O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.11.2015

OZBEKISTON ULKAN IMKONIYATLAR MAMLAKATI

ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi

Songgi yillarda Ozbekistonning yuqori iqtisodiy osishini ta’minlash hamda iqtisodiyot tuzilishini ozgartirish boyicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar koplab xalqaro tashkilotlar, yirik kompaniyalar, banklar, investitsion fondlar va qomitalarning etiborini tortmoqda.

Shuning uchun joriy yilda davlat mulkini xususiylashtirish boyicha qabul qilingan dasturlar va yirik investitsion loyihalarning amalga oshirilishi koplab xalqaro investorlarning qiziqishiga sabab boldi. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro investitsiyaviy forumda 300 dan ortiq chet el kompaniyalarining 560 dan ziyod vakili ishtirok etgani mamlakatimizning iqtisodiy, investitsiyaviy salohiyati, chet el investorlari uchun qulay imkoniyat va imtiyozlar yaratilganidan dalolat beradi.

Forum ishtirokchilari mamlakatimizda chet el kompaniyalarining oz biznesini erkin va asosiysi, muvaffaqiyatli tashkil etishi uchun barcha sharoit yaratilgani, davlatimiz har tomonlama ishonchli hamkor ekanini kop bora etirof etishdi.

Forum yakunida chet ellik investorlar tomonidan davlat aksiya paketlarini xarid qilish hamda neft va gaz, kimyo, elektrotexnika, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish boyicha qiymati 12,4 milliard dollarlik 100 dan ortiq bitim va memorandum imzolangani, shundan 5 milliardi togridan-togri chet el investitsiyalari ekani elon qilindi. Bu esa nafaqat yaqin kelajakda yangi turdagi, sifatli, dunyo bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yolga qoyilishi, balki minglab yangi ish orinlari yaratilishi, joylarda infratuzilma rivojlanishi hamda xalqimiz turmush darajasining oshishiga ham xizmat qiladi. Bularning barchasi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining aholi farovonligi yuqori bolgan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qoshilish, jahon hamjamiyatida munosib orin egallash borasidagi dasturiy maqsadlariga hamohangdir.

Iqtisodiyotni isloh qilish va bozor mexanizmlarini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni ostirish davlatimizning doimiy diqqat markazidagi dolzarb masalalardan bolib qolmoqda. Shunday ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohot va ozgarishlarni amalda ozini tola oqlagan «ozbek modeli»ga muvofiq ravishda izchil davom ettirish, davlat va jamiyatning barqarorligi va taraqqiyot suratlarini taminlash, turmush sifatini oshirish, shularga hamohang ravishda qonunchilikni takomillashtirib borish parlament deputatlarining asosiy vazifasi, deb bilamiz.

Farhod UMAROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OZXDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: