O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.11.2015

KANADA: SAYLOVLAR FUQAROLARNING XOHISH-IRODASINI IFODA ETADI

Joriy yilning 19 oktabr kuni Kanadada parlament saylovi bo‘lib otdi. Majoritar tizimi asosida tashkil etilgan saylov mamlakatdagi 338 saylov okrugida otkazildi. Mazkur saylov Kanada tarixida oziga xos orin tutdi. Chunki zamonaviy Kanada tarixidagi eng uzoq davom etgan saylovoldi kampaniyasi aynan shu saylovga togri keldi.

Kanada parlamenti ikki palatali bolib, Senat va quyi palatadan iborat. Senat 105 senatordan iborat bolsa, quyi palatada 308 deputat faoliyat olib boradi.

Parlament quyi palatasi yetakchi organ hisoblanadi. Senat kamdan-kam hollarda qonun loyihalarini quyi palataga yuboradi. Asosan qirol qonun loyihalarini quyi palataga taqdim etadi. Shundan keyin parlament uni qabul qiladi. Joriy yilda otkazilgan saylovlar mamlakat tarixidagi qirq birinchisi hisoblanadi.

Quyi palataga saylangan deputat 5 yil ishlaydi. Har bir deputat faqat bitta saylov okrugidan oz nomzodini qoyishi mumkin. Parlament quyi palatasi 1867 yilda tashkil etilgan.

Bugungi Kanada siyosiy maydonida bir nechta partiya kurash olib boradi. Asosan hokimiyat uchun kurash liberal, konservatorlar partiyasi va Yangi demokratik partiya ortasida kechadi. Bu yilgi saylov oldi kampaniyasi davrida ular mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish bilan bogliq muhim goyalarni ilgari surdi. Har bir siyosiy partiyaning ushbu masalalarda oz yonalishi, oz dasturiy maqsadlari bor.

Misol uchun, qonuniylik va tartibga jiddiy amal qilishni yoqlaydigan Kanada konservativ partiyasi asosiy e’tiborni firmalar va daromadga solinadigan soliqlar hamda davlat qarzini qisqatirishga qaratdi. Shuningdek, byudjetning defitsitsizligini taminlash va ijtimoiy siyosatga alohida etibor qaratdi. Bundan tashqari, umuminsoniy qadriyatlar asnosida milliy ozlikni anglash masalasi ham partiya ilgari surayotgan muhim goyalar qatoriga kiradi.

2011 yilda otkazilgan saylovda quyi palatadan bor-yogi 36 deputatlik orniga ega bolgan Kanada liberal partiyasi bu saylovda oz mafkurasini bir qadar yangilash va kuchaytirishga harakat qildi. 1867 yil 1 iyulda tashkil etilgan partiya dastlab «Provinsiyalar huquqlari» himoyachilari, erkin savdo va Buyuk Britaniyaga nisbatan katta mustaqillik tarafdorlarini birlashtirgan edi. Keyinchalik mazkur partiya azolari xabar berish va aloqa vositalari davlat ixtiyorida qolishini, xojalik faoliyatida esa davlatning ishtirokini kamaytirishni talab qilgan. Biroq 1930 yillarda liberal partiya yanada faol ijtimoiy siyosat yurita boshladi va ishsizlarga yordam, fermerlarga subsidiyalar ajratish kabi goyalarni ilgari surdi.

Saylovdan oldin mazkur partiya parlamentda uchinchi orinda borayotgan edi. 43 yoshli yetakchi Jastin Tryudo iqtisodiyotni isloh qilish va infrastrukturani yanada yaxshilash goyasini ilgari surdi.

Mamlakatdagi yetakchi partiyalardan yana biri — Yangi demokratik partiya nisbatan yosh siyosiy kuch bolib, 1961 yilda tashkil etilgan. Ushbu partiya 2011 yilda saylovchilarning 30,6 foiz ovozini qolga kiritib, quyi palatada 103 deputatlik orniga ega bolgandi. Partiya sotsial-demokratiya goyalarini ilgari suradi. Tomas Malker 2012 yil 24 martdan buyon ushbu siyosiy partiyaga yetakchilik qilib kelmoqda.

Biroq uning yetakchiligida Yangi demokratik partiya mamlakat siyosiy maydonida yetakchilik qila olmayapti. Siyosiy tahlilchilarning fikricha, bu partiya yetakchisining saylovchilar manfaatlarini ifodalay olmayotgani bilan bogliq. Ushbu partiya qator umuminsoniy goyalarni oz saylovoldi dasturlarida ifoda etgan.

Misol uchun, aholini toza ichimlik suvi taminotini yanada yaxshilash, kambagallikni keskin kamaytirish, soliqlarni qisqartirish, inson huquqlarini himoya qilish, jamoat transportiga ajratilayotgan mablaglarni kopaytirish, sogliqni saqlash, xususan, stomatologiyani rivojlantirishga davlat byudjetini katta miqdorda mablag ajratish, eng kam oylik ish haqini oshirish, konstitutsiyada belgilangan qonun-qoidalarga sozsiz rioya etilishini taminlash masalasi Yangi demokratik partiyaning saylovoldi dasturidan orin olgan.

Umuman olganda, Kanadada siyosiy partiyalar mutlaqo mustaqil faoliyat olib boradi. Shtatlar miqyosida barcha siyosiy partiyalarning quyi bolimlariga vakillik qiluvchi markaziy kengashlar, ayollarning partiya tashkilotlari va yoshlar assotsiatsiyalari ishlaydi. Mamlakatda barcha partiyalar rasman oz qarash, harakatlari va goyalariga ega. Shulardan biri Yashillar partiyasidir. Elizabet Mey yetakchilik qilib kelayotgan mazkur siyosiy kuch mafkurasi ekologik, huquq muhofazasi, ayollar, harbiy harakatlarga qarshi va boshqa shu kabi ijtimoiy harakatlardan tashkil topgan. Partiya atrof-muhit bilan uygunlikda barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat, demokratiyaning quyidan boshlab rivojlanishi, zoravonlikka barham berish, jinslar orasida teng huquqlilik, biologik va madaniy xilma-xillikni saqlab qolinishi tarafdoridir.

Endi bevosita saylov natijalariga etibor qaratadigan bolsak, Yashillar partiyasi otgan saylovda bolgani kabi parlamentda bitta deputatlik orniga ega boldi. 818 mingdan ortiq saylovchining ovozini qolga kiritgan Kvebek blogi 10 mandat bilan kifoyalandi. 19,71 foiz saylovchilar ovoz bergan Yangi demokratiya partiyasi quyi palatada 44 deputatlik orniga ega boldi. Eng yuqori orinlarni konservatorlar va liberallar egalladi. Ular mos ravishda 99 va 184 deputatlik orniga ega bolishdi.

Kanadada otkazilgan parlament saylovidan shunday xulosaga kelish mumkinki, siyosiy partiyalarning dunyoda yuz berayotgan voqealar, boshqa davlatlar bilan aloqalar hamda strategik muhim masalalarga munosabati, oziga xos pozitsiyasi saylovchilarning ovozini toplashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: