O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.07.2015

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-iyul kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi munosabatlar mustahkam strategik sheriklikka asoslangan bolib, ozaro hamkorlikning deyarli barcha yonalishlari boyicha izchil rivojlanib bormoqda.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston mazkur uchrashuvni ozaro manfaatli keng kolamli masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini berayotgan doimiy siyosiy muloqotlarning davomi, deb bilishini ta’kidladi.

Ozbekiston va Rossiya Prezidentlarining 10-iyul kuni Ufa shahrida bolib otgan muzokaralari ozaro munosabatlar rivojida muhim voqea bolgani qayd etildi. Oliy darajadagi uchrashuvlar chogida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi alohida ahamiyatga ega.

Ozbekiston va Rossiya hamkorligidan ikki mamlakat ham birday manfaatdor. Iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, shubhasiz, kopqirrali ozaro muloqotni yanada rivojlantirishning ustuvor yonalishlari hisoblanadi. Rossiya Ozbekistonning yirik savdo sheriklaridan biridir.

Suhbat chogida dolzarb xalqaro muammolar, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari ham korib chiqildi.

Ozbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining Ufa shahrida otgan sammiti yakunlarini yuksak baholaydi. ShHTga navbatdagi muddatga raislik qiladigan Ozbekiston mazkur tashkilotga azo barcha davlatlar manfaatlariga mos keladigan kop tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantiradi va mustahkamlaydi.

Sergey Lavrov Ozbekiston Prezidenti Islom Karimovga samimiy qabul va ozaro hamkorlikning dolzarb masalalari hamda mintaqaviy muammolarni atroflicha muhokama etish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: