O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.03.2012

Qayta ishlash korxonalari

nafaqat fermer xo‘jaliklari, balki iqtisodiyot rivojiga ham xizmat qiladi. Lekin xalq deputatlari Yuqori Chirchiq tuman Kengashidagi OzLiDePdan saylangan deputatlar bunga yetarli e’tibor qaratmayapti

Mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yonalishlaridan hisoblanadi. Qishloq xojaligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, xususan, fermer xojaliklari tashkil etilgani va ularning rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoit ozining katta samarasini bermoqda.

«Qishloq xojaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan korgazma-savdosini otkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari togrisida»gi Qaror fermerlik harakatida muhim rol oynayapti. Unga kora, har yili qishloq xojaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Uzbekistan Agrominitech Expo xalqaro ixtisoslashtirilgan korgazma-savdosi otkazib kelinadi. Bu — fermerlar uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish, xarid qilish va ishga tushirishda qulay imkoniyat yaratmoqda.

Binobarin, fermer ozi yetishtirgan mahsulotni ozi qayta ishlashni yolga qoyishi, shu orqali qishloqqa sanoatni olib kirishi qanday ahamiyatga ega ekani va pirovardida aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bugun barchaga ayon haqiqat. Mazkur islohotlar ichki bozor talabini qondirish, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishda katta samara berishini hayotning ozi isbotlab turibdi.

Malumki, fermerlar manfaatini himoyalash, erkin faoliyat yuritishi uchun qulay muhit yaratish OzLiDePning ustuvor vazifalaridan biridir. Darhaqiqat, liberallar fermer ozi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlashni yolga qoyish, bunga partiya faollari jiddiy etibor qaratishi lozimligini kop takidlashadi. Ammo Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida bolib, liberallarning bu boradagi amaliy ishi bilan tanishganda, buning tasdigini kormadik.

Tumanda 314 ta fermer xojaligi faoliyat yuritmoqda. Tuman iqtisodiyoti rivojida ularning munosib orni bor. Afsuski, 314 ta fermer xojaligidan bor-yogi bittasida qayta ishlash korxonasi tashkil etilgan. Yani, Tano chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xojaligi uch yil oldin sutni qayta ishlash korxonasini ochgan. Fermer xojaligi rahbari Akrom Goziboev(siyosiy partiyaga azo emas)ning aytishicha, korxona ozining sayharakati va tuman hokimligi komagida tashkil etilgan. Bunga liberal partiyaning hech qanday aloqasi yoq. Ayni paytda, u yerda 80 nafardan ortiq yigit-qiz muqim ish orni bilan taminlangan.

Tumandagi Mahmudbey chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xojaligi sutni qayta ishlash korxonasini ishga tushirish arafasida turibdi. Uning rahbari Bahrom Rahimov(siyosiy partiyaga azo emas)ning qayd etishicha, bu jarayonda ozi tashabbus korsatgan, tuman hokimligi komak berayapti. Agar korxona ishga tushsa, 10 ta ish orni yaratiladi. Fermer xojaligi rahbari korxona tashkil etilishida OzLiDeP tuman kengashi faollari va deputatlaridan yordam olmagan.

Tuman Kengashidagi deputatlarning 12 nafari OzXDP, 10 nafari OzLiDeP va 2 nafari OzMTDPdan saylangan. OzXDP va OzLiDePdan saylangan deputatlar tashabbusi bilan tuman Kengashi sessiyalariga muayyan masalalar kiritilgan. Lekin negadir, OzLiDeP Saylovoldi dasturida qayd etilgan, Partiya faoliyatining ustuvor yonalishlaridan yana biri fermer xojaliklarini rivojlantirish, ular uchun zarur infratuzilmani shakllantirishga komaklashishdan iborat, degan vazifa boyicha mazkur tuman Kengashidagi liberal deputatlar guruhi tomonidan birorta ham amaliy ish qilinmagan. Fermer xojaliklarida qayta ishlash korxonalari tashkil etish masalasi qanchalik dolzarb bolishiga qaramay sessiyalarga birorta ham taklif kiritilmagan.

OzLiDeP Yuqori Chirchiq tuman kengashi raisi, deputatlik guruhi rahbari, tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Damira Yeshimbetova ozining deputatlik guruhi rahbari emasligini takidlab, fermerlikka oid masalada hech narsa bilmasligini aytdi. Sohadan xabari bor OzLiDeP tuman kengashi deputati Rustam Fozilbekovga murojaat qilganimizda, u tumandagi fermerlar ishtirokida tadbirlar va davra suhbatlari otkazilgani, ularda chorvachilik, meva-sabzavot yonalishlarida qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish masalasi kotarilganini aytdi. Lekin masala oxirigacha yetmagan, uning davomiyligi taminlanmagan.

OzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qomitasi bilan Ozbekiston Fermer xojaliklari uyushmasi ortasida (2005 yil, 22 iyun) tuzilgan ozaro hamkorlik togrisidagi Bosh bitimda fermerlar faoliyatiga ilgor texnologiyalarni joriy etish, mavjud infratuzilmalarni yanada rivojlantirish kozda tutilgan. Fermer xojaliklariga har tomonlama yordam berishni oz zimmasiga olgan OzLiDePning Yuqori Chirchiq tumanidagi vakillari esa buni unutgan korinadi. Shu orinda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, OzXDP azosi U.Atemov ham bu masalaga alohida etibor qaratishi, OzLiDeP deputatlik guruhiga talabchanlikni oshirishi lozim, deb oylaymiz.

Bugun har bir hududda siyosiy partiyaning, deputatlik guruhlarining oz sozi, aniq taklifi, tasir kuchi bolmasa, elektorat ishonchini oqlash, jamiyatga foyda keltirish togrisida gapirish noorin boladi. Zero, mamlakatimizda kechayotgan demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida oldimizda turgan yuksak vazifalar siyosiy partiyalar zimmasiga ulkan masuliyat yuklamoqda. Oz navbatida odamlar ham siyosiy partiyalarga katta ishonch va talab bilan qaramoqda. Ana shuning ozi siyosiy partiyalar yanada faol, tashabbuskor bolishi, koproq amaliy ishlar bilan shugullanishini talab etadi.

Elmurod EGAMQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: