O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.04.2012

Bugungi ishni ertaga qoyma

ertaning ham o‘z yumushi bor

Siyosiy partiyalar jamiyatda qanday ta’sir kuchiga ega bolishi, davlat hokimiyati boshqaruvida qanday orin tutishi uning amaliy ishiga bogliq. OzXDP Markaziy Kengashi ishlab chiqqan qator loyihalar, partiya tashkilotlari ilgari surayotgan tashabbuslar, deputatlarimiz say-harakati Saylovoldi dasturda belgilangan vazifalar ijrosiga, aniq natijalarga erishishga qaratilgan.

Bu borada Qashqadaryo viloyat partiya tashkilotlari ham ibratli ishlar qilayapti. Partiya kengashlari, boshlangich tashkilotlar, deputatlik guruhlari tashabbusi bilan qilingan ishlarga koplab misollar keltirish mumkin. Ammo ayrim tuman partiya tashkilotlari sustkashlikka yol qoymoqda. Ularning faoliyati deyarli sezilmayapti. Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda izchillik yetishmayapti. Biz bu orinda Qamashi va Chiroqchi tuman partiya kengashlari faoliyatini kozda tutayapmiz.

Qamashi tumanida partiyamizning 75 ta boshlangich tashkiloti mavjud. Shundan 42 tasi hududiy tashkilot. Partiyaning tayanchi, joylarda uning siyosatini yuritadigan asosiy kuch bolgan quyi tashkilot imkoniyatidan toliq foydalanilmayapti. Natijada partiyaning dasturiy maqsad-vazifalarini targib qilish, partiya safini mustahkamlab borish, elektorat orasida ular manfaatidan kelib chiqib, turli tadbirlar otkazishda ham tashabbus va faollik yetishmayapti.

Partiyamizning 2011-2014 yillarga moljallangan Harakat dasturida 2011 yilning 3-choragida Qamashi tuman Kengashidagi deputatlik guruhi manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birga, hududni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi masalasini sessiya muhokamasiga olib chiqishi kozda tutilgan edi. Afsuski, oradan shuncha vaqt otsa-da, bu masala boyicha tuman Kengashi sessiyasiga biron-bir masala kiritilmadi. U hatto tuman Kengashining doimiy komissiyalarida ham korib chiqilmadi. Umuman, mavjud muammolardan kelib chiqib, tuman Kengashi sessiyalariga bironta dolzarb masala kiritilgan emas.

Chiroqchi tuman partiya kengashi faoliyati haqida ham xuddi shunday fikr bildirish mumkin. Joriy yilning 1 yanvar holatiga kora, tumanda partiyamizning 3069 nafar azosi bor. Ular 70 ta boshlangich tashkilotga birlashgan. Bu — katta kuch, katta imkoniyat. Uni togri yonaltirish, ishni togri tashkil etish lozim. Elektoratni tashvishga solayotgan muammolarni organish, ijtimoiy masalalarni hal etish uchun jamoatchilik monitoringi ornatish kerak. Biroq tuman partiya kengashi bunga befarq qaramoqda, uning boshlangich partiya tashkilotlari bilan olib borayotgan ishlari ham sust. Ayrim boshlangich tashkilotlarda otkazilayotgan barcha tadbirlarning saviyasi ham talab darajasida deb bolmaydi.

OzXDP Harakat dasturida 2011 yilning birinchi choragida tumanda kasanachilikni rivojlantirish doirasida aholi bandlik dasturini bajarish masalasi mahalliy Kengash sessiyasiga olib chiqilishi belgilangan. Oradan bir yil vaqt otibdiki, bu borada Chiroqchi tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi biror ish qilgan emas. Masala na oz yigilishida, na doimiy komissiyada, na sessiyada korib chiqilgan.

Bundan tashqari, Harakat dasturida 2012 yilning 1-choragida Chiroqchi tumanida pensiya va nafaqalarni berish masalalari boyicha monitoring otkazish belgilangan. Mana, yilning uch oyi otdi, ammo tuman partiya kengashi ham, deputatlik guruhi ham amaliy ishga kirishgani yoq. Harakat dasturida belgilangan masalaga munosabat shu bolsa, deputatlik guruhi shaxsiy tashabbus bilan bir ish qilishiga ishonish mumkinmi?

Bugun OzXDP tashkilotlari qilayotgan ishlar, kotarayotgan tashabbuslar oz samarasini berayotgan bir paytda yuqoridagi tuman partiya kengashlari talab darajasida ishlamayotganini qanday baholash mumkin? Mazkur tumanlar partiya kengashlari rahbarlari, faollari zimmasiga qanday masuliyatli vazifalar yuklanganini yetarli his etishmayotganga oxshaydi.

Bugungi ishni ertaga qoyma, ertaning ham oz rejasi bor, deydi xalqimiz. Agar faollikni ertaga oshiramiz, vazifalarni bajarishga hali vaqt bor, ulguramiz, deb oylasak, imkoniyatni boy beramiz. Bu ertaga juda qimmatga tushishi mumkin.

Behzod ShUKUROV

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: