O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.04.2012

Odamlar ishonchini oqlash kerak

O‘zMTDPning ayrim mahalliy Kengashlardagi deputatlari buni unutayotgan korinadi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolarning xohish-irodasini royobga chiqarish, manfaatlari mustahkam himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan.

Siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivoj topishida faol ishtirok etish, oz dasturiy maqsadlarini royobga chiqarish orqali elektorat manfaatini samarali himoya qilishda kop jihatdan deputatlarga suyanadi.

Deputat — el ishonch bildirgan odam. U faol va tashabbuskor bolsa, jamiyatda demokratik tamoyillar qaror topadi, elektorat undan minnatdor boladi. Bu orinda mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga ham katta vazifalar yuklangan.

Ular hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatini atroflicha organishi, elektoratni oylantirayotgan masalalarga mahalliy hokimlik va mutasaddi idoralar etiborini qaratishi, ayni paytda, ularning yechimi boyicha taklif bildirishi, tashabbus korsatishi lozim.

Ammo ayrim siyosiy partiyalarning mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari mahalliy ijro hokimiyati etiborini mavjud muammolarga qaratmayapti, nomiga ishlashdan nariga otmayapti. Oqibatda joylarda Davlat va mahalliy rivojlanish dasturlari ijrosi boyicha tizimli nazorat yolga qoyilmayapti, xato va kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladigan takliflar ishlab chiqilmayapti.

Bunga Romitan tuman Kengashiga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan deputatlar faoliyati misol bola oladi. Tuman Kengashida mazkur partiya vakillari 5 nafarni tashkil etadi. Ular otgan yil davomida OzMTDPning Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, elektoratni oylantirayotgan muammolarni hal qilish boyicha hech qanday tashabbus korsatmadi.

Malumotlarga kora, otgan davrda tuman Kengashining 12 ta sessiyasi bolgan. Ularda tumanni rivojlantirish bilan bogliq turli masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan. Mazkur qarorlarda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish, xususan, aholini ish bilan taminlash va boshqa tegishli davlat Dasturlari ijrosiga alohida etibor qaratilgan.

Ammo OzMTDP deputatlik guruhi hududdagi partiya elektorati muammolarini organish, doimiy komissiyalar va sessiya muhokamasiga olib chiqishda sustkashlikka yol qoydi. Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga deputatlik guruhi yetarli etibor qaratmayotganini qanday izohlash mumkin?

Malumki, OzMTDP Saylovoldi dasturida partiya milliy hunarmandchilikning barcha turlarini, servis sohasini rivojlantirishga alohida etibor qaratishi belgilangan. Biroq deputatlik guruhi bu borada amaliy ish qilmayapti. Vaholanki, mazkur tuman aholisi ortasida azaldan zardozlik, tikuvchilik, kashtachilik, duradgorlik bilan shugullanib kelayotgan kishilar oz emas. Amaliy mehnatning bu turlari bilan band bolganlar qollab-quvvatlansa, ularga yetarli imkoniyatlar yaratib berilsa ham aholi turmush farovonligi ortadi, ham koplab kishilar ish bilan band boladi va bu qadim kasb-hunar yanada rivoj topadi.

Zero, shuni ham aytish kerakki, Milliy tiklanish demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol va tolaqonli ishtirok etishi, aholi farovonligi va daromadi osishini taminlash uchun kishilarni ish bilan taminlash muammolarini hal etishning tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlari va mexanizmlarini takomillashtirish vazifalari ham belgilab qoyilgan. Ammo yuqoridagi tahlillardan korinib turibdiki, OzMTDP deputatlik guruhi bu borada etirof etishga munosib birorta amaliy ishini korsata olmaydi.

Shu orinda tuman Kengashiga rahbarlik qilayotgan OzLiDeP azosi M.Olimovning deputatlik guruhlariga talabchanligi yetarli emasligini ham inkor etib bolmaydi. Chunki tuman Kengashi sessiyalarini tahlil qilganimizda, boshqa siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining faoliyati ham talab darajasida emasligi malum boldi.

Agar deputatlik guruhlari faol ishlasa, tabiiyki, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar rivojiga katta hissa qoshadi, tuman ahli ishonchi va hurmatini qozonadi. Buning uchun esa talab va masuliyatni oshirish kerak boladi.

Gulruh ODAShBOYeVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: