O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
05.11.2015

FORUM ISHTIROKCHILARI ISTIQBOLLI KORXONALAR BILAN TANISHDI

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro investitsiyaviy forum ishtirokchilari 4 noyabr kuni Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida bolib, investitsiya kiritish taklif etilayotgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi, mamlakatimizdagi qulay sarmoyaviy muhit, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma’lumotga ega boldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «ozbek modeli» asosida mamlakatimiz iqtisodiyoti izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtiroki kamayib, xususiy sektor salmogi oshmoqda. Rivojlangan davlatlar, nufuzli moliya muassasalari mamlakatimiz bilan hamkorlikka intilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat korsatmoqda.

Prezidentimizning 2015 yil 24 apreldagi Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni, shu yil 28 apreldagi Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori va boshqa qator huquqiy-meyoriy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yanada keng yol ochdi.

Bu islohotlar samarasi Fargona viloyatida ham oz ifodasini topmoqda. Viloyatdagi 150 dan ortiq korxonaga xorijiy investitsiyalar jalb etilgan. Joriy yilning otgan davrida ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish maqsadida 38 million 584 ming dollarlik togridan-togri xorijiy investitsiyalar yonaltirilgan, viloyatdagi korxonalar 182 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulot eksport qilgan.

Forum ishtirokchilari Fargonaazot ochiq aksiyadorlik jamiyatida bolib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ozkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi mazkur yirik korxona oz mahsulotlarini onlab mamlakatlarga eksport qilmoqda.

Korxonada qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Fransiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni avtomatik boshqaruvchi yagona agregat tizimi ishga tushirilgan bolsa, chexiyalik hamkorlar bilan ammiakli selitra va suyuq azot ishlab chiqarish sexi qurildi.

Quvasoy shahridagi Kvars aksiyadorlik jamiyati qurilish sanoati tarmoqlariga, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomashinalar, avtobus va traktorlarga yuqori sifatli oyna hamda shisha mahsulotlari yetkazib beradi. Olib borilgan keng kolamli modernizatsiya ishlaridan song ishlab chiqarish hajmi ortib, mahsulot turi 150 taga yetdi. Ayni paytda korxonada ikki mingdan ortiq ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda.

— Korxonaning metallni qayta ishlash sexida shisha idishlar uchun turli korinishdagi qoliplar bizda qiziqish uygotdi, deydi Germaniya rivojlanish bankining mintaqaviy direktori Tomas Edgar Lemonn.
Ozbekiston iqtisodiyoti investitsiya kiritish uchun juda istiqbolli. Bu boradagi imtiyozlar bilan yaqindan tanishdik.

Xorazm viloyatida joriy yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 337 milliard somlik 1 ming 258 loyiha amalga oshirildi. Mingdan ortiq yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi, sohaga tijorat banklari tomonidan 390,2 milliard som kredit mablaglari ajratildi.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Urganch shahridagi Urganch yog-moy aksiyadorlik jamiyati, Urganch ekskavator aksiyadorlik jamiyati va uning qoshidagi UzXCMG Ozbekiston Xitoy qoshma korxonasida bolib, oziq-ovqat sanoati va mashinasozlik sohalarida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdi.

Urganch yog-moy aksiyadorlik jamiyatida mingdan ziyod ishchi mehnat qiladi. Korxonada turli yog-moy mahsulotlari, shirinliklar ishlab chiqarish yolga qoyilgan. Joriy yilning toqqiz oyida bu yerda 8 ming 667 tonnadan ortiq yog-moy mahsulotlari ishlab chiqarildi, 630 tonna xojalik sovuni eksport qilindi.

Forum ishtirokchilari uchun uyushtirilgan biznes-uchrashuvlar, qator korxonalar faoliyati bilan tanishuv mamlakatingiz iqtisodiy salohiyati haqida tola tasavvurga ega bolish imkonini bermoqda, deydi Ispaniyaning Flores Valles kompaniyasi mintaqaviy menejeri Villiam Muzi. Mamlakatingizdagi iqtisodiy erkinlik va qulay investitsiya muhiti xorijliklarning qiziqishini oshirmoqda.

Chet el investorlarining mamlakatimizga sarmoya kiritishga qiziqishi oshmoqda. Buni mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalaridagi qator sarmoyaviy loyihalarda faol ishtirok etayotgan xorij kompaniyalari misolida ham korish mumkin. Urganch ekskavator aksiyadorlik jamiyati qoshidagi UzXCMG Ozbekiston Xitoy qoshma korxonasi ana shunday muassasalardan.

Prezidentimizning 2012 yil 22 noyabrdagi ?013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi togrisidagi qarori asosida tashkil qilingan mazkur korxonada gidravlik ekskavatorlar va boshqa turdagi qurilish uskunalari ishlab chiqariladi, texnikalarga xizmat korsatiladi.

Ozbekiston iqtisodiyoti izchil rivojlanmoqda, deydi Turkiyaning Citigroup kompaniyasi vitse-prezidenti Ilhan Merkon. Kompaniyamiz Ozbekistonning qator banklari bilan bir necha yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Ozaro hamkorligimizni yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Mehmonlar viloyatda amalga oshirilayotgan keng kolamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, Xiva shahrining qadimiy yodgorliklarini qiziqish bilan tomosha qildi.

Sayyora SHOYEVA,

Masudjon SULAYMONOV,

Nodira MANZUROVA,

Ahmadjon SHOKIROV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: