O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.11.2015

AXBOROT-MARIFAT XONALARI

faoliyatini namunali yo‘lga qoyish targibot ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi

Yurtimizda istiqlol yillarida barcha sohalar qatori axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirishga ham katta etibor qaratilmoqda. Xususan, sohaning huquqiy bazasi mustahkamlanib, zamonaviy andozalar joriy etilyapti. Eng muhimi, bu orqali osib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish, aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan taminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Jamoatchilikning axborotdan erkin foydalanishini taminlash, davlat organlari faoliyatining yanada shaffof, ochiq bolishiga erishish, mamlakatimiz va undan tashqarida yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida aholining xabardorligini oshirish fuqarolik jamiyatining muhim shartlaridandir. Ayniqsa, insonning qalbi va ongini egallash, manaviy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan turli xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan bir paytda aholi, ayniqsa, elektorat vakillarining siyosiy, huquqiy madaniyatini oshirib borish partiya tashkilotlarining nihoyatda muhim vazifalaridan biri.

Malumki, partiya mafkuraviy ishlarini yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish, azolarning siyosiy-huquqiy ongi, tafakkurini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ishtirokini kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda OzXDP tizimida tashkil etilgan axborot-marifat xonalari muhim ahamiyatga ega.

Ayni paytda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taminlash, huquqiy va ijtimoiy-siyosiy yonalishdagi adabiyotlar, ilmiy hamda davriy nashrlar bilan toldirish boyicha tizimli ishlar olib borilayapti.

Bugungi kunda partiyamiz tasarrufidagi 14 mintaqaviy va 194 tuman va shahar kengashlari huzurida jami 208 Axborot-marifat xona va burchaklari tashkil qilingan. Ular partiya markaziy saylanma organlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari, Markaziy Kengash ekspertlari va masul xodimlari, targibotchilari, moderatorlar qonunchilik hujjatlari, axborot-uslubiy materiallar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, davriy nashrlar hamda siyosiy, mafkuraviy yonalishlardagi materiallardan foydalanishi uchun xizmat qilmoqda.

Etiborli tomoni, axborot-marifat xonalari orqali partiyaning siyosiy va fuqarolik marifati tizimidagi oquvlariga amaliy komak korsatilyapti. Mazkur tajribani organish va ommalashtirish maqsadida partiya Markaziy Kengashi sayyor siyosiy seminarlar tashkil etib kelmoqda. Masalan, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar kengashlarida bolib otgan sayyor oquv-seminarlar kopchilikda katta qiziqish uygotdi.

Shu orinda takidlash joizki, Ozbekiston XDP siyosiy va fuqarolik marifati tizimida talim berishning ichki partiyaviy shakli shunday tuzilganki, unda markazdan quyi partiya tashkilotlari, yani BPTlargacha qamrab olingan. Joriy yilning otgan toqqiz oyi mobaynida partiya Markaziy Kengashi, viloyatlar, tuman va shahar kengashlari hamda yirik boshlangich partiya tashkilotlarida tizimli ravishda otkazilgan 8 251 mashgulotda 270793 nafar tinglovchi qamrab olindi.

Ayni paytda Axborot-marifat xonalari faoliyati tahlil qilinib, ularni takomillashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash, saylanma partiya faollari, partiya kengashlari apparati xodimlari, jamoatchilik vakillari va ekspertlar ishtirokida davra suhbatlari va boshqa shakllardagi faol muhokamalarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Axborot-marifat xonalarining joylardagi Axborot-kutubxona institutlarida saqlanayotgan axborotlardan erkin foydalanish, foydalanuvchilarning intellektual, manaviy-axloqiy, madaniy va bilimga bolgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, aholini axborot bilan keng kolamda taminlash uchun zarur sharoit yaratish, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishga komaklashish, tarixiy-madaniy merosni saqlash maqsadida axborot-kutubxona institutlari bilan ozaro hamkorlik qilish va axborot-kutubxona fondlaridan ozaro foydalanishni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Bilamizki, axborot-marifat xonasi faoliyatini samarali tashkil qilish eng avvalo, partiyaning yosh kadrlar zaxirasi, targibotchilari shakllanishiga tasir etadi. Buning uchun davr talablariga javob bera oladigan axborot-marifat xonalari tashkil etilmogi kerak. Birinchi galda kutubxona fondini kengaytirgan holda yangi manbalar bilan boyitish, ishtirokchilarning har tomonlama chuqur fikr yuritishiga turtki beruvchi intellektual va interfaol usullarni ishlab chiqish zarur.

Shuningdek, Axborot-marifat xonalari faoliyatida tahliliy va axboriy ishlarni kuchaytirish, kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf qilish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida ijtimoiy sorovlar otkazish hamda monitoring olib borishga alohida etibor qaratilishi lozim.

Ayni paytda, fuqarolarda axborotga bolgan ehtiyojning kuchayishi joylardagi axborot-marifat xonalari faoliyatiga yangicha yondashuvni taqozo qilmoqda. Avvalo, ularni zamonaviy texnika vositalari hamda ichki partiyaviy uslubiy materiallar bilan taminlash zarur.

Bundan tashqari, turli korgazmalar tashkil etish zarur. Masalan, partiya dasturiy maqsadlari aks etgan korgazmali tashviqot materiallari va slaydlar yaratilsa, tashrif buyuruvchilar uchun partiya tashkiloti haqida zarur malumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati boladi.

Agar mazkur yonalishdagi ishlarni kuchaytirsak, bu oz-ozidan tadbirlar, siyosiy-oquvlar saviyasiga, targibot-tashviqot ishlari tasirchanligiga ijobiy tasir korsatadi.

Gulchehra ZOHIDOVA,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Axborot-resurs markazi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: