O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.10.2015

OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

2015 yil 19 oktabrda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan shu yil 16 yanvarda respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilishga bagishlangan majlisi bolib otdi.

Majlisda mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari hamda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni tarkibiy qayta ozgartirish, sanoat tarmoqlarini texnik yangilash va diversifikatsiyalash, muhandislik-kommunikatsiya va yol-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shu asosda mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozorlaridagi mavqeini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari har tomonlama korib chiqildi va chuqur tahlil qilindi. Aholi bandligini ta’minlash, odamlarning farovonligini, turmushi sifati va darajasini oshirish masalalari ham majlis qatnashchilarining diqqat-etibori markazida boldi.

Bugungi kunda butun jahonda rivojlanishning «ozbek modeli» sifatida etirof etilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan chuqur va puxta oylangan strategiyani izchil va aniq maqsadni kozlab amalga oshirish tufayli jahonda davom etayotgan iqtisodiy inqirozga qaramay, Ozbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy osishning yuqori suratlari taminlanayotganligi qayd etildi. Mamlakatimiz bugungi kunda iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlatlar orasida jahonda beshinchi orinni egallab turganligi va bu xalqaro hamjamiyat va xalqaro moliya institutlari tomonidan munosib ravishda yuqori baholanmoqda. Joriy yilning 9 oyi yakunlari boyicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,0 foizga osdi. Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi.

Ayniqsa, qishloq joylarda mahalliy istemol tovarlari ishlab chiqarishni, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirishni har tomonlama qollab-quvvatlash, shuningdek, ichki talabni muvozanatli ragbatlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini davom ettirish istemol tovarlari ishlab chiqarish hajmlari — 10,1 foizga, chakana tovar aylanmasi 15,0 foizga va xizmatlar korsatish 12,9 foizga osishiga komaklashdi.

Qishloq xojaligi mahsulotlari hajmlari osishi 6,6 foizga taminlandi. Joriy yildagi noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay, dehqonlarning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli qishloq xojaligi mahsulotlarining mol hosili yetishtirildi va yigib olindi. Qishloqning qiyofasini tubdan yaxshilash choralari faol amalga oshirilmoqda, yangi qishloq massivlari qurilishida zamonaviy namunaviy loyihalar boyicha 9,3 mingta yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi.

Xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taminlash yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturini izchil amalga oshirish kichik biznesning 21,4 mingta, yoki 2014 yilning shu davridagiga qaraganda 6,0 foiz kop yangi subyektini tashkil etishga komaklashdi. Kichik biznes subyektlariga davlat mulkining 17,8 mingta foydalanilmayotgan obyektlari ijaraga berildi, umumiy summasi 9,6 trillion som bank kreditlari va mikrokreditlar ajratildi. Natijada sanoat ishlab chiqarishida, investitsiyalarda, eksportda va aholi bandligida kichik biznesning ulushi va roli uzluksiz osishi taminlanmoqda.

Aholi turmushi sifati va darajasini yanada oshirish yoli davom ettirildi. 748,7 mingta yangi ish orinlari, shu jumladan, qishloq joylarda
451,6 mingta yangi ish orni tashkil etildi. Joriy yilning 1 sentabridan boshlab byudjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlari 1,1 marotaba oshirildi. Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturi doirasida keksalarni har tomonlama qollab-quvvatlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda, ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 2,0 trillion somdan koproq mablag yonaltirildi.

Majlisning kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida 2015 yilda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning prognoz parametrlariga va uni diversifikatsiyalashga sozsiz erishishni taminlash, shuningdek, 2016 yilda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratish yuzasidan qoshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga alohida etibor qaratildi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash borasida korilayotgan dasturiy chora-tadbirlar sanoat ishlab chiqarishi hajmlarining 7,3 foizga osishini taminlaganligi qayd etildi.

Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari, yirik korxonalar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga joriy yil yakunlari boyicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning prognoz parametrlariga erishishni taminlaydigan barcha mavjud manbalarni va osish rezervlarini safarbar etish yuzasidan aniq vazifalar qoyildi. Boshqaruv tizimi samaradorligini, eng avvalo, korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishda mamlakatimiz Prezidentining qarori bilan tashkil etilgan Korporativ boshqaruv ilmiy-talim markaziga muhim orin yuklanganligi qayd etildi.

Buyurtmalar portfeli oz vaqtida shakllantirilishi, 2016 yil ishlab chiqarishining prognozlashtirilayotgan hajmlari uchun xomashyo va materiallarni, eng avvalo IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini otkazish davomida xarid qilishga shartnomalar tuzish, shuningdek, XI Xalqaro Ozbekiston paxta va toqimachilik yarmarkasida tuzilgan shartnomalarni amalga oshirishda xojalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilandi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining etibori mamlakat Prezidenti tomonidan joriy yil sentabr oyida Fargona va Namangan viloyatlariga tashrif davomida belgilab berilgan vazifalarni hisobga olgan holda 2016-2019 yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan loyihalarni oz vaqtida amalga oshirishni taminlash boyicha kompleks qoshimcha chora-tadbirlar korish zarurligiga qaratildi.

Majlisda 2015 yilning eng muhim obyektlarini ishga tushirishni taminlash, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash boyicha 2016-2019 yillarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlashni jadallashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yol-transport infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlarning natijalari chuqur va batafsil tahlil qilindi. Faol investitsiya siyosati olib borilishi va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, zamonaviy infratuzilmani barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi ozlashtirilgan investitsiyalarning 9,9 foizga, shu jumladan, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni ozlashtirish 7,4 foizga osishini taminlaganligi qayd etildi. 3 440 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi, yuqori texnologik va zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boyicha 76 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallandi. Ozbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yollarini qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boyicha 1,0 trillion somdan ortiq mablag ozlashtirildi.

Ushbu masalani muhokama qilish davomida ayrim investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yol qoyilgan kamchiliklar va orqada qolishlar uchun bir qator xojalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlarining faoliyati tanqid qilindi. Ular oldiga qoloqlikning ornini toldirish va amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boyicha obyektlarni oz vaqtida foydalanishga topshirishni taminlash yuzasidan aniq vazifalar qoyildi, shuningdek, ularning shaxsiy javobgarligi choralari belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbarlariga joriy yilning sentabr oyida tashkil etilgan Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspert baholash agentligining ishini jadal tashkil etish va uning bundan buyon samarali faoliyat korsatishini taminlash yuzasidan kechiktirib bolmaydigan kompleks chora-tadbirlar korish topshirildi.

Majlisda eksportning prognoz parametrlariga erishishni sozsiz taminlash, eksportga yetkazib berish turlarini kopaytirish va geografiyasini kengaytirish boyicha mavjud rezervlarni eng kop darajada safarbar etish, shuningdek, eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qollab-quvvatlash uchun tarmoqlar va hududlar rahbarlarining shaxsiy masuliyatini oshirish masalalariga jiddiy etibor berildi. Jahon bozorlaridagi noqulay konyunkturaga qaramay, iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini ragbatlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qollab-quvvatlash yuzasidan korilayotgan tizimli chora-tadbirlar tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo tendensiyalari saqlanib qolishini taminlash imkonini berganligi alohida takidlandi. Yil boshidan boshlab oldin oz mahsulotlarini eksport qilmagan 830 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, xojalik birlashmalari, yirik korxonalarga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga eksportga yetkazib berish hajmlarini yanada kopaytirishga va turlarini kengaytirishga, mamlakatimiz eksport qiluvchilarining ananaviy tashqi bozorlardagi mavqeini mustahkamlashga va yangi bozorlarni ozlashtirishga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasi majlisida vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlarining iqtisodiyot tarmoqlari, turar joy fondi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini kuz-qish davriga tayyorlash, shuningdek, bolajak kuz-qish davriga meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka gamlash ishlarini tugallash togrisidagi hisobotlari eshitildi.

Ushbu masalani muhokama qilish davomida Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oztransgaz kompaniyasi, Ozbekenergo, Ozbekkomir aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, bir qancha vazirliklar va idoralar rahbarlarining etibori iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va turar joy fondi obyektlarining 2015-2016 yillar kuz-qish davriga tayyorligi va barqaror faoliyat korsatishi, shu jumladan, gaz-transport va energiya bilan taminlaydigan obyektlar barqaror ishlashini, tabiiy gaz, komir va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini taminlash uchun ular shaxsan masul ekanligiga qaratildi.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari va kartoshkani zarur hajmlarda gamlashni tugallashni jadallashtirish, shuningdek, ularning qish-bahor davrida talabni va narxlar konyunkturasini hisobga olgan holda, ichki bozorda narxlarning asossiz ravishda keskin osib ketishiga yol qoymasdan aholiga sotish uchun savdoga tizimli qoyilishini taminlash topshirildi.

Kun tartibidagi masalalar boyicha Vazirlar Mahkamasi komplekslari, respublika vazirliklari, idoralari, xojalik birlashmalari, yirik korxonalar va viloyatlar hokimliklari rahbarlari sozga chiqdilar. Respublika Hukumati majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi, ularda 2015 yilgi iqtisodiy dasturning muhim yonalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirishni sozsiz taminlash va kelgusi yilda respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun ishonchli kafolatlar yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: