O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.10.2015

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ozbekiston dehqonlari va fermerlari, barcha mehnatkashlariga tabriknomasi

Qadrli do‘stlar!

Avvalo, siz, aziz dehqon va fermerlar, suvchi, agronom va mexanizatorlarni, barcha dala mehnatkashlarini galla, paxta va boshqa qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish boyicha shartnoma majburiyatlarini ado etganingiz bilan samimiy muborakbod etishni ozim uchun katta sharaf deb bilaman.

Oz hayotini dunyodagi eng mashaqqatli va olijanob ishga bagishlagan sizdek fidoyi insonlarning yil boyi ter tokib qilgan mehnatingiz hisobidan joriy mavsumda 7 million 300 ming tonna galla, 3 million 350 ming tonnadan ziyod paxta yetishtirishga, shuningdek, pillachilik, chorvachilik, meva-sabzavot va boshqa tarmoqlar boyicha ham belgilangan rejalarni muvaffaqiyatli bajarishga erishganimiz hammamizga katta xursandchilik yetkazadi.

Bugungi mana shunday quvonchli kunda 2015-yilning biz uchun har tomonlama xosiyatli va omadli kelgani, yolimizni ozi ochib berayotgani uchun avvalo Yaratganimizga shukronalar aytishimiz ham qarz, ham farz, deb bilaman.

Ayni vaqtda hammamiz yaxshi tushunamiz – dehqonchilikda oson yilning ozi bolmaydi. Bu yilgi mavsum ham turli tashvishlardan xoli bolmagani, ayniqsa, mart oyida kutilmaganda qor yogishi, qattiq sovuqlar, yoz oylarida havo harorati ilgari hech qachon kuzatilmagan darajada yuqori bolib, ayrim hududlarda 45 darajagacha yetgani katta qiyinchilik va muammolar tugdirib, qishloq mehnatkashlarining irodasini yana bir bor jiddiy sinovdan otkazgani barchamizga ma’lum.

Kopni korgan, azmu shijoatli va matonatli dehqonlarimiz ana shunday qiyinchiliklarni mardona yengib, kunni kun, tunni tun demasdan, har tup ekin atrofida parvona bolib, mol hosil yetishtirishga erishgani, hech shubhasiz, har qanday tahsin va tasannoga munosibdir.

Mamlakatimiz qishloq xojaligi tarixiga yorqin sahifa bolib kiradigan bu yilgi mavsumning yuksak natijalari haqida gapirar ekanmiz, buning zamirida avvalambor chuqur oylangan, uzoqni kozlab amalga oshirilayotgan islohotlar, agrar soha rivojini zamonaviy bosqichga kotarish, fermerlik harakatiga keng yol ochib berish boyicha olib borayotgan strategik yolimiz mujassam ekanini takidlash orinlidir.

Bugungi kunda yer ozining haqiqiy egasini topib, fermerlik harakati qishloqlarimiz taraqqiyotida hal qiluvchi kuch bolib maydonga chiqayotgani, dalada ishlaydigan har bir odamda oz mehnatidan manfaatdorlik hissiyoti kuchayib, ularning kelajakka ishonchi yanada mustahkam bolib borayotgani bularning barchasi nafaqat qishloq xojaligini, balki butun hayotimizni tubdan ozgartirmoqda.

Barchamizga ayonki, boshqa sohalarga qaraganda ozining goyat nozikligi, kop mehnat, katta bilim va tajriba talab qilishi bilan ajralib turadigan paxtachilikda yuksak natijalarni qolga kiritish oson emas.

Bu haqda gapirganda, yil davomida qishloq mehnatkashlarining ishni togri tashkil etib, yuksak safarbarlik va uyushqoqlik bilan belni qattiq boglab mehnat qilgani, moddiy-texnik taminot, barcha agrotexnik tadbirlarni, xususan, chekanka va defoliatsiyani oz vaqtida, sifatli otkazish masalalariga jiddiy etibor qaratilganini alohida qayd etish zarur. Eng muhimi, yetishtirilgan paxta hosili goyat qisqa muddatlarda 35-40 ish kunida yigib-terib olingani, uning 90 foizi yuqori sortlarga topshirilgani kamdan-kam uchraydigan hodisa, desak, hech qanday mubolaga bolmaydi.

Bugungi xursandchilik kunda shartnoma majburiyatlarini birinchilardan bolib bajargan Andijon, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogiston Respublikasi, shuningdek, barcha viloyatlarimizning paxtakorlari mamlakatimizning yuksak xirmonini bunyod etishga munosib hissa qoshganini mamnuniyat bilan etirof etamiz.

Shu borada Amudaryo, Qoraozak, Paxtaobod, Buloqboshi, Olot, Romitan, Dostlik, Mirishkor, Kasbi, Qiziltepa, Mingbuloq, Namangan, Kattaqorgon, Oqdaryo, Sirdaryo, Boka, Yuqorichirchiq, Beshariq, Yozyovon, Toshloq, Xiva, Yangiariq, Qoshkopir tumanlari 20-25 ish kunida rejani ado etib, kopchilikka ornak va namuna bolganini alohida qayd etish lozim.

Ayniqsa, Ellikqala tumanidagi “Rozimboy bobo”, Paxtaobod tumanidagi Oltin, Qorakol tumanidagi Hosildor, Mirzachol tumanidagi Baxtiyor Asad ogli, Qarshi tumanidagi Nuqrabod, Mirishkor tumanidagi Kamalak, Navbahor tumanidagi Yangi yer, Mingbuloq tumanidagi Baraka, Kattaqorgon tumanidagi Hosil, Oqdaryo tumanidagi Tojmahal Zarafshon, Qumqorgon tumanidagi Saodat, Sayxunobod tumanidagi Qoratoy Mirzayev, Yuqorichirchiq tumanidagi Tangriberdi ota, Oltiariq tumanidagi Nurli obod, Quva tumanidagi Oltin diyor, oq oltin, Yangibozor tumanidagi Begiobod Bozqala, Hazorasp tumanidagi Gafur Ruhiya singari fermer xojaliklari gektaridan 45-50 sentnerga yetkazib hosil olishga erishgani tahsinga sazovordir.

Joriy yilda qolga kiritgan yutuqlarimiz, mavsumni yorug yuz bilan yakunlayotganimiz togrisida gapirganda, albatta gallachilik haqida soz yuritishimiz tabiiydir. Bu tarmoqda yurtimizda misli korilmagan ulkan xirmon bunyod etgan, barchamizning rizqu nasibamiz, nonimizni butun qiladigan dehqon va fermerlarimiz, soha mutaxassislarining mardona mehnatiga qoyil qolib, ularga har qancha minnatdorlik bildirsak, arziydi, albatta.

Mamlakatimiz boyicha galla hosildorligi ortacha 53 sentnerga yetgani, bu korsatkich Andijon viloyatida 71 sentner, Buxoro viloyatida 60 sentner, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 57 sentnerni, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 56 sentner, Fargona viloyatida 55 sentner, Toshkent viloyatida 52 sentnerni tashkil etgani, kopgina tumanlarda bu raqam 60-77 sentnerdan ziyod bolgani, hech shubhasiz, qishloq xojaligimiz tarixidagi ulkan natijadir.

Fermerlik harakati imkoniyatlaridan samarali foydalangan Uchkoprik tumanidagi Farovon hayot sari, Oltiariq tumanidagi Xayrulla Bahrom Boymatov, Buvayda tumanidagi Yoqubjon ota, Romitan tumanidagi Fayz-2000, Qiziltepa tumanidagi Nargiz diyor, Xatirchi tumanidagi Tursunov Kamoliddin, Termiz tumanidagi Surxon Sarvari, Xojayli tumanidagi Odilbek, Buxoro tumanidagi Islom Narzi Obod, Olot tumanidagi Jumageldi, Yakkabog tumanidagi Ulash hoji Jalil ogli, Navbahor tumanidagi Arslon bobo, Uchqorgon tumanidagi Uchqorgon elita servis, Payariq tumanidagi Hazrat polvon Usmonov, Denov tumanidagi Ismoilova Mavluda Gulomovna kabi onlab, yuzlab fermer xojaliklari 85-95, hatto 100 sentnerdan ham yuqori hosil olgani ozbek dehqonlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanining yana bir amaliy namoyonidir.

Haqiqatan ham, yaqin otmishda chetdan kimlargadir yalinib, katta-katta mablaglar evaziga don olib keladigan, hatto bir hafta-on kunga yetadigan un zaxirasi qolgan ogir kunlarni boshidan kechirgan Ozbekiston bugungi kunda 31,5 milliondan ziyod aholisini nafaqat galla bilan taminlayotgan, kerak bolsa, uni eksport qilayotgan mamlakatga aylangani barchamizga gurur va iftixor bagishlaydi.

Bu yil yetishtirilgan galla hosilining 57 foizdan koprogi, yani 4 million 210 ming tonnadan ortigi fermer xojaliklari va aholining ixtiyorida qoldirilganini qishloq ahlining omborlari donga, xonadonlari qut-barakaga tolayotgani, moddiy manfaatdorligi ortib borayotganining amaliy tasdigi sifatida qabul qilamiz.

Ana shunday ulkan, ilgari tasavvur ham qilib bolmaydigan marralarni egallashda keyingi yetti yilda 1 trillion 627 milliard som mablag hisobidan 2 million 45 ming gektar yerning meliorativ holatini yaxshilashga erishganimiz, tabir joiz bolsa, yerning dardiga malham qoyganimiz mustahkam zamin boldi.

Bugungi kunda ham izchil davom ettirilayotgan bunday ishlarimizning samarasini keyingi ikki yilda paxta va galla boyicha hosildorlik gektariga ortacha 2-5 sentnerga oshgani misolida yaqqol korish mumkin.

Bu yil yoz oylarida, havo goyat issiq kelgan bir sharoitda avvalambor oz kasbining ustasi va fidoyisi bolgan mirishkor dehqonlarimizning mahorati, mahalliy ogitni oz vaqtida berish, har tomchi suvdan tejab-tergab oqilona foydalanish kabi agrotexnik tadbirlar hosil taqdirini hal qilishda yetakchi orin egalladi, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Shu bilan birga, serhosil va ertapishar, turli kasalliklarga chidamli goza navlarini yaratish va rayonlashtirish boyicha muhim natijalarga erishayotgan seleksioner olimlarimizning bu yutuqlarda munosib xizmatlari borligini alohida etirof etish orinlidir.

Bugungi zamonaviy agrotexnologiyalarni puxta ozlashtirgan, yer bilan tillashib yashaydigan, turli zararkunanda va kasalliklarning oldini olishda mahorat korsatgan agronom va mutaxassislar haqida gapirganda, ana shunday keng qamrovli ishlarni boshqargan, masuliyatni oz zimmasiga olib, barcha muammo va jumboqlarni oqilona hal qilgan fermerlarimizni hurmat bilan tilga olamiz.

Bu yilgi yuksak marralarga yetishda beqiyos hissa qoshgan, uy-rozgor yumushlari bilan birga dala ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan muhtarama ayollarimiz, opa-singillarimizga yana bir bor ozimning yuksak ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Joriy yilda qolga kiritgan marra va yutuqlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularning negizida yotgan omillarni avvalo yerga mehrini ayamasdan berayotgan, tabir joiz bolsa, tuproqdan oltin undirib yashayotgan dehqon va fermerlarimizning yuksalib borayotgan dunyoqarashi, mehnatga munosabati, qisqa qilib aytganda, qishloq ahlining hayot falsafasi tubdan ozgarayotganida korishimiz darkor, deb oylayman.

Men joylarda bolib, dala mehnatkashlari bilan suhbatlashganimda, bu odamlar nafaqat oz sohasi, balki butun yurtimiz taqdiri, yoshlarimiz kelajagi haqida qanday tolqinlanib, katta ishonch va gurur bilan gapirishi, dunyodagi turli voqea-hodisalarga daxldor bolib yashayotganiga guvoh bolganimda amalga oshirayotgan islohotlarimizning eng muhim natijasini korgandek bolaman.

Bugungi kunda mol hosil yetishtirib, dokon va bozorlarimiz, el-yurtimiz dasturxonini toldirib, narx-navoning barqarorligini, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikni taminlashga munosib hissa qoshayotgan dehqon va fermerlar hayotimizning tayanch ustunlari, desak, hech qanday xato bolmaydi.

Shu orinda qalbimdan chuqur joy olgan bir fikrni takrorlab aytishni zarur deb bilaman: dunyoda ozbek dehqoniga teng keladigan zahmatkash va mirishkor insonlarni topishning ozi qiyin va bu haqiqatni siz, azizlarning bu yilgi beqiyos yutuqlaringiz yana bir bor isbotlab turibdi. Tom manodagi jasorat va qahramonlik namunasi bolgan olijanob mehnatingiz uchun siz, azizlarga oz nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirib, chin qalbimdan tazim qilaman.

Hurmatli dehqon va fermerlar!

Bugungi quvonchli ayyomda erishgan natijalarimizni baholar ekanmiz, ayni paytda kelgusi yil hosili uchun puxta zamin yaratish, qishloq xojaligi tarmoqlari samaradorligini yanada oshirish haqida oylashimiz tabiiydir.

Albatta, bugun shiddat bilan ozgarib borayotgan zamonning ozi agrar soha oldiga ham yangi-yangi vazifalar qoyayotganini, biz yetishtiradigan mahsulotlar jahon bozorida har tomonlama raqobatdosh va xaridorgir bolishi zarurligini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu maqsadda qishloq xojaligini modernizatsiya qilish, kop tarmoqli fermer xojaliklari hamda fermerlar kengashlarining ish samarasini kuchaytirish, yangi avlod fermerlarini tarbiyalash, har bir hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos serhosil, ertapishar, kasalliklarga chidamli paxta va galla navlarini yaratish, intensiv boglarni, mahsulotni qayta ishlash korxonalarini kopaytirish, tuproq unumdorligini oshirish, suv va energiya resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalar doimiy etiborimiz markazida turishi darkor.

Muhtaram dostlarim, qadrdonlarim!

Mana shu shukuhli ayyomda sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni bugungi yuksak mehnat galabasi bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga dilimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Halol mehnatingizning rohatini koring, hech qachon kam bolmang, azizlarim!

Xonadonlarimizdan fayzu baraka, elu yurtimizdan tinchlik-osoyishtalik hech qachon arimasin!

Aziz va muqaddas Vatanimizni, zahmatkash va fidoyi xalqimizni Yaratganning ozi doimo panohida asrasin!


Islom Karimov,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: