O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.10.2015

Islohotlar samaralari va ezgu maqsadlarimiz ijobati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 29-sentabr kuni Namangan va Fargona viloyatlarida boldi.

Mamlakatimizning izchil taraqqiyoti, inson manfaatlari yolida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar samaralari Namangan viloyatida ham oz ifodasini topmoqda. Viloyat ahli sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xojaligi, qurilish, xizmat korsatish sohalarida fidokorona mehnat qilib, Vatanimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga munosib hissa qoshmoqda.

Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi ozgarib, aholining hayot darajasi yuksalib borayotir. Namangan shahridagi Istiqlol kochasida 8, Bobur kochasida 16 kop qavatli turar joy binolari, koplab savdo va maishiy xizmat shoxobchalari barpo etildi. Namangan xalqaro aeroporti, “Yashil” dehqon bozori rekonstruksiya qilindi. Yangi yollar, solim xiyobonlar shahar chiroyiga chiroy qoshdi.

Viloyatda 2015-yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot hajmi 9,7 foiz osdi. Zamonaviy sanoat tarmoqlarini tashkil etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish izchil davom etmoqda. 2013-2015-yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 922 loyiha amalga oshirildi.

Prezidentimiz Namangan viloyatiga safarini Mingbuloq tumanidagi Baraka fermer xojaligi bilan tanishishdan boshladi.

Joriy yilda viloyatda 79 ming gektar maydonda galla ekilib, 500 ming tonnaga yaqin hosil kotarildi. Bugungi kunda 82 ming 600 gektar maydonda yetishtirilgan paxta yigib-terib olinmoqda.

Davlatimiz rahbari rahnamoligida yerlarning unumdorligini oshirish, fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasini Baraka fermer xojaligi misolida ham korish mumkin. Fermer xojaligida bu yil gallaning har gektaridan ortacha 65 sentnerdan hosil olindi. Paxta dalalarida ham yuqori hosil yetishtirildi.

Islom Karimov mazkur fermer xojaligi dalasida fermerlar bilan suhbatlashdi.

Mamlakatimiz qishloq xojaligi uchun muhim mavsum bolgan shu kunlarda sizlar bilan diydor korishish, hormang deb, barchangizga kuch-quvvat tilash menga katta mamnuniyat bagishlaydi, dedi Prezidentimiz. Ilgari dehqon yetishtirgan paxtasini tezroq zavodga topshirishni, qanday qilib bolmasin rejani bajarishni oylardi. Paxtaning navi, sifati, paxtakorning daromadi hech kimni qiziqtirmas edi. Bugun sifatli paxta yetishtirishdan, uni vaqtida yigib-terib yuqori navlarga topshirishdan avvalo fermerlarning ozi manfaatdor. Chunki qancha sifatli paxta tayyorlasa, shuncha kop daromad topmoqda.

Muloqot chogida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani alohida takidlandi. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni bu borada muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizning barcha joylarida bolgani kabi Namangan viloyatida ham ushbu soha jadal ravnaq topayotir. Kichik biznes subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 68,5 foizni tashkil etmoqda. Ular har tomonlama qollab-quvvatlanayotgani natijasida ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hajmi muttasil oshib bormoqda. Joriy yilning birinchi yarmida viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan 56,3 million dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi. 17 ming 260 yangi ish orni yaratildi.

Biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotini barpo etishda shoshma-shosharlikka yol qoymadik, marrani kim tezroq egallaydi, qabilidagi musobaqalarga qoshilmadik, ozgalardan nusxa olmadik. Chuqur va puxta oylangan, mashhur besh tamoyilga asoslangan, jahon miqyosida taraqqiyotning ozbek modeli deb tan olingan dasturni bosqichma-bosqich amalga oshirdik. Buning samarasini mamlakatimiz erishayotgan ulkan yutuq va marralarda korish mumkin, dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti istiqlol yillarida 5,5 karradan ziyod osgani, aholining real daromadlari jon boshiga 9-marta kopaygani, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, songgi on bir yil davomida yalpi ichki mahsulotning osish hajmi 8 foizdan yuqori bolib kelayotgani alohida qayd etildi.

Faqat galla va paxta yetishtirish bilan yuksak farovonlikka erishib bolmaydi, dedi Islom Karimov. Doim izlanish, organish, dunyo bilan hamqadam bolish, yangi marralar sari intilish zarur. Qishloqlarda odamlarga yuqori daromad keltiradigan zamonaviy sanoat korxonalarini kopaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy ozgartirishni izchil davom ettirish kerak.

Ilgari havas qilgan maqsadlarimizga bugun erishmoqdamiz. Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu goya odamlarimiz hayotida oz ifodasini topmoqda. Bu barchamizga qanot, oz kuchimizga ishonch, ayni chogda quvonch bagishlamoqda, dedi Yurtboshimiz.

Prezidentimiz Uychi tumanidagi Obod zamin fermer xojaligi dalalariga ham tashrif buyurdi.

Mazkur xojalik ishchilari bu yil galladan 75 sentnerdan xirmon kotargan. Shu kunlarda yetishtirilgan mol paxta hosili yigib-terib olinmoqda.

Barcha hududlarda bolgani kabi Namangan viloyatida ham keng kolamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Korkam uy-joylar, talim va tibbiyot muassasalari, zamonaviy korxonalar, keng va ravon yollar shaharu qishloqlarimiz qiyofasini butunlay ozgartirib, xalqimiz farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Viloyatda otgan yili 260, bu yil 140 namunaviy uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Yangi massivlarda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, ichki yollar qurildi. Mahalla guzarlari, savdo va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari, sport majmualari bunyod etildi.

Obodlik avval qalbda tugiladi – kongildan boshlanadi. Inson shuni maqsad qilib, astoydil harakat qilsa, albatta royobga chiqadi, dedi Yurtboshimiz. Bir necha yillar oldin boshlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi bugun yaxlit industriyaga aylandi. Bu uylarda odamlar yayrab yashamoqda. Eng muhimi, bunday uylarda yashayotganlarning dunyoqarashi ham ozgarmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz ham xalqimizning hech kimdan kam bolmay yashashi, baxtli va farovon hayot kechirishini taminlashdir.

Bularning barchasi mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik sharofatidir. Ayniqsa, yoshlarimiz oz oldiga aniq maqsadlar qoyib, dadil intilayotgani, barcha sohalarda katta yutuqlarga erishayotgani xalqimiz qalbini gururga toldirayotir.

Xalqimizning fidokorona mehnati tufayli qolga kiritilayotgan bunday ulkan yutuqlardan har birimiz faxrlanib, boshimizni baland kotarib yashashga haqlimiz, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz kunning ikkinchi yarmida Fargona viloyatiga tashrif buyurdi.

Fargona viloyati mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-manaviy hayotida muhim orin tutadi.

Islom Karimov Fargona shahrining bosh rejasini amalga oshirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 15-noyabrdagi Fargona shahrining bosh rejasini amalga oshirish, 2012-2015-yillarda ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida viloyat markazida keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Zamonaviy korxonalar, talim va tibbiyot muassasalari, sport majmualari va stadionlar, yollar, xiyobonlar bunyod etilayotir.

Qaror ijrosi boyicha Fargona shahrining qiyofasini zamonaviy shaharsozlik talablariga muvofiq tubdan yangilash, ijtimoiy infratuzilma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kompleks rivojlantirish va obodonlashtirish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shaharda bunyodkorlik, obodonlashtirish, uy-joy kommunal, yol xojaligi va transport xizmatini, suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz taminotini sifat jihatdan yaxshilash borasida salmoqli ishlar bajarildi.

Bugun mamlakatimizda zamonaviy shaharsozlik sohasida erishilayotgan ulkan yutuqlar kopchilikning havasini tortmoqda. Inshootlar, turar joy binolari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, dam olish va ziyo maskanlari qurilishida milliy memorlik ananalari bilan zamonaviy arxitekturani uygunlashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Ular atrofi landshaft dizayni asosida kokalamzorlashtirilayotgani har bir hudud qiyofasiga ozgacha chiroy bagishlamoqda.

Islom Karimov Margilon shahridagi Narimteks qoshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Yurtboshimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida viloyatda mazkur soha jadal taraqqiy etmoqda. Bugungi kunda viloyatda 18 mingdan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat korsatib, ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 51,2 foizga yetdi.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 12 qoshma korxona tashkil etildi. Bunda qoshma korxonalarni modernizatsiya qilish borasida yaratilayotgan imtiyoz va kafolatlar ham muhim omil bolmoqda.

Bu jarayonda paxtani qayta ishlash va tikuvchilikka ixtisoslashgan qoshma korxonalar erishayotgan yutuqlar diqqatga sazovordir. Bugungi kunda viloyatda Narimteks, Indorama Qoqon tekstil, Fargona Turon tekstil, Beshariqtekstil singari ilgor texnologiyalar asosida jihozlangan koplab korxonalarda xalqaro andozalarga mos mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mazkur korxonalarda tayyorlanayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorda talab ortib bormoqda.

Narimteks qoshma korxonasida 2012-2015-yillar mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash borasida amalga oshirilgan keng kolamli ishlar samarasida Germaniya, Italiya, Turkiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy bichish-toqish, pardozlash jihozlari va tikuv mashinalari ornatildi. Yangi ish orinlari yaratildi.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yolidagi tosiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni va mazkur farmon asosida shu yil 20-avgustda qabul qilingan qonun tadbirkorlik faoliyatini ishonchli himoya qilish va jadal rivojlantirishda muhim huquqiy asos bolmoqda.

Prezidentimiz ichki va jahon bozorida munosib orin topish uchun muntazam izlanish, yangi-yangi mahsulot turlarini ozlashtirish zarurligini qayd etdi. Bozor konyukturasini organgan holda mahsulot tayyorlash, dizayn masalalariga etiborni kuchaytirish, eng asosiysi, jahon bozorida oz brendini yaratish lozim.

Bugun xalqimizning, ayniqsa, yoshlarimizning zamonaviy kiyinishga ehtiyoji va talabi tobora oshib bormoqda, dedi Islom Karimov. Ularning osib borayotgan talabini yurtimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy va sifatli mahsulotlar hisobidan qondirish muhim vazifadir. Buning uchun zamonaviy korxonalarni yanada kopaytirish, istedodli, zamon va bozor talablarini chuqur his etadigan mohir tadbirkorlarimizni har jihatdan qollab-quvvatlash lozim.

Islom Karimov korxona ishchilarining hayoti, korxonada yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.

Davlatimiz rahbarining Fargona viloyatiga safari davom etmoqda.

Anvar Samadov, Matnazar Elmurodov, Akramjon Sattorov, Masudjon Sulaymonov, OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: