O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.10.2015

GM OZBEKISTON AJ: AVTOMOBILGA KAFOLAT MUDDATI BERILADIMI?

Mamlakatimizda avtomobil sanoati izchil va jadal rivojlanib bormoqda. Shahar va qishloq ko‘chalarini, magistral yollarni toldirib, kozimizni quvontirayotgan avtomobillar uzogimizni yaqin, ogirimizni yengil qilmoqda. Ma’lumotlarga kora, joriy yilning birinchi yarmida «GM Ozbekiston» AJ avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni 119412 tani tashkil etgan. 2015 yilning sentabr oyiga kelib, ishlab chiqarilgan jami avtomobillar soni 2 million 500 mingga yetgan.

GM Ozbekiston AJ avtomobillariga uzoq tarif berish mumkin. Albatta, ushbu zavodning avtomobillari bunday etiroflarga loyiq. Shu bilan birga, avtomobil xarid qilingach, har qanday yangi avtomobillarda bolgani kabi ayrim nosozliklar uchrab qolishi mumkin. Bunday hollarda avtomobil egalari ortasida tushunmovchiliklar ham kelib chiqadi. Xosh, avtotransport vositasining qaysi ehtiyot qismlariga kafolat muddati berilgan? U qancha muddat ichida tamirlab berilishi lozim?

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida, GM Ozbekiston AJning kafolat va texnik yordam bolimi menejeri Alisher ABBASOVga murojaat etdik.

— Aytingchi, avtosalondan xarid qilingan avtomobilga qancha vaqt kafolat muddati beriladi? Mashinaning qaysi ehtiyot qismlariga kafolat kozda tutilgan?

Albatta, GM Ozbekiston AJ avtomobillariga kafolat beriladi. Faqat kafolat avtomobilning oz egasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab, 12 oy davomida (shu davrda bosib otilgan yol 20000 kilometrdan oshmasligi kerak), yani qaysi biri avvalroq kelishiga bogliq hamda avtomobilga ilova qilingan foydalanish qollanmasida bayon etilgan va texnik qarov qoidalariga qatiy rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Kafolat majburiyatlari respublikamizda faoliyat yuritayotgan GM Ozbekiston AJning rasmiy dilerlari tomonidan bajariladi. Ishlab chiqaruvchi avtomobil egasiga, u sotib olgan yengil mashina sifati qatiy talabga muvofiq ishlab chiqarilgani va tekshirilganini kafolatlaydi. Agar kafolat davrida avtomobilda nosozlik yuzaga kelsa, uni sotish va unga xizmat korsatish uchun masul bolgan diler muayyan nosozlikni bartaraf etib beradi. Mazkur holatda yangi detal va sozlash uchun tolov tolanmaydi. Shuni ham aytish lozimki, biron-bir nosozlik aniqlanganda, avtomobil egasi vakolatlangan dilerga oz vaqtida kafolat davosi bilan murojaat qilishi zarur.

Agar mijoz texnik nosoz avtomobilni oz vaqtida tuzattirish orniga, undan foydalanishni davom ettiraversa, tabiiyki, jarayon murakkablashadi. Bunday vaziyatda avtomobilning nosozligi yoki buzilishi bilan bogliq bolgan barcha xavf va xarajat avtomobil egasi zimmasiga yuklanadi. Transport vositasining tabiiy turdagi eskirish tasiriga moyil bolgan maxsus tarkibiy qismlari (tarmoqlari va agregatlari) boyicha avtomobilning birinchi xaridoriga topshirilgan kunidan kopi bilan uch oy yoki 2000 kilometr bosib otilgan yol (qaysi biri avvalroq) yuz berishiga qarab, kafolat muddati belgilanadi. Alohida takidlash kerakki, avtomobilning 17 ehtiyot qismiga kafolat berilgan: filtrlar; tormoz kolodkalari; tormoz disklari va barabanlari; ilashish muftasi disklari (friksiyaviy va savatli); ot oldirish svechalari va yuqori kuchlanish simlari; dvigatelning osma agregatlarining yuritma tasmalari; oynalar; oyna tozalagichlar chotkalari; faralar, chiroqlar va plafonlar lampalari; saqlagichlar; ot oldirish kontaktlari; salniklar; naylar va chiqish naylari; rezina changlagichlar, giloflar va vtulkalar; old va orqa oynaning oyna yuvish moslamasi forsunkalari; dekorativ qalpoqlar va gildirak disklarining lak boyoq qoplamasi; ishlangan gazlarning katalitik neytralizatori kafolatlangan qismlar hisoblanadi.

Kafolat berilgan avtomashinaning ehtiyot qismlarini ozgartirish tartibi haqida ham tushuncha bersangiz. Qismlarni almashtirish va avtomobilni sozlash qancha vaqt ichida amalga oshiriladi?

Kafolat majburiyatlari boyicha ehtiyot qismni almashtirish Ozbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga (Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga 1-ilova) asosan bajariladi. Uning 127-bandiga kora, avtomototransport egasi kamchilikni bartaraf etishni talab qilgan kundan boshlab, savdo korxonasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati uzogi bilan yigirma kunni tashkil etadi. Agarda respublika tashqarisidan keltiriladigan ehtiyot qismga zarurat tugilsa, ularni keltirish talab qilinadigan vaqt hisobga olinmaydi va uch oy ichida avtomobil sozlab beriladi.

Xaridor avtotransport vositasiga muayyan ozgartirishlar kiritsa, bunday holda kafolat bekor qilinadimi?

Avtomobilning konstruksiyasiga ishlab chiqaruvchi tavsiya etmagan ozgartish kiritilsa, masalan, unga qoshimcha jihoz ornatilsa yoki avtomobilga qoshimcha ishlov berilsa, avtomobil egasi kafolat huquqidan mahrum boladi. Ishlab chiqaruvchi tavsiya etmagan elektron moslamalar dasturiy taminotini ozgartirish yoki modifikatsiyalash ham kafolat cheklanishiga olib keladi.

Agar nosozlik yuqoridagi holatlarga oid bolsa, kafolat avtomobilning yuqorida sanab otilgan xatti-harakat tasir etadigan qismi uchun bekor qilinadi.

Agar avtomobil egasi vakolatli diler tomonidan texnik tekshirish paytida aniqlagan nosozlikni oz vaqtida bartaraf etish uchun harakat qilmasa, uning orniga ozicha sifatsiz va mos bolmagan ehtiyot qismlardan foydalansa, sozlash ishlari ozga shaxs tomonidan ado etilgan bolsa, ishlab chiqaruvchi maqullamagan detal yoki anjom ornatilsa, masalan, korroziyaga qarshi ishlov berish, avtomobil tomida tuynuk ochish, tirkama farkopi yoki konditsioner ornatish kabi hollarda, tabiiyki, kafolat sharti buziladi. Hozir avtomobilga masofadan turib ochish va yopish moslamasi ornatish odatiy tus olgan. Bunday holda faqatgina avtomobilning elektr qismi kafolatdan chiqariladi. Agar signalizatsiya GM Ozbekiston AJning rasmiy dileri tomonidan ornatilgan taqdirda, asosiy kafolat majburiyatlari saqlanib qoladi. Buning uchun rasmiy diler servis kitobchasida signalizatsiya ornatilganligi haqida qayd etib, ozining muhri bilan tasdiqlagan bolishi lozim.

GM Ozbekiston AJ har bir xaridor avtomobilni oz vaqtida texnik korikdan otkazishini tavsiya etadi. Shunga rioya qilinsa, yengil mashinaning sozligi ishonchli boladi, u uzoq xizmat qiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Bardambek SADULLAEV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: