O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.09.2015

BUGUNGI SINGAPUR RIVOJIDA

siyosiy partiyalarning muhim o‘rni bor

Oziga xos rivojlanish yoliga ega bolgan Singapur nafaqat Osiyoning, balki dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan joy olmoqda. Buni mamlakatning iqtisodiy jihatdan yuksalayotgani, shu bilan birga, demokratik jarayonlarning chuqurlashib borayotganida ham korish mumkin.

2015 yilning 11 sentabr kuni Singapur parlamentiga saylovlar bolib otdi. Singapur parlamenti bir palatali bolib, 89 deputatlik orni uchun 10 siyosiy partiya vakillari kurash olib bordi. Qoidaga kora, eng kop deputatlik mandatiga ega bolgan partiya mamlakat Bosh vaziri nomzodini ilgari suradi. Qiziq tomoni, mamlakat tarixida ilk marotaba parlament saylovi shanba emas, balki juma kuni tashkil etilib, shu kuni aholiga dam olish imkoni berildi.

Saylov kuni mamlakat boylab 823 saylov uchastkasi faoliyat korsatdi. Saylov uchastkalari 12 soat — ertalab 8:00 dan kechki 20:00 ga qadar ishladi. Saylovda 2,46 million saylovchi ovoz berdi. Mazkur mamlakat qonunchiligiga binoan, saylovlarda ovoz berish majburiy bolib, unda ishtirok etmagan saylovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu davlatda Xalq harakati partiyasi yetakchi siyosiy kuch hisoblanadi. Mazkur partiya 1965 yildan buyon hukumatni boshqarib kelmoqda. Uning yetakchisi amaldagi Bosh vazir Li Syan Lundir.

Ushbu partiya 1968 yildan to 1980 yilgacha parlamentdagi barcha orinlarni qolga kiritgan. Muxolif Ishchi partiyasi esa 1981 yildagina parlamentda deputatlik orniga ega bolgan. 2011 yilgi saylovda esa 6 orin bilan kifoyalangan.

Sotsial-demokratiya goyalarini ilgari suradigan Xalq harakati partiyasi 2006 yilgi saylovda 66,6 foiz saylovchilar ovozini qolga kiritgan bolsa, 2011 yilda bu korsatkich 60,14 foizni tashkil qildi.

2015 yil 11 sentabrda otgan saylov natijalari shuni korsatdiki, unda muxolif partiyalar orasidan eng kop orinni Ishchi partiyasi egalladi. Umumiy natijalarga kora, Xalq harakati partiyasi 69,86 foiz saylovchilarning qollab-quvvatlashiga erishdi.

Siyosiy ekspertlar Xalq harakati partiyasining galabasini ikki omil bilan boglashmoqda.

Birinchi omil bu mamlakat siyosiy hayotida yuz berayotgan voqea-hodisalar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bogliqdir. Shu yil bahorda Singapurning birinchi Bosh vaziri, 91 yoshli Li Kuan Yu ogir ahvolda shifoxonaga tushdi. Bu esa partiya tarafdorlari ortasida katta shov-shuvga sabab boldi. Ommaviy axborot vositalari uning ahvoli togrisida toxtovsiz malumotlar berib bordi. Misol uchun, yigirma yoshli rassom Lining katta portretini chizadi. Partiya tarafdorlari tomonidan mazkur portretga sobiq Bosh vazirning ismi 18 ming martadan koproq yoziladi. Mart oyida Li Kuan Yuning vafot etishi uning tongich ogli, amaldagi Bosh vazir Li Syan Lunning mamlakatdagi obrosi yanada oshib ketishiga sabab boldi.

Aynan sobiq Bosh vazirning olimi aholi, ayniqsa, partiya tarafdorlarini yanada jipslashtiradi. Bu esa partiyaning saylovlarda mutlaq yetakchi bolishga olib keldi.

Li Syan Lun oz Saylovoldi dasturida Singapurning keyingi ellik yillik rivojlanish strategiyasini ilgari surdi. Yana ellik yil davomida Xalq harakati partiyasi Singapurni yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishiga saylovchilarni ishontirdi. Ularga qarata «Hammasi siz uchun, Singapur uchun!» dedi u.

Ikkinchi muhim omil esa muxolif partiyalarning Saylovoldi dasturida muhim masalalar ilgari surilmaganligi, yetarli darajada targibot olib borilmaganidir. Siyosiy tahlilchilarning fikricha, ularning dasturida aniqlik va hayotiylik yetishmaydi. Ekspertlarning takidlashicha, singapurlik saylovchilar uchun ikki asosiy mavzu yogli non va migratsiya juda muhim ahamiyatga ega. Yogli non masalasi esa bevosita migrantlar masalasi bilan chambarchas bogliq.

Mamlakatda migrantlarning haddan tashqari kopligi natijasida mahalliy aholi juda kam maosh oladi. Bu ishsizlikning ortishiga sabab bolmoqda. Mazkur muammo qanchalik jiddiy ekanini raqamlar ham korsatib turibdi. Yani 2014 yilda Singapurda istiqomat qilayotgan kishilarning faqat 61 foizinigina mahalliy aholi tashkil etdi.

Ishchi partiyasi oz Saylovoldi dasturida mamlakatda yangidan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar otkazish kerakligini takidladi. Ishchi partiya nomzodlari saylovoldi kampaniyasi vaqtida kok rangli kiyimlarda ishtirok etishdi. Mazkur partiya barchaga tenglik goyasini ilgari surdi.

Xalq harakati partiyasi migrantlarning maoshlarini minimal darajada qisqartirish, shuningdek, xorijliklarning ishga kirishi va mamlakatda yashashini tartibga solishga qaratilgan goyalarni ilgari surdi. Ana shu siyosat natijasida koplab saylovchilar ularni qollab-quvvatladi.

Darhaqiqat, Singapur iqtisodiyotining osishi, aholi farovonligini taminlash bevosita migrantlarga cheklovlar qoyilishi bilan bogliq bolib turibdi. Bunday siyosat natijasida 2015 yilda mamlakat iqtisodiyoti 2-2,5 dan 4 foizgacha osishi kutilmoqda.

Umuman, saylov natijasi Xalq harakati partiyasini yanada ruhlantirdi, yangi-yangi goyalarga ilhomlantirdi. Saylovdan song Li Syan Lun saylovchilar ishonchi uchun oz minnatdorligini bildirib, saylovlar demokratik talablar asosida otganini qayd etdi. Biroq, muxolif partiya yetakchilarining qarashlari, tubdan boshqacha boldi. Ular saylov natijalaridan norozi ekanliklarini bildirishdi.

Qanday bolmasin, bugungi Singapur rivojini Xalq harakati partiyasisiz tasavvur qilib bolmaydi. Partiya saylovchilarga bergan vadalarini qay darajada bajara olganini keyingi saylov natijalari korsatadi.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: