O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.09.2015

AXBOROT XIZMATLARI RIVOJLANIB BORISHI ZARUR

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan aloqador tashkilotlar, YuNESKOning Ozbekistondagi vakolatxonasi va YeXHT loyihalari Koordinatori ofisi hamkorligida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish» mavzusida xalqaro seminar bolib otdi.

Unda Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti professori Devid Goldberg, Gretsiya parlamenti deputati yordamchisi, fuqarolik jamiyati bilan munosabatlarni rivojlantirish boyicha ekspert Dmitriy Makaraydis hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etilganidek, Ozbekistonda mustaqillik yillarida axborot sohasini jadal rivojlantirish, soz va fikrlash erkinligini ta’minlashning ishonchli kafolatlari yaratildi, qonunchilik bazasi mustahkamlandi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida qabul qilingan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Qonun bu borada alohida ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Seminar davomida axborot xizmatlarini takomillashtirishning huquqiy asoslari, amaliyotda ulardan samarali foydalanish masalalari boyicha zarur tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan davlat xizmati va boshqaruv organlari axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish boyicha takliflar bildirildi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: