O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.08.2015

OZBEKISTON PREZIDENTINING YANGI KITOBI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobi Ozbekiston nashriyoti tomonidan kopming nusxada chop etildi.

Ma’lumki, 2015 yil 29 mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqea — Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bolib otdi. Har tomonlama yuqori saviyada, muqobillik asosida otgan bu saylov mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yolida muhim, hal qiluvchi bosqich bolib, xalqimizning oz kuchi va salohiyatiga bolgan ishonchi naqadar mustahkam ekani, uning siyosiy-huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi, Vatanimiz taqdiri uchun daxldorlik hissi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Konstitutsiyamiz, milliy va xalqaro huquq normalari, demokratik tamoyillar asosida otkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Islom Abduganiyevich Karimovga ovoz berdi. Bunday yorqin galaba, hech shubhasiz, Islom Karimovning davlat rahbari sifatida Ozbekiston mustaqilligini taminlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yolidagi beqiyos xizmatlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarning xalqimiz tomonidan yuksak etirof etilgani va yakdillik bilan qollab-quvvatlanganidan dalolat beradi.

Ushbu kitobdan davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi 20 dan ziyod uchrashuv va anjumanlarda, jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati azolari bilan uchrashuvlarda, ikkala palataning qoshma majlisida, Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisida, Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi Homiylik kengashining yigilishida, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston liberal-demokratik partiyasining VII syezdida, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylovchilari vakillari bilan uchrashuvlarda, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi nutq va maruzalarida, shuningdek, 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida bildirgan eng muhim, konseptual ahamiyatga ega goya va fikr-mulohazalari orin olgan.

Davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga moljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravshan belgilab berilgan ana shu chiqishlarda mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga kotarish, uning iqtisodiy qudratini oshirish, ijtimoiy sohalar talim-tarbiya, ilmu fan, sogliqni saqlash, madaniyat va sanat, sport tizimini izchil rivojlantirish, ayollar, keksalar va yoshlarimiz uchun yanada qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish, har bir hudud va mintaqani ravnaq toptirishga doir yangi reja va ustuvor loyihalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va qarama-qarshiliklarning mohiyati, turli tahdidlarning oldini olish, Ozbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi togrisidagi qarashlar har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilingan.

Mazkur toplamning bosh goyasini quyidagi sozlarda mujassam bolgan eng muhim ozak fikr tashkil etadi: Biz otgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, Kecha kim edigu bugun kim boldik? degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini ozimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda Ertaga kim bolishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? degan savol ustida oylashimiz, nafaqat oylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim.

Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib otgan tarixiy yoli teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va haqqoniy javoblar berilgani nashrning qimmatini yanada oshiradi.

Ushbu kitobni mutolaa qilar ekanmiz, har bir masalaga xalqimizning milliy manfaati va yana bir bor milliy manfaati nuqtai nazaridan yondashish, teran qiyosiy-tahliliy mushohada, tarix, zamon va kelajakni bir butun dialektik hodisa sifatida korish, har qanday mavzuda joshqin bahs va muloqotga tayyorlik bularning barchasi mustaqil ozbek davlatining asoschisi, dunyo miqyosida tan olingan yirik davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning siyosiy uslubiga xos bolgan yorqin xususiyatlar ekaniga ishonch hosil qilamiz.

Ijtimoiy-siyosiy, manaviy-marifiy hayotimizda beqiyos ahamiyat kasb etadigan mazkur kitob hozirgi va ertangi kunimizning eng ustuvor yonalishlarini ozida mujassam etib, yangi va yaqin tariximizning hali biz tola anglab yetmagan koplab qirralarini kashf etishda, jamiyatimizning taraqqiyot falsafasini, mamlakatimiz va xalqimiz kelajagi, uning ravnaqini belgilab berishda, ayniqsa, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim dasturilamal bolib xizmat qilishi shubhasiz.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: