O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.11.2015

XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASHLARIDA

partiya guruhlari yanada tashabbuskor bo‘lishi lozim

Saylovchilar xohish-irodasini ifoda etish va ular manfaatini himoya qilish deputat zimmasidagi eng asosiy vazifa hisoblanadi. Amalda bunga erishish uchun aholini oylantirayotgan muhim masalalarni chuqur organib borish, tahlil etish, aniq takliflar ishlab chiqish kerak boladi.

Partiyamizdan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarning bugungi faoliyati haqida nima deyish mumkin? Ular deputatlik vakolatidan qay darajada foydalanyapti?

Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan hududlardagi partiya guruhlarimiz faoliyatini yanada kuchaytirish va ularning masuliyatini oshirish maqsadida qator uslubiy tavsiyalar, qollanmalar ishlab chiqilgan. Koplab deputatlar forumlari va oquv-seminarlar tashkil etildi. Partiyamizning 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida elektorat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan dolzarb masalalar belgilab berildi.

Natijada mahalliy Kengashlardagi deputatlarimizning hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini tahlil qilib, yechimini kutayotgan masalalarni hal etish borasidagi tashabbuslari kopayib bormoqda. Masalan, bugunga qadar partiya guruhlarimiz tomonidan 170 ga yaqin masala organilib, tegishli doimiy komissiyalarga taqdim etilgan. Doimiy komissiyalarda hozirgacha ularning 100 ga yaqini korib chiqildi, 50 ga yaqini esa sessiyalarda muhokama qilindi. Aytish joizki, bu borada, ayniqsa, Surxondaryo, Fargona hamda Toshkent viloyatlaridagi deputatlarimiz faollik korsatib kelyapti. Eng muhimi, aholi bandligi, sogliqni saqlash, servis xizmati yonalishlarida uchrayotgan xato va kamchiliklar, aholini oylantirayotgan masalalarga yechim topilmoqda.

Songgi yillarda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi goyalari asosida qator qonunlarga ozgartish va qoshimchalar kiritilgani hammamizga malum. Bu bilan deputatlarning huquq va vakolatlari ham kengaydi. Ahamiyatli tomoni, ular ana shu imkoniyatlardan foydalanib, deputatlik sorovi, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini eshitish mexanizmidan unumli foydalanmoqda.

Tahlillarga kora, shu yilning otgan davri mobaynida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga 2500 ga yaqin deputatlik sorovi yuborilgan bolsa, ularning 90 foizdan ortigi ijobiy yechim topdi. Misol uchun, xalq deputatlari Xonobod tuman Kengashiga saylangan Sarvinisaxon Ergasheva murojaati asosida 2 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisining bandligi taminlandi. Fargona viloyat Kengashi deputati Akramjon Yulbarsovga Bogdod tumanida yashovchi bolalikdan nogiron Dilorom Jumayeva va Olmasxon Parpiyevaning nogironlik aravachasi olishda yordam sorab qilgan murojaatlari mutasaddi tashkilotlar komagida hal qilindi.

Albatta, bugungi kun talabiga javob berish uchun deputatlarimiz yanada koproq ishlashi, yechimini kutayotgan masalalarni muntazam organishi va asosli takliflar tayyorlab borishi lozim. Lekin hamma deputatlarni bu borada faol, deb bolmaydi. Qoraqalpogiston Respublikasining Shumanay, Buxoro viloyatining Olot, Jizzax viloyatining Zarbdor, Navoiy viloyatining Konimex, Namangan viloyatining Mingbuloq, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Xorazm viloyatining Shovot tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar Kengashlaridagi deputatlarimiz shu kungacha doimiy komissiya va sessiyalar muhokamasiga masala kiritmagan.

Biz bir haqiqatni unutmasligimiz kerak. Bugun odamlar kechagidan farq qiladi. Saylovchilar ishimizni, faoliyatimizni kuzatib turibdi. Deputatlarimizning tashabbuslariga qarab jamoatchilik partiyamiz faoliyatiga baho beradi.

Shu orinda deputatlar faolligini oshirish uchun nimalarga ahamiyat berish haqida fikr yuritishimiz muhimdir. Avvalo, partiya tashkilotlari va deputatlar ortasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashimiz lozim, deb oylayman. Aytaylik, Jamoatchilik qabulxonasiga murojaat kelib tushdi. Qabulxonadagi masul vakillar masalani hal qilish bilan cheklanmasligi kerak. Osha hududdan saylangan deputatga murojaat qilib, birgalikda muammoning kelib chiqish sabablarini chuqur organishi, kerak bolsa, uni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muhokamasiga olib chiqishi zarur. Chunki bugun kimnidir oylantirgan masala ertaga boshqa birovni ham bezovta qilishi mumkin.

Shuningdek, deputatlarning saylov okrugi boyicha ishini tizimli tashkil etishga erishish ham dolzarb masaladir. Har bir deputat saylovchilar bilan muntazam uchrashib turishi, bu masalada birinchi navbatda boshlangich tashkilotlar, hududiy partiya kengashlari tashabbuskor bolishi kerak.

Xulosa ornida shuni aytish kerakki, saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotda bolib, odamlarning kayfiyati va fikrini muntazam organib borish deputatlik faoliyati kuchayishida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hayot ozgarib, kundan-kunga oldimizga yangi talablar qoymoqda. Shunday muhim sharoitda ishimizga, deputatlik masuliyatiga vijdonan yondashib, talabchanlikni oshirish asosiy vazifamiz hisoblanadi.

Akmal TURSUNBOYEV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: