O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.09.2015

Prezident Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma tort yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi sozi

Aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun mana shu go‘zal va muhtasham maydonda siz, aziz yurtdoshlarimiz bilan korishish, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni biz uchun eng ulug va eng aziz bolgan Ozbekistonimizning Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklash – men uchun katta baxt, katta sharafdir.

Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay ozgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bolib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bolib, farovon hayot barpo etish yolini ochib bergani bilan qadrli va motabardir.

Aynan mustaqillik toptalgan qadriyatlarimizni, dinu diyonatimizni, oru nomusimizni tiklash, ozligimizni anglash, xalqimizning orzu-intilishlariga, milliy manfaatlariga javob beradigan kelajagimizni qurish yolini ochib bergani bilan tariximizda abadiy saqlanib qolajak.

Aynan mustaqillik sharofati bilan mard va matonatli xalqimiz tarixan qisqa davrda amalga oshirgan olamshumul ishlar tufayli shahar va qishloqlarimizning, butun mamlakatimizning qiyofasi tobora ochilib, obod bolib borayotgani, aholimizning hayot darajasi va sifati yuksalayotgani, bugun Ozbekistonimiz zamonaviy davlatlar qatoriga kirayotgani ozingiz ayting, aziz dostlar, mustaqillikka erishmasdan turib, bunday marralarga yetish mumkinmidi?

Bunga javob bitta yoq va aslo yoq.

Bu fikrning yaqqol tasdigini avvalo bosib otgan yolimiz va mamlakatimiz qoygan qadamlarda korish, kuzatish qiyin emas.

Ozbekistonimiz iqtisodiyoti, jahon miqyosida hali-beri davom etayotgan inqirozga qaramasdan, istiqlol yillarida 5,5 karradan ziyod osgani, aholimizning real daromadlari jon boshiga 9-marta kopaygani, odamlarimizning ortacha umr korish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollar ortasida esa 75 yoshga yetgani hech kimni befarq qoldirmaydi, albatta.

Mamlakatimiz yer yuzidagi eng tez suratlar bilan rivojlanayotgan davlatlar orasida bugun beshinchi orinni egallagani va songgi on bir yil davomida yalpi ichki mahsulotimizning osish hajmi 8 foizdan yuqori bolib kelayotganining ozi barchaning havasi va hayratini uygotishi tabiiydir.

Bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy markazlarning oxirgi malumoti boyicha, Ozbekiston “Butunjahon baxt indeksi”da 158 ta mamlakat ortasida 44-pogonani, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi mamlakatlari orasida birinchi orinni egallagani barchamizga gurur-iftixor bagishlaydi va yangi ufqlarni zabt etishga undaydi.

Biz qolga kiritgan osish suratlari, erishgan marralar va ularga olib kelgan sabablar haqida albatta kop gapirishimiz mumkin. Lekin bu haqda soz yuritganda, bunday ulkan yutuqlarimizning eng muhim omili va mezoni borki, u ham bolsa, zamon ozgarishi bilan xalqimiz, odamlarimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri, huquqiy madaniyati, siyosiy faolligi, fuqarolik masuliyati va burchi yuksalib borayotganida namoyon bolmoqda.

Eng muhimi, biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab eski tuzumning qolip va aqidalaridan butunlay xoli bolgan, mustaqil fikrlaydigan, hayotga yangicha qaraydigan, buyuk ishlarga qodir kuch sifatida yosh avlodimizni tarbiyalashga qaratilgan mutlaqo yangi tizimni yaratdik.

Yurtimizda har yili 600 mingdan koproq zamon talabiga javob beradigan yosh mutaxassislar kamida ikki-uchta kasb-hunarni, chet tillarni, Internet va axborot texnologiyalarini, zamonaviy bilim choqqilarini egallagan, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor bolgan, kozi yonib turgan yigit-qizlarimiz bugun jamiyatimizning haqiqatan ham hal qiluvchi kuchiga aylanib, hayotga kirmoqda. Bizning eng katta suyanchimiz va tayanchimiz bolmish ana shunday yoshlarga, ana shunday beqiyos salohiyatga ega bolgan xalqni hech qachon oz yolidan qaytarib, yengib bolmaydi. Bunga barchamizning ishonchimiz komil.

Aziz dostlarim, yurtdoshlarim!

Hech kimga sir emas biz yurtimizda ozimizga xos, ozimizga mos hayot qurishda shoshma-shosharlik, kaltabinlik holatlariga, pala-partish ishlarga aslo yol qoymadik. Boshqalarga oxshab, marrani kim tezroq egallaydi, degan musobaqalarga qoshilmadik, ozgalardan nusxa olmadik, uzoqni kozlamaydigan maslahatchilardan yiroq boldik. Eng muhimi, oz taqdirimizga, kelajagimizga yengil-elpi qarab, taklif etilayotgan kreditlarga uchib, qarzga botganimiz yoq.

Bir soz bilan aytganda, biz haqiqatan ham Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun degan prinsipga amal qilib, maqsadimizga erishish uchun bosqichma-bosqich, evolutsion tadrijiy taraqqiyot yolini mahkam ushladik.

Chuqur va puxta oylangan, mashhur besh tamoyilga asoslangan, bugungi kunda jahon miqyosida ozbek modeli deb tan olingan strategik taraqqiyot dasturini ishlab chiqib, uni amalga oshirganimiz, hech shubhasiz, tariximizda ochmas iz qoldirishi muqarrar.

Aziz yurtdoshlar!

Biz oldimizga qoygan oliy maqsad, yani, taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasi va sifatini taminlash, xalqaro hamjamiyatda yuksak obro-etiborga sazovor bolish yolidagi ezgu niyat va orzu-intilishlarimiz barchamizga yaxshi malum, deb oylayman.

Shu bilan birga, hammamizga ayonki, biz yashayotgan XXI asr, tez suratlar bilan rivoj topayotgan globallashuv jarayonlari, intellektual mehnat va Internet hayotimizga chuqur kirib borayotgani, jahon bozorida raqobat kurashining miqyosi, keskinligi va beshafqatligi tobora ortib borayotgani bugungi kunda har qaysi davlat, har qaysi xalq oldiga ota muhim va dolzarb talablarni qoymoqda.

Bugun kimki, qaysi davlat ana shunday otkir talablarga itoat qilib, ularga hamohang bolib yashamasa, hech shubhasiz, bunday davlat jahon taraqqiyotining chekkasida qolib ketishi muqarrar. Ozbekistonimizda ham bunga yol qoyishga bizning hech qanday haqqimiz yoq, desam, oylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan bolaman. Chunki biz hech qachon hech kimdan kam bolmaganmiz va kam bolmaymiz, inshoolloh.

Shu borada bizning asosiy vazifamiz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotimiz va uning tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash, axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish hisobidaniqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirish, jahon bozorida ozimizga munosib orin egallashdir.

Bugungi kundaiqtisodiyotimizda tarkibiy ozgarishlar siyosatini amalga oshirish, sanoatimizni diversifikatsiya qilish,yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlari va yangi ish orinlarini tashkil etish bizning eng ustuvor, eng dolzarb vazifamiz bolishi darkor.

Konstitutsiyamizda muhrlab qoyilgan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadidabu sohaga toliq erkinlik berish, uning yolida gov bolib turgan barcha tosiq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotimizda davlat hissasini asoslangan darajaga qadar qisqartirishni bugun hayotning ozi talab qilayotganini barchamiz chuqur anglab olishimiz zarur.

Aziz dostlar!

Hozirgi kunda yaqin va uzoq atrofimizga nazar tashlaydigan bolsak, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar, toqnashuv va qon tokishlar, nizo va adovatlar kuchayib borayotganini, muxtasar aytganda, vaziyat goyat qaltis bolib, tobora murakkab va keskin tus olayotganini kormasligimiz mumkin emas.

Bunday ota tahlikali vaziyatda bizning olib borayotgan siyosatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida, xalqaro qonun va normalarda muhrlab qoyilgan asosiy prinsiplarga rioya qilish,yuzaga keladigan qarama-qarshilik va nizolarni zoravonlik bilan emas, faqatgina tinch va siyosiy yol bilan hal etishni, bugungi kunda dunyoning turli hududlarida davom etayotgan urush va qon tokish holatlarini sozsiz toxtatishni nazarda tutadi.

Yana va yana bir bor aytib otishni zarur deb bilaman:Ozbekiston hech qanday harbiy-siyosiy blokka qoshilmaydi, oz hududida chet el harbiy bazalarining joylashtirilishiga, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz tashqarisida bolishiga mutlaqo yol qoymaydi.Ozbekiston davlatining qonuni darajasiga kotarilgan bu tamoyillarni, ayni shunday chuqur oylangan yolni, shunday siyosatni biz uchun eng togri, eng maqul deb bilamiz va bu yoldan hech qachon qaytmaymiz.

Ilgari ham aytganman bizga, xalqimizga tinchlik va omonlik kerak. Bu ozbek xalqining istagi, bu ozbek xalqining maqsadi, bu ozbek xalqining qaroridir.

Biz boshimizdan kechirayotgan zamon barchamizdan avvalo ogoh va sezgir bolib yashashimizni, tinch va osuda hayotimiz uchun, musaffo osmonimizni himoyalash uchun kurashishimizni talab qiladi.

Shu maqsadda biz yaqin va uzoq qoshnilarimiz bilan til topishib, ozaro dostona munosabatlarni, mintaqamizda hamkorlik va hamjihatlikni yanada kuchaytirishni ozimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda ishtirok etayotgan, bizga yaqindan yordam va komak berib, hamkorlik qolini uzatib, doimo xayrixoh bolib kelayotgan xorijiy mamlakatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlarning vakillarini, barcha chet ellik mehmonlarimizni samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.
Azizlarim, qadrli yurtdoshlarim!

Bir haqiqat hech qachon xayolimizdan kotarilmasligini istardim. Biz yigirma tort yillik mustaqil taraqqiyotimiz davomida qanday ulkan yutuqlarga erishgan bolsak, turmushimiz yanada obod va farovon bolib, odamlarimizning hayotdan roziligi ortib borayotgan bolsa,buning negizida avvalo tinchlik va osoyishtalikni saqlab, azal-azaldan shunday fazilatlarni koz qorachigidek asrab, yosh avlodimizni ana shu ruhda tarbiyalab kelayotgan xalqimizning fidokorona mehnati, aqlu zakovati, mustahkam irodasi mujassamdir.

Bugun shu yuksak minbardan turib, siz, azizlarning nomingizdan, shaxsan oz nomimdan mehnatkash va bagrikeng, olijanob xalqimizga tazim qilishni ozim uchun ham qarz, ham farz deb bilaman.

Oilalarimizni, hayotimizni ezgulik va mehr nuri bilan charogon etib kelayotgan, dunyodagi eng gozal, munis ayollarimiz, opa-singillarimizga baxtu saodat, xonadonlariga fayzu baraka tilayman.

Mana shu muazzam maydonda jam bolgan siz yoshlarga, sizlar orqali yurtimizning barcha ogil-qizlariga, mening aziz farzandlarimga ozimning samimiy mehrim va chuqur ishonchimni yana bir bor bildirmoqchiman.

Ishonaman, barcha-barchangiz sizga mansub bolgan kuch-gayrat va qatiyat, izlanish va yana bir bor izlanish, zamonaviy bilim va tajribalarni ozlashtirish bilan oz oldingizga qoygan ezgu maqsadlarga albatta erishasiz, jamiyatimizda munosib va mustahkam orin egallaysiz.

Hech qachon bosh kelmang, aziz bolalarim, ertangi kun kelajak sizniki!

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Mana shu hayajonli, unutilmas damlarda sizlarni Vatanimiz mustaqilligining yigirma tort yillik bayrami bilan yana bir bor tabriklab, qalbimda, yuragimda bolgan eng gozal, samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning ozi qollasin, ozi madadkor bolsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bolsin!

Mustaqilligimiz abadiy bolsin!

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: