O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.11.2015

BU HAQDA PARLAMENT PALATALARINING QOSHMA MAJLISIDA AYTILGAN EDI

Prezident Islom Karimovning 2015 yil 23 yanvarda parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosi togrisida gazetamizning 24 sentabr sonida «Qabul qilinayotgan qonunlar taraqqiyotga, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sud-huquq islohotlarining borishiga qanday tasir korsatmoqda?», 8 oktabr sonida Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar hamkorligini yanada kuchaytirish targibot ishlarini izchil olib borish, elektorat manfaatlarini himoya qilishda dolzarb ahamiyatga ega nomli tahliliy maqolalar elon qilindi.

Ushbu mavzuda navbatdagi maqolani etiboringizga havola etmoqdamiz.

QONUN IJODKORLIGI JARAYONI

tubdan takomillashmoqda

Mamlakatimizda parlamentarizm instituti takomillashib, uning davlat va jamiyat hayotidagi orni va roli tobora kuchayib bormoqda. Parlament faoliyatining takomillashishi qonunlar sifati oshishi, ularning ijrosi izchil nazorat qilinishi, fuqarolarning ustuvor huquqlari taminlanishi, davlat hokimiyati organlari ortasida ozaro tiyib turish tamoyili mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bosh ilmiy xodimi Ulugbek Husainov bilan suhbatimiz qonun ijodkorligi jarayonini yanada takomillashtirish, huquqni qollash amaliyotini kuchaytirish, qonunlar loyihalarini fuqarolik jamiyati institutlarining turli boginlarida keng va amaliy muhokamadan otkazish masalalari haqida boldi.

— Malumki, Prezidentimiz joriy yil yanvar oyida bolib otgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisidagi maruzasida parlament palatalari oldida turgan ustuvor vazifalarga toxtaldi. Ularni hayotga tatbiq etish boyicha Qonunchilik palatasining 2015 yilga va keyingi yillarga moljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturi qabul qilindi. Mazkur dastur asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot bersangiz.

Ushbu dastur asosida Qonunchilik palatasida keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mazkur dasturda 41 tashkiliy-huquqiy tadbirlar, 46 qonun hujjatlarini qabul qilish va 20 nazorat-tahlil ishlarini otkazish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qomitalari tomonidan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini tizimli tarzda tashkil qilishda ozaro hamkorlikni taminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoat birlashmalari mutasaddilari bilan uchrashuvlar otkazildi.

Qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan otkazish va har tomonlama tahlil qilish maqsadida qomitalar huzurida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tashkil etildi.

Deputatlarning asosiy faoliyatidan biri bu saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish, joylardagi muammolardan xabardor bolish va ularni bartaraf etish boyicha tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Shu bois Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boyicha Komissiya tuzildi. Komissiya tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorlikda Qonunchilik palatasi deputatlarining birinchi va ikkinchi chaqiriqdagi faoliyati, xorijiy mamlakatlardagi tajriba tahlil qilinib, deputatlar uchun saylov okrugida ishlash boyicha harakat Dasturini oz ichiga olgan maxsus qollanma tayyorlandi.

Shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etishning dolzarb vazifalari mavzusida seminar otkazilib, deputatlar, mutaxassislar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining fikr-mulohaza va takliflari olindi.

Ayni paytda qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, ushbu sohada xalqaro tajriba va milliy amaliyotni qiyosiy tahlil qilish, qonun hujjatlarining royobga chiqarilishini, huquqni qollash amaliyotini yanada rivojlantirishga qaratilgan protsessual mexanizmlarni kuchaytirish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Mazkur yonalishlarda tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida turkum xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda davra suhbatlari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

Maruzada qabul qilinayotgan qonunlar, ularga kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalar ayrim holatlarda yetarli darajada ishlamayotganligi, ularni hayotga tatbiq etadigan qonunosti hujjatlari ishlab chiqilmayotganiga ham alohida etibor qaratilgan edi. Ushbu muammolarning bartaraf etilishi boyicha qanday ishlar qilinyapti?

Birinchi navbatda, qonun hujjatlari qomitalar tomonidan oz faoliyatiga taalluqliligiga qarab inventarizatsiyadan otkazildi. Masalan, 2015 yilning birinchi yarmida qomitalar tomonidan 194 qonun inventarizatsiya qilindi. Ulardan 114 qonun 2000 yilgacha, 80 qonun 2001-2004 yillar davomida qabul qilingan.

Shuningdek, qonunlarga kiritilayotgan meyorlarning togridan-togri qollanilishi, ularda havola normalarning kamaytirilishi, aniq ijro mexanizmlari nazarda tutilishiga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

Misol uchun, amaldagi Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonun yangi 251-modda bilan toldirilib, unda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishning aniq mexanizmlari oz aksini topdi.

Qonunlar samarali ishlashining yana bir muhim omili aholining ulardan xabardorligini oshirish hisoblanadi. Shu bois Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan huquqiy axborotning tarqatilishi, ijrochilarga, aholiga oz vaqtida yetib borishi masalasida xorijiy mamlakatlar va milliy tajribani tahlil qilish boyicha ishchi guruh tuzildi. Bu borada olib borilgan tahlillar natijasiga kora, amaldagi qonun hujjatlariga tegishli ozgartish va qoshimchalar kiritish boyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Aytingchi, qonun loyihalarini davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlarining turli boginlarida keng va amaliy muhokamadan otkazish nima beradi?

Bu qonunlarning har tomonlama sifatli tayyorlanishi, pishiq va puxta bolishi, jamiyat turli qatlamlarining manfaatlari hisobga olinishi, keyinchalik samarali ijro etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuning uchun bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qomitalari huzurida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nazariyotchi olimlardan iborat ekspertlar guruhlari faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibiga etibor qaratsak, tadbirkorlik subyektlari vakillari 10 foizni, nodavlat va notijorat tashkilotlari xodimlari 23 foizni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari 30 foizni, olimlar 37 foizni tashkil etadi. Yani har bir qomita qonun loyihalarini ishlab chiqishda uning keng muhokama qilinishiga alohida ahamiyat bermoqda. Masalan, 2015 yilning birinchi yarmida qomitalar huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, olimlar, mutaxassislar ishtirokida 202 qonun loyihasining muhokamasi otkazildi.

Shu bilan birga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qomitalari qonunlarning joylardagi ijrosini organish boyicha nazorat-tahlil ishlarini olib bormoqda. Ularning natijalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, mutaxassislar va olimlar ishtirokida umumlashtirilmoqda, tahlil qilinmoqda. Ushbu tahlillar natijasida qomitaning tegishli qarori qabul qilinib, muayyan qonunchilikni, huquqni qollash amaliyotini yanada takomillashtirish boyicha aniq takliflar ishlab chiqilmoqda.

Masalan, Fan, talim, madaniyat va sport masalalari qomitasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport togrisidagi qonunning ijrosi organilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport togrisidagi qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi (yangi tahrirda) tayyorlandi.

Qonun loyihalarini xorijiy huquqiy amaliyot bilan har tomonlama qiyosiy tahlil etish asosida muhokama qilish, bu jarayonni sifat jihatdan yanada yuqori bosqichga kotarish, shuningdek, parlament nazorati tasirchanligini oshirishga qaratilgan tadbirlar haqida ham toxtalsangiz.

Avvalo, bu borada amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida xalqaro, respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar va davra suhbatlari otkazish boyicha maxsus reja tasdiqlangan. Unga kora, 2015 yilning birinchi yarmida 54 davra suhbati, 13 konferensiya, jumladan, 1 xalqaro konferensiya, 39 seminar tashkil qilindi. Xususan, Parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishning dolzarb masalalari: Ozbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi mavzusidagi xalqaro konferensiyada Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Norvegiya, Estoniya va boshqa bir qator xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar, ekspertlar bilan fikr almashildi, ushbu mamlakatlarda parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari organildi. Shu asosda mamlakatimizda parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish boyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: