O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
31.03.2012

Ragbat va etibor tashabbusga undaydi

«Turkiston» saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Tashabbus — 2012 korik-tanlovining yakuniy bosqichi bolib otdi

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan an’anaviy tarzda otkazib kelinayotgan Tashabbus korik-tanlovi mamlakatimizda kichik biznesni, fermerlik harakatini va hunarmandchilikni rivojlantirish, mazkur soha vakillarini har tomonlama ragbatlantirish, yangi marralar sari ilhomlantirishda muhim omil bolayotir. Mazkur tanlov xususiy sektor vakillari, fermer va hunarmandlarning yildan-yilga ortib borayotgan salohiyatini namoyon etish, eng yaxshi tajribasini keng ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

30 mart kuni Turkiston saroyida Tashabbus 2012 korik-tanlovining yakuniy bosqichi bolib otdi. Tadbir Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi, Fermer xojaliklari uyushmasi va Respublika Hunarmand uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda mazkur bellashuvning Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi goliblari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar safining tobora kengayib borayotgani, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va korsatilayotgan xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligi zamon talablari asosida oshayotgani tanlov nufuzini yuksaltirmoqda, eng faol tadbirkor va fermerlar, usta-hunarmandlar ortasida soglom raqobatni yanada kuchaytirmoqda.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, korsatilayotgan xizmatlar, hunarmandchilik buyumlarining korgazmasida ham bu jihatlar ozining yaqqol ifodasini topdi. Unda tadbirkorlarimiz tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan, jahon bozorida talab yuqori, qoshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar namoyish etildi. Fermer va hunarmandlarimiz mamlakatimiz qishloq xojaligida qayta ishlash sanoatining tobora ravnaq topayotgani, qadimiy ananalar asosida oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik rivojlanayotganini oz mahsulotlari orqali yaqqol namoyon etdi.

Korgazmada qatnashgan istemolchilar, xorijlik mehmonlar hamda tanlov hayati nafaqat ichki bozorda, balki eksportda ham yuqori salohiyatga ega bolib borayotgan tadbirkorlarimizning faoliyatiga yuksak baho berdilar.

Kichik biznes bozor konyunkturasiga tez moslashadi. Mamlakat iqtisodiyoti, odamlarning daromad manbai barqarorligini saqlashda, yangi ish orinlari yaratishda mazkur soha muhim orin tutadi. Xususan, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida, jahon bozorida raqobat keskinlashib borayotgan bir paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotimizning muttasil osishini taminlashda, xalqimiz hayotida ulkan ahamiyat kasb etmoqda.

Katta imkoniyat, imtiyoz va preferensiyalar berilayotgani mazkur soha rivojida kuchli ragbatlantiruvchi omil bolmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2011 yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, deb elon qilingani hamda maxsus Davlat dasturi amalga oshirilgani ushbu yonalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Tadbirkorlarning oz ishini tashkil etish bilan bogliq sarf-xarajatlari sezilarli darajada kamaytirildi. Davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik subektlari moliya-xojalik faoliyatiga aralashuvi keskin qisqartirilib, bu borada barcha huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Joriy yildan boshlab sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq tolovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilandi. Yangi tashkil etilayotgan kichik korxonalarni royxatdan otkazish paytidagi va undan keyingi tartib-qoidalar yanada soddalashtirilgani, tadbirkorlik faoliyati uchun 2 kun ichida tegishli ruxsat olish imkoniyati oz xususiy biznesini ochish niyatida bolgan har bir fuqaroga keng sharoit yaratmoqda.

Ushbu sektorga tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit resurslarining hajmi ham yil sayin oshmoqda. Bu zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, ichki va tashqi bozordagi ozgarishlarga tez moslashadigan xususiy tadbirkorlik sohasini taraqqiy ettirish, chekka qishloqlarda ham eng songgi modeldagi texnologiyalar bilan jihozlangan mini zavod va korxonalar tashkil etish imkonini berayotir. Natijada mazkur soha mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini taminlashga ham katta hissa qoshmoqda. Misol uchun, 2011 yilning ozida kichik korxonalarning eksport hajmi 2 milliard AQSh dollaridan oshdi, ularning yalpi eksportdagi ulushi 16,3 foizga yetdi.

Tashabbus korik-tanlovining bu yilgi tuman, shahar, viloyat bosqichlarida yetti ming nafardan ortiq mikrofirma, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonasi, fermer xojaliklari rahbarlari, hunarmandlar, xalq amaliy sanati ustalari ishtirok etdi. Ularning barchasi barqaror faoliyat korsatayotgan, yuqori korsatkichlarga erishib kelayotgan subektlardir.

Ozbekiston Savdo-sanoat palatasidan malum qilishlaricha, bu yilgi tanlovda ham import ornini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar, ozi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlashni yolga qoygan, chorvachilik va boshqa serdaromad sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan fermerlar kopchilikni tashkil etgan. Korik-tanlovning quyi bosqichlarida qatnashgan tadbirkor, fermer va hunarmandlarning aksariyati oz faoliyatiga zamonaviy, ilgor usullarni tatbiq etayotgan ishbilarmonlar ekani, ayniqsa, etiborga molik. Tanlov nominatsiyalari orasida yoshlarni ragbatlantirishga alohida etibor qaratilgani yosh ishbilarmonlar, tadbirkorlikni boshlayotgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini yangi tashabbuslarga undamoqda.

Tashabbus 2012 tanlovi goliblarining nomlari elon qilindi.

Ularga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinlari Spark avtomobillari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirkorlik bilan shugullanishimiz uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan ulkan imkoniyatlar yaratib berilayotgani bizning faoliyatimizda ham muhim omil bolmoqda, deydi Eng yaxshi tadbirkor yonalishida goliblikni qolga kiritgan Jizzax shahridagi Jizzax-Kuhinur xususiy korxonasi rahbari Xolisxon Boboeva. Ana shunday etibor samarasida mulkdor boldik, yurtimiz rivojiga oz hissamizni qoshyapmiz, oilamiz farovon. Korxonamiz pillani qayta ishlashga ixtisoslashgan bolib, bir necha turdagi adras, atlas va boshqa ipak mahsulotlarini ishlab chiqarmoqdamiz. Korxonamizda hozir 120 nafardan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Bundan tashqari, kollejlarni bitirgan ellik nafar qiz hunar organib, ishimizga yordam bermoqda. Kelgusida pillani yuz foiz qayta ishlab, eksportga yarim tayyor mahsulotlar chiqarmoqchimiz.

Fermerlik harakatining tobora rivojlanishi natijasida bugun fermerlar yetishtirgan mahsulotini qayta ishlamoqda, qishloqqa sanoatni olib kirmoqda. Tashabbus 2012 tanlovining Eng yaxshi fermer yonalishida bosh sovrinni qolga kiritgan Qarshi tumanidagi Baxt fermer xojaligi rahbari Ibrohim Xolyorov oz faoliyatini shu asosda tashkil etgan. Chorvachilikka ixtisoslashgan xojalikda 600 bosh qoramol parvarishlanib, sutni qayta ishlash yolga qoyilgan. Ayni paytda aholiga toqqiz turdagi sifatli sut mahsulotlari yetkazib berilayotir.

Eng yaxshi hunarmand yonalishida Fargona viloyati Rishton tumanida yashovchi hunarmand Mirzomasxar Akromov golib deb topildi. Hunarmand yaratayotgan ottiz turdan ortiq bejirim bezaklar berilgan kulolchilik mahsulotlari nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham mashhur.

Tashabbus 2012 tanlovi sovrindorlariga diplom hamda mukofotlar topshirildi. Qolga kiritilgan galaba ularga xalqaro tanlovlar, yarmarkalar, seminarlarda ishtirok etish huquqini, oz yonalishlari boyicha chet elda malaka oshirish imkoniyatini beradi.

Tashabbus 2012 korik-tanlovi golib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi sanat ustalari va yosh ijrochilarning konserti bilan yakunlandi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.Aripov sozga chiqdi.

Husniddin BERDIYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: