O'zb  
 
27.08.2015

Pamela SPRATLEN: OZBEKISTON AMALGA OSHIRGAN ISLOHOTLARI SAMARALARI BILAN FAXRLANSA ARZIYDI

O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qoshma Shtatlari ortasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil 19 fevralda ornatilgan. Ikki mamlakat hamkorligining huquqiy negizini oltmishdan ziyod hujjat, jumladan, 2002 yilda imzolangan Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari togrisidagi deklaratsiya tashkil qiladi. Uzoq muddatli va kop qirrali aloqalar teng huquqlilik, konstruktiv hamkorlik va ozaro manfaatdorlik ruhida izchil taraqqiy etmoqda.

Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligi arafasida OzA muxbiri Amerika Qoshma Shtatlarining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela SPRATLEN bilan suhbatlashdi.

– Spratlen xonim, suhbatimiz Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi arafasida otmoqda. Mamlakatimizda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar haqida nima deya olasiz?

Amerika Qoshma Shtatlari Ozbekiston mustaqilligini birinchilar qatorida tan olgan. Mamlakatimiz Ozbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini qollab-quvvatlaydi. Ozbekiston otgan 24 yil ichida mustaqil davlat sifatida amalga oshirgan islohotlari samaralari bilan faxrlansa arziydi.

Toshkent va Samarqand ortasidagi tezyurar temir yol aloqasi deysizmi, axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlar deysizmi yoki yosh avlodga ingliz tilini orgatishga qaratilayotgan e’tibor deysizmi, umuman, barcha sohalarda qolga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar Ozbekistonning barqaror rivojlanayotganidan dalolat beradi. Mamlakatingizda turli millat va konfessiyalar ortasidagi etnik va diniy bagrikenglikni mustahkamlash, shuningdek, xorijiy davlatlar, xususan, AQSh bilan dostona va ozaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ozbekiston bilan AQSh ortasidagi hamkorlik samaralari haqida oz fikringizni bildirsangiz.

AQSh bilan Ozbekiston ortasidagi hamkorlikning izchil rivojiga koplab misollar keltirish mumkin. Joriy yilning ozida mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida AQShdan koplab nufuzli delegatsiyalar Ozbekistonga tashrif buyurdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan Ozbekiston ortasida qishloq xojaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarini rivojlantirish va salohiyatini yanada oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Elchixonamiz va Toshkentdagi Amerika Savdo palatasi Ozbekiston bilan mustahkam savdo-iqtisodiy aloqalar ornatgan hamda mamlakatingizga sarmoya kiritish istagida bolgan AQSh kompaniyalarini qollab-quvvatlamoqda.

Fan va texnologiyalar sohasi ham AQSh bilan Ozbekiston ortasidagi hamkorlikni kengaytirishning eng istiqbolli sohalaridandir.

Ozbekistonda demokratiyani va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikringiz?

Demokratiya intihosi yoq, uzluksiz jarayon bolib, tub ozgarishlar vaqt talab etadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining azosi, BMTning demokratiya va fuqarolik jamiyatiga oid koplab konvensiyalarini imzolagan Ozbekistonda ushbu maqsadlarga erishish yolida olib borilayotgan islohotlarni qollab-quvvatlaymiz, bu boradagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyormiz.

Sud sohasidagi talimga oid aloqalarimiz faollashmoqda, amerikalik sudyalar va huquqshunos amaliyotchilar Ozbekistonda, ozbekistonlik mutaxassislar esa AQShda uchrashuvlar otkazmoqda. AQSh va boshqa xalqaro sheriklar hamkorligida Ozbekistonda odil sudlov tizimidagi islohotlarni yanada kengaytirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va sud tizimining ozaro hamkorligiga bagishlangan qator tadbirlar otkazildi.

Ozbekistonda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, iqtisodiy va ijtimoiy tashabbuslarni qollab-quvvatlashga qaratilayotgan etibor haqidagi fikringizni bildirsangiz...

Ozbekistonda oilaviy qadriyatlarga va xotin-qizlarning oilada tutgan orniga alohida etibor qaratiladi. Mamlakatingizda xotin-qizlar davlat va jamiyatning barcha sohalarida faol ishtirok etmoqda.

AQSh xalqi ham, Ozbekiston xalqi ham erkak va ayollar barcha huquq va qadriyatlardan teng foydalanishi lozim, deb hisoblaydi. Malumki, bu huquqlarni amaliyotga tatbiq etish oson jarayon emas. AQSh xotin-qizlari barcha sohalarda, biznes va talimdan tortib siyosat, tibbiyot va sportgacha bolgan tarmoqlarda ulkan muvaffaqiyatlarni qolga kiritgan. Ozbekistonga tashrif buyurishimdan kop otmay Xotin-qizlar qomitasida boldim. Mamlakatingizda xotin-qizlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishdim. Ozbekistonning xotin-qizlarning jamiyatdagi ornini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini qollab-quvvatlaymiz.

Ozbekistonda koplab xotin-qizlar bilan suhbatlashdim. Ular fan va texnika, sanat va madaniyat, siyosat va iqtisodiyot kabi koplab sohalardagi faoliyatiga oid ijobiy tajribasi va yutuqlari bilan faxrlanadi. Biz xotin-qizlar uchun yaratilgan bunday imkoniyatlarni yanada yaxshilash, ularning puxta talim egallashi va hayotdan tola zavq olishi yolida ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorimiz.

- (www.uza.uz) ?

Men doimiy boxabarlikka intilaman. Ozbekistonda otkazilayotgan tadbirlar va rasmiy malumotlardan xabardor bolish maqsadida mamlakatingizning rasmiy axborot manbai bolgan OzA veb-saytidan foydalanaman. Saytingizda yurtingizning barcha hududlaridan tezkor materiallar berib boriladi va muntazam yangilanib turadi. OzA professional va tezkor jurnalistlari bilan faxrlansa arziydi. Imkoniyatlaringiz va jurnalistlaringiz safi yanada kengayishiga tilakdoshmiz.

Ozbekiston xalqiga bayram tilaklaringiz.

Mamlakatingiz mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida AQSh xalqi va elchixonamiz xodimlari nomidan Ozbekiston xalqiga abadiy tinchlik, farovonlik, omad va omonlik tilayman.

Mustaqillik bayramingiz muborak bolsin!

OzA muxbiri

Nodira MANZUROVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: