiqish kerak.

Tolepbergen Qayipbergenov aytgan edi:

Agar, din bolmaganida, odamlar bir-birini yeb qoyardi...

Gabria Garsiya Markes aytgandi:

Adabiyot insonni yupatish uchun kerak...

Ikrom Otamurod aytadi:

Soz qadri qaytadi...

Men aytaman:

Qolda borining qadriga yetaylik... U umuminsoniy negizlarga qurilgan milliy manaviyatimizdir.

Orozboy ABDURAHMONOV,

Qoraqalpogiston xalq yozuvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: