O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.03.2012

Siyosiy partiyaning jamiyatdagi mavqei

uning amaliy ishlari bilan belgilanadi. Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashiga OzLiDePdan saylangan deputatlar buni yetarli anglamayotgan korinadi

«Deputat» sozi lotin tilidan tarjima qilinganda vakil etilgan degan ma’no anglatadi. Deputat, avvalo, unga ishonch bildirib saylagan odamlar manfaatini kozlovchi va himoya qiluvchi, ularning muammolarini organib, ijro hokimiyati idoralari oldiga masala taqdim etuvchi xalq vakilidir. Unga berilgan bu huquq va vakolat esa katta masuliyat hamdir.

Otgan yili tuman Kengashining 7 ta sessiyasi bolib otdi. Ularda hududni rivojlantirishga oid Davlat va mahalliy dasturlar ijrosi, bu borada qilingan ishlar, muhim masalalar muhokama qilindi.

Deputat doimiy komissiya yigilishlarida, sessiyalarda faol bolmasa, tashabbus korsatmasa, elektorat manfaatini munosib himoya qila olmasa, odamlar ishonchini, obro-etiborini yoqotadi. Bu oz navbatida, partiyaning mavqeiga ham salbiy tasir korsatadi. Buni Qorakol tuman Kengashiga OzLiDePdan saylangan 9 nafar deputat faoliyati misolida yaqqol korish mumkin.

Xosh, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qiluvchi OzLiDeP deputatlik guruhi sessiyalar kun tartibiga qanday masalalar kiritgan? Bu savol kimgadir noorin tuyulishi mumkin. Chunki 2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yilida OzLiDePning xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlik guruhi zimmasida juda katta vazifalar turganini izohlab otirishga hojat yoq. Demak, liberallar oz elektorati manfaati bilan bogliq koplab takliflarni ilgari surgan, Davlat va mahalliy dasturlar ijrosi boyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli chora-tadbirlarni korgan bolishi kerak.

Afsuski, OzLiDeP deputatlik guruhi sessiyalarga otgan yili bironta ham masala kiritmadi. Vaholanki, tumanda OzLiDeP elektoratini oylantirayotgan muammolar oz emas. Tabiiy savol tugiladi: shunday ekan liberallar nega sukut saqlamoqda? Yoki ular ishlab chiqaruvchilar faoliyatini yanada kuchaytirish, tadbirkorlarni qollab-quvvatlash borasida berilgan vadalarni unutdimi?

Malumki, aksariyat tumanlarda 2009-2012 yillarga moljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar sessiyalarda muhokama qilingan, tegishli chora-tadbirlar belgilangan. Ammo Qorakol tuman Kengashidagi OzLiDeP deputatlari hatto bu borada ham tashabbus korsatmagan. Partiyaning saylovoldi Dasturida esa 2009-2012 yillarga moljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi bajarilishida partiyaning faol ishtiroki tadbirkorlik tuzilmalarining mavjud zahiralardan foydalanishlarini yanada koproq ragbatlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash asosida mahsulot tannarxini arzonlashtirish hamda sifatini yaxshilash, eksport salohiyatini ostirish boyicha yangi tashabbuslarning ilgari surilishini kozda tutadi, deb belgilangan.

Dunyo tajribasidan malumki, har bir siyosiy partiya oz goyaviy dasturi, ayniqsa, saylov oldidan bergan vadalarini qay darajada bajarishi uning jamiyatda tutgan ornini belgilaydi. Odamlar siyosiy partiyaning vadasiga qarab emas, amaliy ishlariga qarab baho beradi. OzLiDeP deputatlari ana shu oddiy haqiqatni anglab yetmayotgan korinadi...

Tahlillar shuni korsatadiki, Xalq deputatlari tuman kengashiga OzXDPdan saylangan deputatlik guruhi 2011 yil 30 dekabrda bolib otgan sessiyaga Tumanda 2011 yilda ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturida belgilangan parametrlar bajarilishini taminlash boyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi haqidagi masalani kiritgan. Unda rejalashtirilgan ish orinlarining ochilishi bilan bogliq masala atroflicha korib chiqilgan. Sessiyada mavjud kamchiliklarni yechishga qaratilgan qaror qabul qilingan. Bundan tashqari bir nechta masalalar tegishli doimiy komissiyalar yigilishida muhokama etilgan.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi goyalarini amalga oshirish boyicha partiyamizning 2011-2014 yillarga moljallangan Harakat dasturida Qorakol tumanida kasanachilikni keng joriy qilish, shu orqali aholi bandligini oshirishga komaklashish vazifasi belgilangan.

Tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi tomonidan bu boradagi ishlar monitoring qilinib, uning xulosalari partiya faollarining yigilishida deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilingan. Ammo buning amaliy natijasi sezilayotgani yoq.

Chunki masalani yigilishda korib chiqish bilangina cheklanilgan. Kamchiliklarni bartaraf etish, kasanachilikni rivojlantirish boyicha aniq takliflar ishlab chiqilmagan. Agar xalq deputatlari tuman Kengashida OzXDPdan saylangan deputatlar 13 kishini tashkil etishini hisobga oladigan bolsak, qilingan ishlar hali talab darajasida emasligi oydinlashadi. Bunday imkoniyatga ega bolgan deputatlik guruhi yil davomida mahalliy kengash sessiyasiga birgina masala kiritganini qanday izohlash mumkin?

Shu orinda xalq deputatlari tuman Kengashiga rahbarlik qilayotgan OzXDP azosi M.Nomonovning deputatlik guruhlariga talabchanligi yetarli emasligini ham inkor etib bolmaydi. Agar deputatlik guruhlari faol ishlasa, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar rivojiga katta hissa qoshishi mumkin. Buning uchun ularning faoliyati talab darajasida bolishi kerak.

Shahnoza YuSUPOVA,

OzXDP Markaziy Kengashi Matbuot xizmati katta referenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: