O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.07.2015

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 iyul kuni Oqsaroyda «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyasi raisi Susumi Xosoini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston bilan Yaponiya ortasida turli sohalarda samarali hamkorlik yolga qoyilganini ta’kidladi. Yaponiyaning yuqori texnologiyali yetakchi kompaniyalari bilan ozaro manfaatli sheriklik munosabatlari izchil kengayib bormoqda.

Toshkentda Ozavtosanoat aksiyadorlik kompaniyasi va Isuzu Motors Ltd. ortasida Yaponiyaning ushbu kompaniyasi SamAvto masuliyati cheklangan jamiyati tasischilari tarkibiga kirishi togrisida bitim imzolandi.

Mazkur bitim Ozavtosanoat va Isuzu Motors Ltd. kompaniyalari ortasidagi uzoq muddatli hamkorlikning mantiqiy davomidir.

Tomonlar SamAvto masuliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ishlab chiqarilayotgan mashinalar turini yangilash va kopaytirish, mahalliylashtirish kolamini kengaytirish, Yaponiyaning ilgor ishlab chiqarish texnologiyalarini yanada keng joriy etishga kelishib oldi.

Ozavtosanoat va Isuzu Motors Ltd. ortasidagi hamkorlik 2007 yilda yolga qoyilgan. Yaponiyaning mazkur kompaniyasi osha yili SamAvto masuliyati cheklangan jamiyatining texnologik sherigi sifatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, orta ogirlikdagi yuk mashinalari va boshqa texnikalar uchun shassi va dvigatellar yetkazib berishni boshladi. Otgan vaqt davomida Isuzu Motors Ltd. agregatlari bazasida 10,2 ming avtobus va 11,5 ming yuk mashinalari, jumladan, 2014 yilda 1,2 ming avtobus va 2,6 ming yuk mashinasi ishlab chiqarildi. Tabiiy gazda ishlaydigan yuk mashinalarining yangi modellarini ishlab chiqarish ozlashtirilgani hamkorlikni rivojlantirishning muhim bosqichini tashkil etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va ozaro manfaatli boshqa masalalar muhokama etildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: