O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.08.2015

ITALIYA: KOPPARTIYAVIYLIKKA ASOSLANGAN TIZIM

jamiyatning yanada rivojlanishiga keng yo‘l ochadi

Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bolsak, mamlakatni izchil taraqqiy ettirish, ijtimoiy barqarorlikni taminlash, aholining turmush darajasini yuksaltirishda siyosiy partiyalar faoliyatiga keng orin berilganiga guvoh bolamiz. Italiyadagi siyosiy jarayonlarni kuzatar ekanmiz, bu fikr yana bir oz isbotini topganini koramiz.

Italiya qonunchiligiga kora, siyosiy partiyalar faqat mamlakat hududida tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ushbu davlat Konstitutsiyasida siyosiy partiya — bu fuqarolarning kongilli birlashmasi bolib, demokratiya asosida milliy siyosatni amalga oshirishga komaklashadi, deya belgilangan.

Umuman olganda, Italiyada siyosiy partiyalarning paydo bolishi XIX asrning ortalariga borib taqaladi. Dastlab, 1849 yilda konservatizm goyalarini ilgari surgan «Ong» va 1861 yilda liberal qarashlar tarafdori Sol partiya tashkil etiladi. Dastlabki on besh yil davomida mamlakat siyosiy hayotida Ong partiyasi yetakchilik qiladi. 1876 yilga qadar barcha parlament saylovlarida mazkur partiya goliblikni qolga kiritib kelgan. Ammo osha yili muddatidan oldin otkazilgan parlament saylovida Sol partiya parlamentda kopchilik orinlarni egallaydi va bu hukmronlik chorak asr davom etadi. Bu ikki siyosiy partiya ortasidagi kurash 1919 yilda yakunlanadi. Birinchi jahon urushidan song ushbu partiyalar ozaro birlashdi. Bugun ham Italiyadagi siyosiy partiyalar ana shu ikki partiyaning ananalarini ozida saqlab qolgan.

2013 yildagi parlament saylovida 25 siyosiy partiya ishtirok etdi. Bundan korinib turibdiki, mamlakatda koppartiyaviylikka keng yol ochib berilgan. Umuman, Italiyada 50 ga yaqin katta-kichik siyosiy partiyalar faoliyat korsatadi. Biroq mamlakatdagi yirik siyosiy partiyalar parlamentda mutlaq kopchilikni tashkil eta olmagan. Shu bois ular parlamentda koalitsiya tuzishga majbur bolgan. Italiya qonunchiligiga binoan fashistik goyalarni targib etuvchi tuzilmalarni tashkil etishga yol qoyilmaydi.

Bugungi kunda mamlakatdagi eng yirik siyosiy kuchlardan biri Italiya Demokratik partiyasi hisoblanadi. Uning saylov jarayonlaridagi ishtirokiga etibor qaratadigan bolsak, 2008 yil muddatidan oldin bolgan parlament saylovida quyi palata uchun 12 092 998, Senatdagi orinlar uchun esa 11 042 325 ovoz toplaydi. Shunday qilib, mazkur siyosiy partiya parlament quyi palatasidagi 630 orindan 246, Senatdagi 315 orindan 132 tasini qolga kiritdi. Partiya Saylovoldi dasturida asosan kuchli ijtimoiy siyosatni yolga qoyish, barqaror siyosat olib borish goyasini ilgari suradi.

Songgi 2013 yildagi saylovlar natijasiga kora, partiya Umumiy manfaat koalitsiyasini tashkil etadi. 24-25 fevral kunlari otkazilgan saylovda partiya Deputatlar palatasi uchun saylovchilarning 25,42 foiz ovozini olib, 292 oringa ega boldi. Senat uchun esa saylovchilarning 27,4 foiz ovozini olib, 105 ta orinni qolga kiritib, shu orqali oz goyalarini hayotga tatbiq eta boshlaydi.

2014 yil 13 fevralda partiya tizimida islohotlar otkazish, uning goya va mafkurasini takomillashtirish maqsadida yangi yetakchi saylanadi. Osha yilning 22 fevralidan buyon Matteo Rensi partiyaga yetakchilik qilib kelmoqda.

Matteo Rensi partiya rahbarligiga kelgach, bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. U asosan qonunchilikka qator ozgartishlar kiritishga harakat qildi. Xususan, saylovga oid yangi qonun loyihasini taqdim etdi. Uni koalitsiya toliq qollab-quvvatladi. Oppozitsiyaning qarshiligi esa hech narsa keltirmadi. Qizgin davom etgan kurashlardan keyin 2015 yilning 15 mayida mamlakat prezidenti saylovga oid qonunni imzoladi.

Bundan tashqari, Demokratik partiya tarafdorlari Italiyaning mehnat qonunchiligiga ham bir qator ozgartish va qoshimchalar kiritish taklifini berdi. Tahlilchilar tomonidan mazkur qonunlar mamlakat hayotida muhim orin tutishi taxmin qilinmoqda.

2015 yil 2 iyun holatiga kora, Demokratik partiyaning Deputatlar palatasidagi fraksiyasi azolari 309 nafarni tashkil etib, unga Roberto Speransa rahbarlik qiladi. Senatda esa Luiji Zanza rahbarlik qiluvchi 113 kishidan iborat fraksiya faoliyat yuritmoqda.

2014 yil 25 mayda Yevroparlamentga bolgan saylovlarda mazkur partiya Italiya uchun ajratilgan 73 orindan 31 tasini egallashga muvaffaq boldi.

Demokratik partiyaning tashkiliy tuzilishiga etibor qaratadigan bolsak, uning oliy organi Milliy Kengash hisoblanadi. Partiya hayotiga oid muhim masalalar aynan Milliy Kengashda muhokama etiladi. Shuningdek, partiyaning hududiy bolimlari ham mavjud bolib, viloyat, tuman va kichik hududlar miqyosida faoliyat yuritadi.

Partiyada yoshlar tuzilmasi tashkil etilgan. U Yosh demokratlar deb nomlanadi. Yosh demokratlar partiyaning barcha darajadagi tuzilmalarida faoliyat yuritadi.

Agar etibor qaratilsa, butun dunyoda siyosiy partiyalarning tuzilishi bir-biriga oxshab ketadi. Ammo jamiyat hayotida ularning orni turlichadir. Biz Italiyadagi mazkur partiya faoliyati bilan tanishib, shunday xulosaga keldik: siyosiy partiya mukammal shakllansa, jamiyat hayotida oz tasir kuchiga ega bolsa, mamlakatga daxldor strategik masalalarni hal etishda ishtirok etsagina, saylovchi ishonchini qozona oladi.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: