O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.07.2015

ENG MUHIM HUQUQ VA VAKOLATLAR

Mamlakatimizda siyosiy partiyalarning keng ko‘lamda faoliyat yuritishini ta’minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Jumladan, «Ozbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari togrisida»gi, Siyosiy partiyalar togrisidagi, Nodavlat notijorat tashkilotlar togrisidagi va yana boshqa qonunlar, meyoriy hujjatlar partiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mavqei, huquqlari hamda vakolotlarini kengaytirdi.

Bugungi kunda siyosiy partiyalarning eng muhim huquq va vakolatlari nimalardan iborat, deb oylaysiz?

Avaz SAIDOV, OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri orinbosari:

— Dastlab siyosiy partiya tushunchasi haqida toxtalib otsak. Qonunchiligimizga muvofiq, siyosiy partiya fuqarolarning qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuziladi. U davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini royobga chiqarishga intiluvchi hamda oz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi kongilli birlashmadir.

Siyosiy partiyalar togrisidagi qonunning 12-moddasida partiyalarning huquqlari belgilangan. Unga kora, siyosiy partiya oz faoliyati togrisidagi axborotni erkin tarqatishi, goyalari, maqsadlari va qarorlarini targib qilishi mumkin. Shuningdek, siyosiy partiyaning saylab qoyiladigan davlat organlaridagi oz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishi kafolatlangan.

Siyosiy partiyalar qonunda belgilab qoyilgan tartibda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda qatnashish huquqiga ega.

Qonunda belgilangan huquq hamda vakolatlarimiz haqida jamoatchilikka yanada kengroq tushuncha berishimiz, bu borada targibot ishlarini olib borishdan toxtamasligimiz kerak. Odamlar orasiga qanchalik chuqur kirib borsak, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirishga erishamiz, faoliyatimiz yanada jonlanadi.

Qahramon MIRZAYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Siyosiy partiya oz faoliyatini Konstitutsiyamiz hamda boshqa qonun xujjatlariga muvofiq, shuningdek, oz ustavlari asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar togrisidagi qonunda bu haqdagi meyorlar belgilab qoyilgan. Qonunda qayd etilishicha, siyosiypartiya oz faoliyati bilan bogliq yigilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni otkazish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari tasis etish yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish huquqlariga ega.

Bundan tashqari, partiyalar respublikamizda faoliyat yuritayotgan boshqa siyosiy partiyalar bilan ittifoq yoki blok tuzish, ular va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari ornatishi mumkin.

Siyosiy partiyalar togrisidagi Qonunning 141-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari viloyat hamda Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish huquqiga egadir.

Zilola UBAYDULLAYEVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: