O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.10.2015

Strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yolida

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 24-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrifning asosiy voqealari 25-oktabr kuni bolib otdi.

Koksaroy qarorgohida Yaponiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi boldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe shohsupaga kotarildilar. Davlat madhiyalari yangradi. Ozbekiston va Yaponiya rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan otdilar.

Islom Karimov va Shindzo Abening tor doiradagi uchrashuvida mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

– Ozbekiston Yaponiyaga ulkan siyosiy, iqtisodiy, intellektual va investitsion salohiyatga ega, taraqqiy etgan davlatlardan biri, vaqt sinovidan otgan ishonchli sherik sifatida qaraydi. Yaponiya Bosh vazirining ushbu rasmiy tashrifini mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida muhim voqea, mamlakatlarimizning ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, unga yangi sur’at bagishlashga birday intilishi ifodasi, deb bilamiz, dedi Islom Karimov.

Ozbekistondek ajoyib mamlakatga kelganim, Siz Janobi Oliylari bilan uchrashib turganimdan goyat mamnunman. Yaponiya bilan Ozbekiston ortasida hamkorlik yolga qoyilgani va izchil rivojlanib kelayotganida Sizning xizmatlaringiz beqiyos. Mamlakatingizda yaponlar bilan bogliq tarixiy joylar hurmat-etibor bilan asrab-avaylab kelinayotgani uchun Yaponiya xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Ushbu uchrashuvimiz, hukumat azolari va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirokida otadigan biznes-forum mamlakatlarimiz hamkorligini yangi bosqichga kotaradi, deb ishonaman, dedi Shindzo Abe.

Ozbek va yapon xalqlarining oxshash jihatlari kop. Milliy gurur, birdamlik, mehnatsevarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir.

Ikki mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib bormoqda. Bu ozaro hamkorlikni barcha sohalarda kengaytirish uchun sharoit yaratadi. Ozbekiston va Yaponiyaning ulkan iqtisodiy imkoniyatlari tabiiy boyliklari va yuqori texnologiyalari, ilmiy salohiyati, moliyaviy va mehnat resurslari bir-birini toldiradi.

Ozbekiston bilan Yaponiya ortasidagi munosabatlar Prezidentimizning 2002-yil iyul oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi chogida imzolangan Dostlik, strategik sheriklik va hamkorlik togrisidagi qoshma bayonot ruhida izchil rivojlanib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2011-yil fevral oyidagi Yaponiyaga rasmiy tashrifi ozaro munosabatlarni yangi bosqichga kotardi.

Ikki mamlakat parlamentlari ortasida dostlik va hamkorlik aloqalari yolga qoyilgan. Tashqi siyosat mahkamalari ortasidagi maslahatlashuvlar muntazamlik kasb etgan. Joriy yil fevral oyida Toshkentda navbatdagi maslahatlashuv bolib otdi.

Mamlakatlarimiz xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar boyicha tomonlarning pozitsiyalari oxshash yoki yaqindir. Ozbekiston Yaponiyaning mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash, yadro qurolini tarqatmaslik, ekologik muammolarni bartaraf etishga doir tashabbuslarini qollab-quvvatlaydi, BMT Xavfsizlik kengashi doimiy azoligiga Yaponiya nomzodini yoqlaydi. Yaponiya Prezidentimizning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish borasidagi tashabbusini qollab-quvvatlagan, Ozbekistonning hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qoshilmaslik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, nizolarni tinch yol bilan hal etish tamoyillariga asoslangan tashqi siyosatini yuqori baholaydi.

Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot mexanizmi doirasida ham kop tomonlama aloqalarni rivojlantirmoqda.

Muzokarada siyosiy muloqotlarni izchil davom ettirish, savdo, sanoat, moliya, energetika, fan-talim, madaniyat kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqaro tahdid va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Ozbekiston ham, Yaponiya ham Afgoniston iqtisodiyotini tiklashda faol ishtirok etmoqda. Afgonistonda harbiy kuch ishlatish yoli bilan tinchlik ornatib bolmasligi, BMT shafeligida qarama-qarshi tomonlar ortasida siyosiy muzokaralar otkazish va ichki kelishuvga erishish eng togri va yagona yol ekanligi uchrashuvda yakdillik bilan takidlandi.

Ozbekiston va Yaponiya rahbarlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, ozaro savdo aylanmasi hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirishga oid masalalarni muhokama qildilar.

Mamlakatlarimiz ortasida savdo-sotiq sohasida eng kop qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida hukumatlararo majlislar muntazam otkazib kelinmoqda. Iqtisodiy hamkorlik boyicha Ozbekiston Yaponiya va Yaponiya Ozbekiston qomitalari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi imkoniyatlarni izlash va qoshma loyihalar ishlab chiqishda muhim orin tutmoqda. Joriy yil yanvar oyida Tokioda mazkur qomitalarning qoshma yigilishi otkazildi.

Mushtarak intilishlar samarasida savdo aylanmasi tobora kengayib bormoqda. 2014-yilda ozaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 190 million dollarni tashkil etdi. Ozbekistonda Kunchiqar mamlakatning 12 kompaniyasining vakolatxonasi ochilgan, yaponiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan on korxona muvaffaqiyatli faoliyat korsatmoqda.

Yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shortan gaz-kimyo majmuasi va Kokdumaloq konida kompressor stansiyasini qurish, Fargona neftni qayta ishlash zavodini rekonstruksiya qilish, Toshguzar-Boysun-Qumqorgon temir yolini bunyod etish, Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarini modernizatsiyalash boyicha amalga oshirilgan yirik loyihalar ulkan samaralar bermoqda. Bugungi kunda Qarshi Termiz temir yol tarmogini elektrlashtirish, Navoiydagi issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish va Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Yaponiya Ozbekistonning eng yirik investitsiyaviy sheriklaridan. 2009-yil 24-sentabrda kuchga kirgan Sarmoyalarni liberallashtirish, ozaro himoya qilish va ragbatlantirish togrisidagi hukumatlararo bitim bu sohadagi hamkorlik uchun mustahkam kafolat va keng imkoniyat yaratmoqda. Yaponiyaning yirik kompaniyalari Ozbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritmoqda. Ozavtosanoat aksiyadorlik kompaniyasi va Isuzu Motors Ltd. ortasidagi hamkorlik bunga yaqqol misol bola oladi. Yaponiyaning mazkur kompaniyasi 2007-yildan SamAvto masuliyati cheklangan jamiyatining texnologik sherigi sifatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yuk mashinalari va boshqa texnika turlari uchun shassi va dvigatellar yetkazib bermoqda. Otgan vaqt davomida Isuzu Motors Ltd. agregatlari bazasida 10 ming ikki yuz avtobus va 11 ming besh yuz yuk mashinasi ishlab chiqarildi. Tabiiy gazda ishlaydigan yuk mashinalarining yangi modellarini ishlab chiqarish ozlashtirildi.

Joriy yil 29-iyulda Toshkentda Isuzu Motors Ltd. kompaniyasining SamAvto masuliyati cheklangan jamiyati tasischilari tarkibiga kirishi togrisida bitim imzolandi. Mazkur bitim Ozavtosanoat va Isuzu Motors Ltd. kompaniyalari ortasidagi uzoq muddatli hamkorlikning mantiqiy davomi boldi.

Mamlakatimizda zamonaviy shaharsozlik jadal rivojlanmoqda. Bino va infratuzilma obyektlarini bunyod etishda ilgor texnologiyalardan foydalanish, transport tizimini yaxshilash, xavfsizlikni taminlash, odamlar uchun har tomonlama qulaylik yaratishga alohida etibor qaratilmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya tajribasidan unumli foydalanilmoqda. 29-sentabr kuni poytaxtimizda bolib otgan Shaharning yuqori texnologik infratuzilmasi mavzusidagi konferensiyada mamlakatlarimizning ushbu sohadagi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikni mustahkamlashda madaniy-gumanitar aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi doirasida hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaponiyada Ozbekiston madaniyati va kinosi kunlari tashkil etilmoqda. Kunchiqar yurt ijodkorlari mamlakatimizda otkazilayotgan xalqaro anjumanlar, xususan, Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalida faol qatnashib kelmoqda.

Poytaxtimizda Yapon bogi tashkil etilgani, Tokioda buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyga haykal ornatilgani, Ozbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi xalqaro madaniyat karvonsaroyiga yaponiyalik olim va musavvir Ikuo Xirayama nomi berilgani xalqlarimizning madaniy yaqinligi ifodasidir.

Fan-talim sohasidagi hamkorlik ham faollashmoqda. Ozbekiston Yaponiya markazi kadrlar malakasini oshirish, Ozbekiston Yaponiya hamda Yaponiya Ozbekiston dostlik jamiyatlari xalqlarimiz ortasidagi hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qoshmoqda. Joriy yildan Ozbekiston davlat jahon tillari universitetida yapon tili birinchi xorijiy til sifatida oqitila boshlandi.

Yaponiya ommaviy axborot vositalarida Ozbekistonning sayyohlik salohiyati keng yoritilmoqda. Mamlakatimizga kelayotgan yaponiyalik sayyohlar yildan yilga kopaymoqda.

Oliy darajadagi muloqot chogida mamlakatlarimiz ortasida barcha sohalarda aloqalarni yanada faollashtirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish, hamkorlik salohiyatini toliq yuzaga chiqarish yollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Prezident Islom Karimov va Bosh vazir Shindzo Abe Ozbekiston va Yaponiya ortasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish togrisidagi qoshma bayonotni imzoladilar. Tashqi ishlar vazirliklari va moliya muassasalari ortasida, energetika, ilm-fan, sogliqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi. Energetika va transport tizimini modernizatsiya qilish, mineral-xomashyo resurslarini ozlashtirish va qayta ishlash, avtomobilsozlik, neft-gaz va kimyo sanoati, telekommunikatsiya va boshqa zamonaviy sohalarda 8,5 milliard dollardan ortiq qiymatdagi qoshma investitsion loyihalarni amalga oshirish boyicha kelishuvlarga erishildi.

Ozbekiston va Yaponiya rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar amaliy va ishchan ruhda otganini, erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz hamkorligini yangi mazmun bilan boyitganini takidladilar. Muhokama qilingan barcha masalalar boyicha tomonlarning pozitsiya va qarashlari bir xil yoki yaqin ekani, mamlakatlarimiz ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi qayd etildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralarining biznes-forumi ochilishida ishtirok etdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoydi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bu yerda amalga oshirilgan keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga yuksak baho berdi.

Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston davlat akademik katta teatrining qurilishida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan yaponiyaliklar ham ishtirok etgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur teatr binosi yaqinda rekonstruksiya qilinib, tola tamirlandi. Ozbekiston va Yaponiya Bosh vazirlari yanada chiroy ochgan ushbu koshonaning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shindzo Abe yapon harbiylari mangu qonim topgan maskanga tashrif buyurdi, ular xotirasiga bagishlab bunyod etilgan yodgorlik poyiga gul qoydi. Yaponiya Bosh vaziri bu joy obod maskanga aylantirilgani, vatandoshlarining xotirasi abadiylashtirilgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Anvar Samadov, Sarvar Ormonov (surat), OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: