O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.09.2015

OZBEKISTON XITOY: HAMKORLIK STRATEGIK SHERIKLIK ASOSIDA IZCHIL RIVOJLANMOQDA

PEKIN, 2 sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Anvar SAMADOV xabar qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2 sentabr kuni Pekin shahriga keldi.

Pekin shahrining «Shoudu» xalqaro aeroportida mamlakatimiz Prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan song Ozbekiston delegatsiyasi ozi uchun ajratilgan Dyaoyuytay qarorgohiga yol oldi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari XXR Raisini Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Galabaning 70 yilligi bilan tabriklab, Xitoy xalqi bu galabaga ulkan hissa qoshganini ta’kidladi.

— Ushbu shonli sanada Sizni va Siz orqali butun Xitoy xalqini tabriklash menga katta mamnuniyat bagishlaydi. Istilochilarga qarshi kurashib, koplab qurbonlar va katta yoqotishlar evaziga Ikkinchi jahon urushining yakunlanishiga salmoqli hissa qoshgan insonlar xotirasi oldida bosh egamiz. Bu galaba bugun dunyoda haqli ravishda munosib orin egallagan yangi Xitoy davlatining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratgan, dedi Islom Karimov.

XXR Raisi davlatimiz rahbarini Xitoyga tashrifi bilan qutlab, taklifini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Siz bilan yana bir bor uchrashib turganimdan goyat xursandman. Fursatdan foydalanib, Sizni va dost Ozbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashgan Ozbekiston xalqi Xitoyga dardkash bolgan, xalqimizni qollab-quvvatlagan. Biz buni hech qachon unutmaymiz va bugungi ozaro hamkorligimizni goyat qadrlaymiz, dedi Si Szinpin.

Ozbekiston va Xitoy munosabatlari strategik sheriklik darajasiga kotarilgan. Ozaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qurilish, ilm-fan, talim, madaniyat sohalarining barcha yonalishlarini qamrab olgan. Mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalar Strategik sheriklik ornatish togrisidagi qoshma deklaratsiya, Dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma, Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qoshma deklaratsiya kabi qator muhim hujjatlar asosida izchil taraqqiy etmoqda.

Mamlakatlarimiz hamkorligi rivojida Islom Karimov bilan Si Szinpin ortasidagi yaqin dostlik, ozaro hurmat va ishonch muhim orin tutmoqda. Ikki davlat rahbarlari muntazam uchrashib, ozaro aloqalarni mustahkamlash va yanada kengaytirish borasida fikr almashib kelmoqda. XXR Raisi 2013 yil sentabr oyida Ozbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Davlatimiz rahbari 2014 yil avgust oyida davlat tashrifi bilan Xitoyda boldi. Islom Karimov va Si Szinpin joriy yil iyul oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti doirasida Ufa shahrida ham uchrashdilar.

Pekinda otgan oliy darajadagi muloqot chogida tomonlar ozaro munosabatlarning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Mamlakatimizda Xitoy bilan hamkorlikda qator yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Orta Osiyo Xitoy gaz quvuri, Angren Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi, Navoiy, Jizzax va Angren industrial zonalarida yolga qoyilgan ishlab chiqarish quvvatlari samarali hamkorlikning yorqin namunalaridir. Yurtimizda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan besh yuzdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

Ozaro tovar ayirboshlash hajmi izchil osmoqda. Bu korsatkich songgi 6 yilda 3 karra ortib, 2014 yilda 4,7 milliard AQSh dollariga yetdi. Joriy yilning birinchi yarmida ozaro savdo aylanmasi 11,7 foiz osdi.

Islom Karimov Xitoy bilan hamkorlikni yuksak qadrlashini, ozaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini takidladi.

Si Szinpin Xitoy Ozbekistonni istiqbolli strategik sheriklaridan biri deb bilishini, ozaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Tomonlar Ozbekiston bilan Xitoy ortasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga doir keng kolamli masalalar, ozlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentimiz Islom Karimov bayram tantanalari munosabati bilan Xitoyga taklif etilgan mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari 3 sentabr kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Galabaning 70 yilligiga bagishlab Pekinda otkaziladigan tantanali marosimlarda qatnashadi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: