O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.09.2015

Ajdodlar xotirasi unutilmaydi

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida xalqimizning sha’ni, qadr-qimmati, g‘urur-iftixori, manaviyati va milliy qadriyatlarini qayta tiklashga alohida etibor qaratildi. Mustabid tuzum davrida qatagon qilingan yuzlab vatandoshlarimiz xotirasi abadiylashtirildi. Bunday savobli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2000-yili poytaxtimizning Bozsuv sohilida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui barpo etildi. Majmua tarkibida Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyi va shu nomdagi jamgarma tashkil qilindi. 2001-yildan buyon 31-avgustni Qatagon qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlash ezgu ananaga aylandi.

Ushbu majmua mustabid tuzum davrida zulm va tajovuz qurboni bolgan yurtdoshlarimiz xotirasiga korsatilgan ulkan ehtiromning yorqin ifodasidir. Bu yerda ajdodlari xotirasini yod etishga kelganlar, ayniqsa, yoshlar bugungi tinch va osoyishta, tokin va farovon hayotga qanday ogir yoqotishlar, sinovlar va mashaqqatlar evaziga erishganimizni anglaydi, tinchlikning, mustaqillikning naqadar buyuk nemat ekanini teranroq his etadi.

Ananaga muvofiq, 31-avgust tongida Shahidlar xotirasi xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yolida qurbon bolgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish marosimi otkazildi. Quron tilovat qilinib, qatagon qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Marosimda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Yurtboshimiz takidlaganidek, tarixiy xotirasiz kelajak yoq. Vatanimiz mustaqilligining 24-yillik shodiyonalari keng nishonlanayotgan shu kunlarda bugungi ozod va obod kunlarni orzu qilgan, shu yolda oz hayotini ham ayamagan ajdodlarimizning xotirasini yod etar ekanmiz, istiqlol tufayli yurtimizda tarixiy adolat qaror topganiga, xalqimiz otmishdan saboq chiqarib, buyuk kelajak sari dadil intilayotganiga, bunda tabarruk qadamjolar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekaniga yana bir bor amin bolamiz. Shunday farahbaxsh damlarda shu aziz Vatan barchamizniki, uni koz qorachigidek asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir, degan ezgu tuygu josh uradi.

Davlatimiz rahbari ulamolar, jamoatchilik vakillari bilan suhbatda tarixiy xotira, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar, el-yurtimiz hayoti, odamlarimiz turmush tarzi, ongu tafakkurida roy bergan ozgarishlar, jahonda va yaqin atrofimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat togrisida fikr yuritdi. Bugungi notinch zamon doimo ogoh, hushyor va sezgir bolishni talab qilishini alohida takidladi.

– Biz hayotdan doimo yaxshilik kutib, boshqalarga ham yaxshilik tilab yashaydigan xalqmiz, dedi Islom Karimov. Shuning uchun ham ertangi kunimizning bugungidan kora yorug, tinch va farovon bolishini orzu qilamiz, shu yolda ozimizni ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Barqaror taraqqiyot yolidan izchil qadamlar bilan borayotgan Ozbekistonimizning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari barchamizga haqli ravishda gurur va iftixor bagishlaydi. Biz qolga kiritgan ulkan natijalarni jahon hamjamiyati ham tan olmoqda. Ammo ana shunday yuksak marralarga osonlik bilan erishganimiz yoq. Bu yolda qanday ogir sinov va mashaqqatlarni yengib otishga, tunu kun tinmay fidokorona mehnat qilishga togri kelganini xalqimiz yaxshi biladi va munosib qadrlaydi.

Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli toqnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar ortasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bolayotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qoymaydi.

Bunday holatlarning kelib chiqish sabablarini, ularning fojiali oqibatlarini chuqur tushunib, anglab olish, keng jamoatchiligimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Diniy qadriyatlarning, ezgulik va insoniyatning dushmani bolgan yot goyalarning asl mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi marifat bilan kurashish, mana shunday tinch, musaffo osmon ostida bunyodkorlik mehnati bilan band bolib, shukrona keltirib yashayotgan olijanob xalqimizning tinch va farovon hayotini har qanday balo-qazolardan asrash eng asosiy vazifalarimizdan bolishi kerak, dedi Yurtboshimiz.

Bu borada Ozbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi tuzilmalari, imom-xatiblarning hayot bilan hamqadam bolib ish olib borishlari, oz faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson bugungi kunda dunyoda nima bolayotganidan xabardor bolib, xavf-xatarlardan ogoh bolib, ularning oldini olish, bartaraf etish uchun, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash yolida kurashib yashashi zarurligini hayotning ozi taqozo etmoqda.

Tinchlik ulug nemat. Mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikdan xotirjamlikka berilish, ogohlik va sezgirlikni yoqotishga mutlaqo haqqimiz yoq, dedi Islom Karimov. Bu yolda barchamiz, butun xalqimiz yanada jips bolib, hamjihatlikda harakat qilishimiz zarur. Zero, tinchlik uchun kurashish kerak, uni hech kim yaratib bermaydi.

Mustaqilligimizning 24-yillik ayyomi nishonlanayotgan qutlug kunda kopni korgan, mehnatkash, bagrikeng, olijanob xalqimizga tinchlik-omonlik tilayman, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bolsin, barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning ozi madadkor bolsin, dedi pirovardida davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Islom Karimov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoydi.

Davlatimiz rahbari Mustaqillik maydonini yanada obodonlashtirish, kokalamzorlashtirish zarurligini, buning uchun iqlimimizga mos daraxtlar, gullarni yanada koproq ekishga alohida etibor qaratish lozimligini takidladi.

Prezidentimiz Shaxmat boyicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-osmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini ham borib kordi. Milliy memorlik va zamonaviy arxitektura namunalarini uygunlashtirgan holda barpo etilgan bu inshootning xalqaro musobaqalar otkaziladigan zalida, umuman mazkur maktabda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ularni yanada takomillashtirish boyicha mutasaddilarga tavsiyalar berdi.

* * *

Shu kuni Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va jamoatchilik nomidan ham gulchambarlar qoyildi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: