O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.07.2015

Samimiy qutlovlar

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident
Janobi Oliylari!

Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Sizga va mamlakatingiz xalqiga men va rafiqam Mishel Amerika xalqi nomidan eng yaxshi tilaklarimizni yollaymiz.

Butun dunyo musulmonlari qatori bizning kop sonli va faol amerikalik musulmonlar jamoasi ham Ramazon oyi davomida ma’naviy-ruhiy yangilanish va sidqidildan ado etilgan amallar orqali Yaratganga yanada yaqinroq bolishga intildi.

Bu oy iymon-etiqod tufayli anglab yetiladigan, oz vaqtini yaqin kishilar davrasida otkazish, nochor va muhtojlarga yordam qolini chozish, aqlu zakovat va tinchlik haqida fikr-mulohaza yuritish damlari boldi. Shu bilan birga, bu oyda roza tutish va ibodat ananalari bizning barchamiz ezozlaydigan umumbashariy qadriyatlarni yodga soldi.

Kirib kelayotgan yil Sizga shodlik va quvonch, farovonlik va baxt olib kelsin. Hayitingiz muborak bolsin!

Samimiyat ila,

Barak Obama,
Amerika Qoshma Shtatlari
Prezidenti

Shu jumladan:

Singapur Respublikasi PrezidentiToni Tan Keng Yam;

Birlashgan Arab Amirliklari PrezidentiShayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimiShayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Abu Dabi Amirligi Valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari bosh qomondoniShayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Iordaniya PodshohiAbdulloh Ikkinchi bin al-Husayn;

Omon SultoniQobus bin Said;

Misr Arab Respublikasi PrezidentiAbdulfattoh Said Husayn As-Sisi;

Eron Islom Respublikasi PrezidentiHasan Ruhoniy;

Turkiya Respublikasi PrezidentiRajab Tayyib Erdogan;

Turkmaniston PrezidentiGurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi PrezidentiIlhom Aliyev;

Tojikiston Respublikasi PrezidentiImomali Rahmon;

Qirgiz Respublikasi PrezidentiAlmazbek Atambayev;

Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibiIyad bin Amin Madaniy

yollagan tabriklarda davlatimiz rahbariga mustahkam sogliq, muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: