O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.10.2015

Ozbekiston Yaponiya biznes-forumi

Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida 25-oktabr kuni O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmonlarining biznes-forumi bolib otdi.

Forumning ochilishida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe ishtirok etdi.

Islom Karimov Yaponiya Ozbekistonning eng ishonchli hamkorlaridan ekanini ta’kidladi.Ozbekiston bilan Yaponiya ortasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini, mazkur biznes-forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ijtimoiy-madaniy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Shindzo Abe mamlakatlarimiz ortasidagi samarali hamkorlikni yuksak qadrlashini, ozaro aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini alohida qayd etib, Ozbekiston iqtisodiyoti izchil rivojlanayotganini takidladi.

Mamlakatimiz uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan aloqalarni kengaytirishda Yaponiya bilan munosabatlarni rivojlantirish muhim orin tutadi. Ozbekiston va Yaponiya ozaro hamkorlikni yanada taraqqiy ettirishda katta iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarga ega. Mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar 2002-yilda imzolangan Dostlik, strategik sheriklik va hamkorlik togrisidagi qoshma bayonot ruhida izchil rivojlanmoqda.

Ozbekiston – Yaponiya iqtisodiy munosabatlari savdo-iqtisodiy hamkorlik, sarmoyalarni ozaro himoyalash va ragbatlantirishga oid bitimlar kabi koplab hujjatlarga asoslanadi. Ozbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan onta qoshma korxona, ushbu mamlakatning on ikkikompaniyasi vakolatxonasi faoliyat korsatayotir. Ular transport, xizmat korsatish, sayyohlik, sogliqni saqlash, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, yengil sanoat, eksport-import operatsiyalarini otkazish, sarmoyaviy loyihalar doirasida asbob-uskunalar yetkazib berish kabi yonalishlarda ish olib boradi.

Yaponiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturiiqtisodiy munosabatlarda alohida orin tutadi. Mazkur dastur doirasida Ozbekistonga qiymati 140 milliard iyendan ziyod kreditlar taqdim etildi, 22 milliard iyendan ortiq begaraz yordam korsatildi, umumiy qiymati 13 milliard iyendan ziyod texnik hamkorlik loyihalari amalga oshirildi. 2014-yilda elektr energetikasi sohasida Fargona vodiysida yirik issiqlik elektr stansiyasi qurilishini oz ichiga olgan Jupiter loyihasini amalga oshirishga qaratilgan hukumatlararo bitim imzolandi.

Mamlakatimizning ulkan iqtisodiy salohiyati, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, qulay sarmoyaviy muhit koplab davlatlar qatori Yaponiya ishbilarmon doiralarining ham hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda.

Forumda Yaponiya ishbilarmonlariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sohaga sarmoya kiritishning istiqbollari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omillari, neft-gaz va kimyo sohalaridagi istiqbolli loyihalar, Navoiy, Jizzax va Angren industrial zonalaridagi qulaylik va imtiyozlar togrisida malumot berildi. Ozbekiston va Yaponiya ishbilarmonlari hamkorligida turli sohalarda amalga oshirilayotgan qoshma loyihalar, ularning ijrosi va istiqboldagi rejalar haqida soz yuritildi.

Yaponiya Ozbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida etibor bilan qaraydi, dedi Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) raisi Xiroyuki Ishige. Ozbekistondagi qulay sarmoyaviy muhit va yuksak iqtisodiy imkoniyatlar ozaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarimizning ravnaq topishida muhim omil bolmoqda.

Biznes-forumda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni, energetika, bank-moliya, axborot texnologiyalari, transport va kommunikatsiyalar, sogliqni saqlash, sayyohlik, oziq-ovqat, yengil sanoat, fan-talim sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirishga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi. Kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirishdagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Anjumanda Yaponiyaning yirik kompaniyalaridan ikki yuzdan ziyod vakil ishtirok etgani ushbu mamlakatning Ozbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi naqadar katta ekanidan dalolatdir. Isuzu Motors, Nippon Export and Investment Insurance, Dai Nippon Construction, Shimizu, Chiyoda, Mitsubishi, Marubeni, Toyota Tsushyo, Itochu, Fujifilm, Sakura Global Holding kabi kompaniyalar vakillari Ozbekiston bozoridagi oz faoliyatini yolga qoyish va mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida ekanini qayd etdi.

Biznes-forum yakunida energetika, neft-gaz, kimyo, geologiya, bank-moliya, tibbiyot, sayyohlik, qishloq xojaligi, avtomobilsozlik kabi koplab sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi.

Forum doirasida Yaponiya kompaniyalari faoliyatiga bagishlangan hamda mamlakatlarimiz ortasida iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan qoshma loyihalar aks etgan korgazma tashkil etildi.

Nodira Manzurova, OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: