O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.10.2015

OZBEKISTON MINTAQADA

barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi

Yaponiya ommaviy axborot vositalarida Bosh vazir Shindzo Abening Ozbekistonga tashrifi bilan bogliq koplab materiallar elon qilinmoqda. Ularning ayrimlarini qisqartirilgan holda gazetxonlarimiz etiboriga havola etayapmiz.

«Nikkei»: Yaponiya Ozbekistonni ozining yaqin hamkori hisoblaydi

Kunchiqar mamlakatda chop etiladigan Nikkei gazetasi obroli nashrlardan biri hisoblanadi. 4,7 million nusxada nashr qilinadigan mazkur gazeta 1876 yildan chiqa boshlagan. Unda mazkur mavzuga doir quyidagi fikrlar bildirilgan.

Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening Ozbekistonga qilgan tashrifi mazkur mamlakatni ozining yaqin hamkori deb hisoblashini korsatadi.

Delegatsiya tarkibidan savdo uylari, banklar, injiniring kompaniyalari, oliy oquv yurtlari, xususiy tashkilotlar va boshqa muassasalar vakillari orin oldi. Ushbu safardan kozlangan asosiy maqsad mintaqada strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Yaponiya tomoni Ozbekiston bilan savdo, sanoat, moliya, energetika, fan-talim, madaniyat kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalasida kelishuvga erishdi. Shuningdek, ozaro strategik aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Bu uchrashuvdan keyin imzolangan hujjatlarda oz aksini topdi.

Shuni alohida takidlash joiz, oxirgi marta 2006 yilda Yaponiya Bosh vaziri Ozbekistonga borgan edi.

Yomiuri Shimbun: Yaponiya hukumati Ozbekiston iqtisodiyoti yanada rivojlanishiga oz hissasini qoshmoqchi ekanligini bildirdi

1874 yildan chiqa boshlagan Yomiuri Shimbun gazetasi bir kunda ikki marta chop etiladi. Ushbu nashr dunyoda kop nusxada bosiladigan gazetalardan biri hisoblanadi. Gazeta uchrashuv tafsilotlari haqida quyidagilarni yozdi:

Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan suhbat chogida koplab masalalar yuzasidan ozaro hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi. Yaponiya hukumati Ozbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida bevosita ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, xavfsizlik va barqarorlikni taminlash, xalqaro tahdid va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi. Tinchlik va barqarorlikni saqlash butun dunyo uchun juda zarur ekanligi alohida takidlandi. Ikki davlat rahbarlari mintaqadagi vaziyat haqida ham suhbatlashishdi .

Ozbekiston ovozi muxbiri

Temur AZAM tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: