O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.08.2015

Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish eng oliy saodatdir kitobining taqdimot marosimi

Shu yil 12-avgust kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobining taqdimot marosimi bolib otdi. Unda siyosatshunos, iqtisodchi va huquqshunos olimlar, ta’lim-tarbiya, adabiyot, sanat va madaniyat namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, nuroniylar, mahalla, xotin-qizlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov qisqacha kirish sozi bilan ochdi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida otgan anjumanda mazkur kitobning nashr etilishi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, manaviy-marifiy hayotida beqiyos ahamiyatga molik ulkan voqea ekani alohida takidlandi.

Malumki, 2015-yil 29-mart kuni yurtimizda milliy va xalqaro huquq normalari, demokratik tamoyillar asosida Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga bolib otgan saylovda saylovchilarning 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Islom Abduganiyevich Karimovga ovoz berdi. Bunday yorqin galaba Islom Karimovning davlat rahbari sifatida Ozbekiston mustaqilligini taminlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yolidagi beqiyos xizmatlarining yuksak etirof etilgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarning xalqimiz tomonidan har tomonlama qollab-quvvatlanayotganini tasdiqlaydi.

Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish eng oliy saodatdir kitobidan davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi yigirmadan ziyod uchrashuv va anjumanlarda bildirgan eng muhim, konseptual ahamiyatga molik goya va fikr-mulohazalari orin olgan.

Tadbir ishtirokchilari bu keng qamrovli kitobda mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib otgan murakkab, ayni vaqtda sharafli tarixiy yoli oz ifodasini topgani, bugungi kunda hayotning ozi oldimizga qoyayotgan eng dolzarb va otkir savollarga chuqur va haqqoniy javob berganini alohida takidladilar.

Bolib otgan fikr almashuvlarda ushbu toplam bilan tanishgan kitobxon undan orin olgan barcha fikr-mulohazalarni ozaro uzviy boglab turadigan asosiy fazilat bu Vatanimiz istiqloliga fidoyilik, shu zamin, shu xalqning farovonligi va baxtu iqboli, yorug kelajagi uchun har qanday sinov va mashaqqatlarga tayyor turish, shu ulug maqsadlarga erishishni oliy saodat, oz hayotining mazmuni deb biladigan inson ozbek davlatining asoschisi, betakror shaxs, ulkan davlat arbobining bezovta va bedor qalbi, yurak harorati, keng tafakkuri, mustahkam iroda va etiqodi ekani etirof etildi.

Taqdimot marosimida Ozbekiston Milliy universiteti rektori, filologiya fanlari doktori Sh.Sirojiddinov, iqtisod fanlari doktori, professor A.Sodiqov, Oliy Majlis Senati azosi, Ozbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Ozbekiston ovozi gazetasi bosh muharriri S.Ostonov, Toshkent davlat sanat va madaniyat instituti prorektori, tarix fanlari doktori, professor A.Mavrulov, Ozbekiston Mahalla xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi J.Inogomov, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Amir Temur fermer xojaligi rahbari N.Rahmatullayev, Ozbekistonda xizmat korsatgan artist J.Piyazov va boshqalar kitobda davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga moljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravshan belgilab berilganini, ilm-fan, talim-tarbiya, madaniyat va sanat, sport kabi ijtimoiy sohalarni barqaror rivojlantirish, yurtimizdagi har bir hudud va mintaqa taraqqiyotini yangi bosqichga kotarishga doir yangi reja va ustuvor loyihalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va qarama-qarshiliklar, turli tahdidlarning oldini olish, Ozbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi togrisidagi qarashlar har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilinganini qayd etib, ortaga qoyilgan goyat muhim va dolzarb masalalarning mohiyati xususida atroflicha fikr bildirdilar.

Uchrashuvda xalqimizning tafakkur xazinasini boyitishga ulkan hissa bolib qoshilgan bu kitob mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini izchil davom ettirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan keng kolamli islohotlarni amalga oshirish borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan belgilab berishi bilan barchamiz uchun dasturilamal bolib xizmat qilishi alohida takidlandi.

Tadbirda mamlakatimizning istiqlol tarixini teran idrok etish, yurtdoshlarimizni ijtimoiy faollikka undash, yangi-yangi marralar sari ruhlantirishda beqiyos ahamiyatga ega bolgan Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish eng oliy saodatdir kitobini chuqur oqib-organish, uning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boyicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: