O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.11.2015

Ozbekiston Prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-noyabr kuni Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Amerika Qoshma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutladi va uning Ozbekistonga ilk tashrifi ozaro hamkorlikka doir keng kolamli masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz ortasida iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib, ozaro savdo hajmi barqaror osmoqda. AQShning “General Motors” korporatsiyasining Ozbekistondagi samarali faoliyati bu sohadagi muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biridir. Strategik sheriklik doirasida Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida yuqori texnologiyali uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda AQShning dunyoga mashhur Boeing, Lockheed Martin, Honeywell va boshqa kompaniyalari samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Uchrashuvda mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Afgonistondagi vaziyat, xavfsizlik masalalariga alohida etibor qaratildi.

AQSh davlat kotibi samimiy qabul uchun Ozbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik izhor etib, Amerika Qoshma Shtatlari rahbariyati ikki mamlakat manfaatlariga asoslangan munosabatlarni izchil rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: