O'zb  
 
11.07.2015

SHHTNING UFA SAMMITI

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10 iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Sammitning asosiy tadbirlari 10 iyul kuni bolib otdi. ShHTga azo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti amaliy muloqot va mintaqaviy hamda global muammolarni samarali hal etish uchun qulay imkoniyat ekani takidlandi.

ShHTga azo mamlakatlar davlat rahbarlari majlisni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari, muloqot boyicha sheriklar va xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov oz nutqida tobora global tus olib borayotgan tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish masalalari boyicha oz mulohazalarini bildirdi.

Shiddat bilan ozgarib borayotgan hozirgi zamonning dolzarb muammolarini hal qilishda, xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlashda Shanxay hamkorlik tashkilotining tasiri va nufuzi oshib bormoqda. Bu ShHTga tolaqonli azo bolish, kuzatuvchilar va muloqot boyicha sheriklar qatoriga qoshilish istagini bildirgan davlatlar safi kengayib borayotganida namoyon bolmoqda va bu tabiiy jarayondir, dedi Islom Karimov.

ShHT Xartiyasi va tashkilotning barcha asosiy hujjatlarida mustahkamlangan hamda ShHT faoliyati boshqa davlatlarga qarshi yonaltirilmaganini taminlaydigan tamoyilga qatiy amal qilish va uni yanada mustahkamlash zarur.

Boshqacha aytganda, Shanxay hamkorlik tashkilotini harbiy-siyosiy alyansga aylantirmaslik, ShHTni tashkil etishdan kozlangan maqsad va prinsiplarga sodiq qolish va ularni yanada mustahkamlash darkor, deb takidladi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari Afgoniston muammosini harbiy yol bilan hal etib bolmasligini, uning yagona yoli — donor mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy va gumanitar yordamida va BMTning faol ishtirokida faqat tinch siyosiy muzokaralar otkazish, qarama-qarshi tomonlar ortasida ozaro kelishuvga erishish ekanini qayd etdi.

Ozbekiston qoshni sifatida Afgonistonga muntazam yordam berib kelmoqda, transport kommunikatsiyalarini barpo etish, aholini elektr energiyasi bilan taminlash loyihalarini amalga oshirmoqda, insonparvarlik yordamini yetkazib bermoqda.

Ozbekiston Afgoniston bilan munosabatlarni milliy manfaatlardan kelib chiqib, Afgoniston xalqi tanlagan yolni hurmat qilgan holda davom ettirmoqda.

Malumki, ShHTga raislik Ozbekistonga otdi. Shu munosabat bilan Islom Karimov Ozbekiston Respublikasi ShHT tashkil topganining 15 yilligi nishonlanadigan yilda tashkilotga raislik qilishdek masuliyatli vazifani zimmasiga olayotganini va bu, oz navbatida, istiqbolda kozda tutilgan rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda umumiy masuliyatni yanada oshirishini takidladi.

Ozbekiston tashkilotga rais sifatida mavjud ananalarga amal qilish, ShHTga azo mamlakatlar manfaatlariga mos keladigan hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, tashkilotning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish prinsiplariga qatiy rioya etadi.

Terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi birgalikda kurashishni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish, tashkilotga azo davlatlar iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish va ularning ijtimoiy taraqqiyotini taminlash tashkilot oldidagi dolzarb vazifa bolib qolaveradi.

Mintaqada barqarorlik va taraqqiyotning ishonchli kafolati sifatida ShHT rolini yanada mustahkamlash maqsadida unga azo mamlakatlarning ozaro hamkorligini kengaytirish, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, manfaatdor davlatlar bilan munosabatlarni izchil rivojlantirish chora-tadbirlariga alohida ahamiyat beriladi.

Ozbekiston ShHTga raisligi doirasida madaniy-gumanitar, ilm-fan va talim sohalarida samarali mintaqaviy hamkorlikni qollab-quvvatlashga doimiy etibor qaratadi, deb takidladi Islom Karimov.

Sammit yakunida Ufa deklaratsiyasi, ShHTni 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasi va 2016-2018 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boyicha hamkorlik dasturi qabul qilindi. Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish jarayonini boshlash, Belarus Respublikasiga kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal davlatlariga muloqot boyicha sherik maqomini berish boyicha qarorlar imzolandi.

Ozbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkilotining Ufa sammiti doirasida 10 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Tomonlar ozaro munosabatlarning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Islom Karimov keng kolamli Ozbekiston Xitoy munosabatlari ikki davlat rahbarlarining dostlik va ozaro ishonchga asoslangan muloqotlari negizida tobora rivojlanib borayotganini takidladi.

Xitoy bilan iqtisodiyot, transport kommunikatsiyalari, talim kabi qator sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Orta Osiyo Xitoy gaz quvuri, Angren Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi, Angrenda avtomobil va qishloq xojaligi texnikasi uchun shinalar hamda konveyyer lentasi ishlab chiqarish yolga qoyilgani muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin namunalaridir.

Tovar ayirboshlash hajmi songgi 6 yilda 3 karra ortgani etiborga molik. 2008 yilda bu korsatkich 1,5 milliard dollarni tashkil etgan bolsa, 2014 yilda 4,7 milliard dollarga yetdi.

Si Szinpin davlatimiz rahbarini joriy yil mart oyida bolib otgan Prezident saylovidagi galabasi bilan yana bir bor tabriklab, Ozbekiston xalqi Islom Karimov rahbarligida barcha sohalarda yanada katta yutuqlarni qolga kiritishiga ishonch bildirdi.

XXR Raisi Xitoy tomoni Ozbekistonda tibbiyot, talim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi islohotlarni qollab-quvvatlash uchun texnik yordam sifatida 350 million yuan miqdorida grant ajratganini malum qildi.

Uchrashuvda ShHT doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv Ozbekiston bilan Rossiya ortasida ittifoqchilik munosabatlari ornatilganining 10 yilligida otayotgani hamda hamkorlikning barcha ustuvor va istiqbolli yonalishlari boyicha fikr almashish uchun qulay fursat ekani takidlandi.

Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Mintaqaviy xavfsizlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ozbekiston va Rossiya ShHT va MDH doirasida faol hamkorlik qilayotgani qayd etildi.

Rossiya Ozbekistonning yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri ekanligi takidlandi. Mamlakatlarimiz ortasida tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib borayotir. 2014 yilda bu boradagi korsatkich 6 milliard dollardan oshgan.

Vladimir Putin Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasiga taklif etdi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ufa shahriga tashrifi yakuniga yetdi.

Matnazar ELMURODOV,

OzA maxsus muxbiri

Toshkent Ufa Toshkent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: