O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.04.2012

Mantiq tarozisi

yoki O‘zXDP Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan otkazilgan, elektoratimiz manfaatiga xizmat qilgan tadbirga «adolatchi»larning noxolis yondashuvi haqida

Fuqarolarning davlat boshqaruvida keng ishtirok etishini, aholi turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarining ozaro muvozanatda bolishini koppartiyaviylik tizimisiz ta’minlash mumkin emas.

Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar ham oz zimmasiga ana shunday yuksak va masuliyatli vazifani olgan. Buning uddasidan chiqish uchun siyosiy partiya aniq amaliy ishlar bilan shugullanishi, ozaro bahs-munozarada xolis, asosli fikr yuritishi talab etiladi. Biroq Adolat gazetasining 2012 yil 30 mart sonida elon qilingan XDP: kecha demokrat, bugun sotsial-demokrat va liberal. Ertaga-chi? sarlavhali maqoladagi asossiz va mantiqsiz qarashlar kishini taajjubga soladi.

Maqolada takidlanishicha 1995 yilda tashkil etilgan Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi sotsial demokratiya mafkurasini oz goyaviy qarashi sifatida elon qilgan bolsa, yaqin paytlargacha ozini sol qanot partiya deb hisoblab kelayotgan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi ham sotsial-demokratiya goyasini keyingi paytlarda dadil ilgari sura boshladi.

OzXDP tashkil etilgan 1991 yildayoq ijtimoiy siyosat yuritishni ustuvor vazifa etib belgilagan. Keyinchalik koppartiyaviylik sharoitidan kelib chiqib, oz Dasturida aholining ijtimoiy komakka muhtoj qismi manfaatini himoya etishni aniq-ravshan belgilab olgan. Shu manoda muallifning Xalq demokratik partiyasi sotsial demokratiya goyasini keyingi paytlarda dadil ilgari surayotgani haqidagi sozlari haqiqatdan mutlaqo yiroq. Aksincha, OzXDPning bu boradagi qarashlari keyinchalik aynan adolatchilar dasturida orin oldi.

Shuningdek, muallif XDP nashri sahifalarida kichik va xususiy biznesning himoyasiga bagishlangan maqolalarning kopayib ketganini rokach qilib, partiya kimning manfaati himoyachisi, deya jamoatchilik fikrini chalgitishga uringan. Va oz mulohazalarini asoslash uchun Surxondaryo viloyat partiya kengashi tashabbusi bilan Qumqorgon tumanida otkazilgan seminar misol qilib keltirilgan.

Agar masalaga chuqurroq yondashilsa, bu juda sayoz va yuzaki qarash ekani oydinlashadi. Ozbekiston XDP maqsadli ijtimoiy siyosatni, bu — aholining faqat kam taminlangan va ijtimoiy zaif qatlamlariga moljallangan siyosat, deb qaramaydi. Vaqtincha ishsiz yoshlar, bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashishga qiynalayotgan, oz mustaqil ishini yolga qoyishda yordamga muhtoj bolib turgan kishilarni ham qollab-quvvatlashni oz vazifasi, deb biladi.

Boringki, masalaga Adolat SDP nuqtai nazaridan qaraydigan bolsak ham OzXDP tadbirkorlik masalasini bosh masalaga aylantirayotgani mantiq tarozisining hech bir pallasiga togri kelmaydi.

Biz tashkil qilgan tadbirda 200 nafardan ziyod odam ishtirok etdi, deydi Qumqorgon tuman partiya kengashi raisi Mamarajab Nomozov. Ularning aksarini kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar, mahalliy Kengash raislari, mahalla fuqarolar yigini faollari, tuman kengashidan saylangan deputatlar va boshqa tegishli tashkilot mutasaddilari tashkil etdi. Bundan tashqari, qisman oilaviy tadbirkorlik borasida yetarli tajriba toplagan va partiyamiz azosi bolgan xayrixohlar ham qatnashdi. Adolatchilar masalaga adolatli yondashganlarida OzXDP viloyat kengashi tashkil etgan bu tadbir haqida yuzaki fikr yuritmay, uning mohiyati va natijasiga etibor qaratishgan bolar edi.

Bu boradagi fikrlarni yanada oydinlashtirish uchun mazkur seminarda qatnashgan elektoratimiz vakillaridan ayrimlarining sozlariga quloq tutaylik:

Kopdan beri Paynet xizmatini yolga qoyish uchun harakat qilardim, deydi Oqsoy qishloq fuqarolar yiginida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Parda Safarqulov. Ammo kimga murojaat qilishni bilmasdim. Xalq demokratik partiyasi faollari menga oxshash kishilarga yordam berayotganini eshitib, ularga murojaat qildim. Ochigi, boshida bu ishdan biron-bir naf chiqishiga ishonmagan edim. Biroq aynan shu partiyaning say-harakatlari bilan bugun 5 million som kredit olish huquqini beruvchi sertifikatni qolga kiritdim.

Yoshligimdan tikuvchilikka qiziqaman, deydi Qumqorgon iqtisodiyot kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Gavhar Abdusamatova. Shu bois bu hunarni astoydil organdim. Endi esa tikuvchilik sexi ochish niyatidaman. OzXDPning qollab-quvvatlashi tufayli menga Mikrokreditbank OATB tomonidan 1,5 million somlik imtiyozli kredit ajratiladigan boldi. Hozir oilam farovonligiga hissa qoshish imkoniyati paydo bolganidan quvonayapman.

Bizning hududda parrandachilik bilan shugullanish uchun qulay sharoit bor, deydi Boymoqli maishiy xizmat korsatish kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Davron Boriev. Shu manoda bugungi tadbir hayotimda muhim orin tutadigan boldi. Chunki, bu sohada oz faoliyatimni tashkil qilish uchun boshlangich sarmoya topish ilinjida edim. Ozbekiston XDP menga shunday imkoniyatni taqdim etdi. Partiyaga bolgan ishonchim yanada ortdi.

Adolatchilar maqolasidagi yana bir gapga etibor qarataylik: Eng yomoni, partiya faoliyatida quruq, balandparvoz shiorlar, tadbirbozlik hukmron bolayapti xolos. Zamonaviy siyosatshunoslar takidlaganlaridek, sol partiyalar ommaviy tadbirlar otkazishga moyilroq bolar ekanu, ilgari surayotgan taklif va tashabbuslarni amalga tatbiq etishga kelganda sustkashlikka yol qoyar ekan. Bu gaplarni qaysi zamonaviy siyosatshunos qayerda yoki qaysi asarida yozib qoldirganini bilmadigu, ammo hech qachon dunyodagi qaysidir yonalishdagi partiyalarga bir xil baho berish mantiqqa mutlaqo togri kelmaydi, deb oylaymiz.

Adolatdagi hamkasblarimiz ozi ham, nomi ham nomalum bolgan allaqanday zamonaviy siyosatshunoslar fikrini tavakkal qilib qollamasdan shundoqqina yonginasida faoliyat korsatayotgan XDPning amaliy ishlariga qarab, oz fikrini bildirsa maqsadga muvofiq bolardi.

OzXDP oz elektorati manfaatini himoya qilish, ularni har jihatdan qollab-quvvatlash uchun aniq va amaliy ishlar olib bormoqda. Partiyamiz Markaziy Kengashi tashabbusi bilan 2011 yilda hayotga tatbiq etilgan iqtisodiy forumlar elektoratimiz manfaatlarini taminlashda katta ahamiyat kasb etganini nafaqat elektorat vakillari, balki jamoatchilik ham etirof etmoqda.

Iqtisodiy forumlar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida tashkil etilgan bolsa, hozirda Mustahkam oila yili munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida Mahalla aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlash markazi loyihasi izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu loyiha doirasida ham ehtiyojmand oilalar, yolgiz keksalar va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga moddiy hamda manaviy komak berilmoqda, oilaviy biznesini yolga qoymoqchi bolgan kishilarga amaliy yordam korsatilmoqda.

Shu orinda savol tugiladi: Adolat SDP oz elektorati manfaati himoyasiga qaratilgan qaysi loyihasini misol qilib keltira oladi?

Bugun mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalib, ijtimoiy ongi oshib, demokratik jarayonlar tobora chuqurlashib borayotgan bir sharoitda siyosiy partiyalardan faqat amaliy ishlar talab etiladi. Amaliy ish kimnidir asossiz tanqid qilish, vadabozlik yoki majlisbozlik bilan belgilanmaydi. Aynan yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirish bilan elektorat manfaatini himoya qilish mumkin.

Dilshod NARZULLAYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: