O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.10.2015

Ozbekiston oqituvchi va murabbiylariga

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Avvalambor, siz, azizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga ozimning chuqur hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Bu dunyoda har qaysi ongli inson qayerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bolmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yollagan muhtaram oqituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi.

Haqiqatan ham, ozining koz nuri, qalb qori, butun borligini bagishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek motabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan olchab, baholab bolmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi.

Muhtaram oqituvchi va muallimlar!

Ozbekistonimiz oz mustaqilligini qolga kiritib, tarixan qisqa davrda, xalqimizning fidokorona mehnati va matonati bilan dunyo miqyosida “ozbek modeli” deb tan olingan, ozimizga xos, ozimizga mos taraqqiyot yolini amalga oshirganimiz hisobidan bugungi kunda shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi tubdan ozgarib, aholimizning hayot darajasi va sifati tobora yuksalib borayotgani barchamizga mamnunlik bagishlab, yaqin va uzoq qoshnilarimizning havasini tortmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Bunday barqaror sur’atlar bilan rivojlanishga erishish uchun biz qanday ogir yolni bosib, turli sinov va qiyinchiliklarni, gov va tosiqlarni yengib otganimiz, bugungi yuksak marralarni qolga kiritishda hal qiluvchi rol oynagan omil va mezonlar haqida albatta kop gapirish mumkin.

Bu haqda soz yuritganda, avvalambor, amalda ozini oqlamagan eski mustabid tuzumning qolip va aqidalaridan butunlay xoli bolgan, tez va shiddat bilan ozgarib borayotgan zamon bilan hamqadam bolib, yangicha, mustaqil fikrlaydigan, taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor, izlanish va doimo izlanish, gurur va iftixor bilan yashaydigan yangi avlodni tarbiyalash boyicha qanday ulkan vazifalarni ado etganimizni yana bir bor eslashimiz orinli, deb oylayman.

Oz-ozidan ayonki, biz mustaqil hayotga qadam qoyib, eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishni, yurtimizda demokratik davlat, obod va farovon jamiyat qurishni maqsad qilib qoygan ekanmiz, buning uchun avvalo ayni shunday buyuk ishga qodir bolgan yangi avlodni voyaga yetkazmasdan turib, bu yoldagi barcha-barcha harakatlarimiz puchga chiqishi muqarrar edi.

Bundan 18-yil oldin qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004-yilda tasdiqlangan Maktab talimini rivojlantirish umummilliy dasturi, shu sohada amalga oshirgan boshqa keng kolamli ishlarimiz nafaqat talim-tarbiya tizimini, balki butun jamiyatimiz hayotini keskin ozgartirib yuborgani, ijobiy manodagi portlash effektini berganiga bugun yaqqol guvoh bolmoqdamiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Shu borada sizlarga bir fikrni hech ikkilanmasdan aytishni zarur deb bilaman.

Tarixiy ahamiyatga ega bolgan bu dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda, ularni yanada chuqurlashtirishda, hozirgi davr talablariga javob beradigan yangi talim standartlari va dasturlarini, darslik va metodik qollanmalarni yaratishda, eng muhimi, bolalarimizga zamonaviy talim va tarbiya berib, ularning qalbiga, yuragiga yetib borishda siz, hurmatli ustoz-murabbiylarning xizmatlaringiz naqadar beqiyos bolganini xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi. Kelajagimizni hal qiladigan ana shunday olamshumul ishga qoshgan buyuk hissangiz uchun ozimning eng yaqin maslahatchilarim va maslakdoshlarim bolgan siz, azizlardan umrbod minnatdorman va barchangizga chin qalbimdan tazim qilaman.

Hurmatli dostlar!

Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1 ming 556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy oquv yurtlarida yangi talim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bolib hayotda oz munosib ornini topmoqda, mamlakatimiz talim modelining samarasi va raqobatdoshligini xalqaro maydonlarda yaqqol namoyon etmoqda.

Unib-osib kelayotgan ogil-qizlarimiz yurtimizda yaratilgan noyob imkoniyatlardan bahramand bolib, ilm-fan choqqilarini, xorijiy tillarni, zamon talab qilayotgan kasb-hunarlarni puxta egallab, ona Vatanimizga sadoqatli, munosib farzandlar, uning ishongan posbonlari, himoyachilari, biz boshlagan ishlarimizning davomchisi bolib voyaga yetayotganini korish, ularning quvonchiga sherik bolish biz, ota-onalar, ustozlar uchun eng katta baxt emasmi?

Qadrli yurtdoshlar!

Bugun biz boshimizdan kechirayotgan XXI asr, shiddat bilan ozgarib borayotgan globallashuv jarayonlari, intellektual salohiyat, Internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani, jahon bozoridagi raqobat kolami va keskinligi tobora shafqatsiz tus olayotgani har qaysi davlat, har qaysi xalq oldiga goyat muhim va otkir talablarni qoymoqda. Bugun hammamizga ayon, ana shunday talablarni hisobga olib, ular bilan hamohang bolib yashamasak, butun borligimizni shu yolda safarbar etmasak, hech shubhasiz, biz umumbashariy taraqqiyotdan chetda qolib ketishimiz muqarrar.

Hozirgi kunda zamonning ozi bizdan erishgan yutuqlar bilan kifoyalanmasdan, yanada yuksak marralar sari qatiyat bilan borishni, shu yolda oz bilim va tajribamizni, kasb malakamiz va mahoratimizni muttasil boyitib, takomillashtirishni talab etmoqda.

Shu manoda, umumtalim maktablarining moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari darajasiga kotarib borish, pedagogika universiteti va institutlaridagi oquv jarayonlarini tanqidiy baholab, ularni yuksak mezonlar asosida tashkil etish, sohaga ilgor talim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish, bir soz bilan aytganda, pedagog kadrlarning yangi avlodini shakllantirish boyicha hali kop ish qilishimiz lozim.

Nega deganda, oz ishidan qoniqmasdan, doimo yangilikka intilib, bilim va malakasini oshirish ustida ishlaydigan, hayot bilan hamqadam bolib yashaydigan oqituvchi va muallimlargina har tomonlama yetuk insonlarni kamol toptirishga qodir boladi.

Shu bilan birga, biz uchun yangi tizim bolgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining faoliyatini tashkiliy-amaliy, oquv-metodik jihatdan takomillashtirish, shu maqsadda mavjud ixtisoslik yonalishlarini qayta korib chiqish, aynan mana shunday kollejlarda talim olayotgan bolalarimiz yurtimizda barpo etilayotgan, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida samarali mehnat qilib, jamiyatimizda oz ornini topishi uchunnafaqat talim sohasi rahbarlari, balki barchamiz masul ekanimizni unutmasligimiz zarur.

Biz oz oldimizga ana shunday ota muhim va dolzarb vazifalarni qoygan ekanmiz, oz-ozidan ravshanki, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish, birinchi navbatda oliy oquv yurtlarining professor-oqituvchilar tarkibiga, ularning ilmiy va pedagogik salohiyatiga bogliq.

Bu borada oliy oquv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida shu yil qabul qilingan Farmon bu ishlarni yangi sifat bosqichiga kotarishga zamin boladi, deb ishonaman.

Ayni vaqtda jahondagi eng nufuzli oliy oquv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xorijiy universitetlarning mutaxassislari ishtirokida turli anjuman va konferensiyalar otkazish, ozaro tajriba almashish domlalarimizning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga, ularning malakasini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Qadrli ustozlar!

Barchamizga ayonki, mafkura sohasida hech qachon boshliq bolmaydi. Agar ozgina boshliqqa yol qoysak, uni albatta bizga yot va begona bolgan kuchlar egallab oladi.

Hozirgi kunda butun dunyoda yosh avlodning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotgani, bizning hayot tarzimizga, manaviyatimizga, dinimizga mutlaqo zid bolgan zararli fikr va goyalarni tarqatish orqali hali dunyoqarashi mustahkam shakllanib ulgurmagan farzandlarimizni ozining qabih tuzogiga ilintirish uchun turli markazlar tomonidan qancha-qancha kuch va mablaglar sarflanayotgani sizlarga yaxshi malum, albatta.

Xalqimizning tinch va osoyishta hayotiga, bolalarimizning kelajagiga qarshi qaratilgan tahdidlar bu xalqaro terrorizm va ekstremizm boladimi, giyohvandlik yoki ommaviy madaniyat korinishlari boladimi bunday balo-qazolarni ostonamizga yolatmaslik, ogil-qizlarimizni ularning yovuz tasiridan asrash, doimo ogoh va hushyor bolib yashash har qachongidan ham dolzarb vazifamizga aylanmoqda. Bunday otkir zarurat talim-tarbiya muassasalarining ota-onalar, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar jamoatchiligi, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirishni talab etmoqda va bu yolda sizlar bundan buyon ham oz kuch-gayratingizni ayamaysiz, deb ishonaman.

Bizning asosiy vazifamiz yosh avlodga faqat bilim berishdan iborat emas, balki bugun dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalardan togri xulosa chiqara oladigan, Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim Ozbekistonim! deb, oz yeri, oz yurtiga sadoqat tuygusi bilan yashaydigan,Ozbekiston fuqarosi degan sharafli nomga har tomonlama munosib bolgan insonlarni tarbiyalash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Azizlarim, qadrdonlarim!

Bugun mana shu hal qiluvchi vazifalarni chuqur anglagan, ularni amalga oshirish uchun jonbozlik korsatib mehnat qilayotgan, chinakam fidoyi muallimlar, oqituvchi va domlalar safi tobora kengayib borayotgani ertangi kunga bolgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi.

Shular haqida gapirganda, bir fikrni mamnuniyat bilan takidlashni istardim: mustaqillik yillarida samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan vatandoshlarimiz orasida oqituvchi va murabbiylar soni kopchilikni tashkil etishi, hech shubhasiz, el-yurtimizning siz, azizlarga bolgan yuksak hurmat va etiborining amaliy ifodasidir.

Sizlarning masuliyatli xizmatingizni munosib qadrlash, faoliyatingizni yangi bosqichlarga kotarish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasi bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning doimiy etibor markazida boladi, deb siz, azizlarni ishontirib aytishga bugun toliq asoslarimiz bor.

Barchangizni qutlug ayyom Oqituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, baxtu saodat, ezgu ishlaringizda yangidan-yangi yutuq va omadlar tilayman.

Doimo sog-omon boling, umringizdan baraka toping, mehribon ustozlar!

Islom Karimov,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: