O'zb  
 
07.07.2015

Ozbekiston Hindiston: hamkorlikni rivojlantirishning yangi imkoniyatlari

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 6-iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ozbekiston va Hindiston ortasidagi munosabatlar yuksak darajaga kotarilgani va ozaro hamkorlik xalqlarimizning kop asrlik dostona aloqalariga asoslanishi bilan ajralib turadi.

Ozbekistonda Hindistonni boy tarix va oziga xos madaniyatga ega mamlakat sifatida azaldan yaxshi biladi. Xalqimizni ushbu mamlakat bilan qadimiy madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar, eng muhimi, samimiy dostlik rishtalari boglab turadi.

Ozbek va hind xalqlari hamkorligining tarixi, adabiyoti, musiqasi, tasviriy san’ati va memorchiligi, ularning bir-birini boyitishi kop jihatdan buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bogliqdir.

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari Koksaroyda bolib otdi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimidan song Islom Karimov va Narendra Modi tor doirada muzokara otkazdi.

– Sizning Ozbekistonga ushbu dastlabki rasmiy tashrifingizni mamlakatlarimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea, Ozbekiston bilan Hindiston ortasida azaldan qaror topgan dostona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda yangi bosqich, deb bilamiz, dedi Islom Karimov.

Narendra Modi Ozbekiston Hindistonning Markaziy Osiyodagi eng ishonchli va muhim sheriklaridan biri va mazkur tashrif ozaro munosabatlarni yanada faollashtirish va yangi bosqichga kotarish uchun yaxshi imkoniyat ekanini takidladi.

Tomonlar dunyoda vaziyat shiddat bilan ozgarib borayotgani, qarama-qarshiliklar, keskinlik, global va mintaqaviy geosiyosiy raqobat avj olayotgani, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora keng tarqalayotganini va ushbu tahdidlar Markaziy Osiyo mintaqasiga bevosita yoki bilvosita tasir otkazayotgani inobatga olinadigan bolsa, bugungi muzokaralarning dolzarbligi yanada muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Ozbekiston bilan Hindiston ortasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha tahlil qilish eng dolzarb masalalardan biri bolib, Islom Karimov va Narendra Modi muzokaralarni aynan shu masalalarni muhokama etishdan boshladi. Ozbekiston Hindiston munosabatlarini foydalanilmagan imkoniyatlarni amalga oshirish, siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ozaro hamkorlikni yanada kengaytirish orqali yangi bosqichga kotarishga doir fikr almashildi.

Ikki mamlakatni birday tashvishga solayotgan mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar ham batafsil muhokama etildi. Xususan, Afgonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashinib, bu muammoni harbiy yol bilan hal etib bolmasligi haqida yakdil fikr bildirildi. Bu borada Afgonistonga iqtisodiy yordam korsatish, ijtimoiy, infratuzilmaviy va gumanitar loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligi muammosi, qashshoqlik va huquqsizlikka qarshi kurashish boyicha dolzarb vazifalarni hal etishga katta etibor qaratish, Afgoniston xalqining kop asrlik anana, urf-odat va qadriyatlarini hurmat qilish zarurligi qayd etildi.

Ushbu jafokash mamlakatda tinchlik va osoyishtalik ornatish mintaqamiz xalqlarining manfaatlariga mos kelishi, koplab umummintaqaviy maqsad va vazifalarga erishishning muhim omillaridan ekani takidlandi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan Afgonistonda tinchlik va barqarorlik ornatish nafaqat mintaqaviy hamkorlikni kengaytiradi va mustahkamlaydi, ayni chogda Hindiston va Markaziy Osiyo bozorlari ortasidagi masofani qisqartiradigan iqtisodiy foydali yonalishlarni ochib berish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Muhim mintaqaviy va global masalalarni hal etishda yondashuvlarning bir-biriga mos kelishi va oxshashligi tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasida ozaro hamkorligining ishonchli asosi ekani qayd etildi.

Mamlakatlarimiz BMT Bosh assambleyasi sammitlarida bir-birining tashabbuslarini, BMTning turli organlariga nomzodlarini qollab-quvvatlab, boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarda ozaro faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Ikki mamlakat ortasida parlamentlararo aloqalar ham yolga qoyilgan. Tashqi siyosat mahkamalari ortasidagi ozaro hamkorlik doirasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar otkazib kelinmoqda.

Ozbekiston bilan Hindiston ortasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asosi, avvalo, 2011-yilning may oyida imzolangan Strategik sheriklik togrisidagi qoshma bayonot keng kolamli yonalishlar, jumladan, har ikki tomon uchun manfaatli bolgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada faollashtirish borasida keng imkoniyatlar ochib berishi takidlandi.

Islom Karimov va Narendra Modi muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi boldi.

Savdo-iqtisodiy sohadagi ozaro hamkorlik masalalari Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiya majlislarida muntazam muhokama qilinmoqda. Islom Karimov va Narendra Modi mazkur komissiya ozaro manfaatli barcha yonalishlarda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmiga aylanishi lozimligini takidladilar.

Tomonlar har ikki mamlakatning davlat tuzilmalari va xususiy biznes vakillari tovar hamda xizmatlar yetkazib berishni yanada kopaytirish va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotning axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, farmatsevtika, biotexnologiya, yengil va kimyo sanoati kabi yuqori texnologiyali tarmoqlarida ozaro manfaatli qoshma korxonalar tashkil etish, shuningdek, uglevodorod konlarini qidirish va qazib olishdan manfaatdor ekanini qayd etdilar.

Ayni paytda Ozbekistonda Hindiston kapitali ishtirokida 82 korxona tashkil etilgan, ushbu mamlakatning 22 firma va kompaniyalari vakolatxonasi faoliyat korsatmoqda.

Ozaro savdo korsatkichlari osib borayotganiga qaramasdan (songgi tort yilda 2 barobar), Ozbekiston bilan Hindiston ortasida tovar ayirboshlash hajmi mamlakatlarimizning iqtisodiy salohiyati darajasida emas. 2014-yilda bu korsatkich 21,2 foiz osib, 315,9 million AQSh dollariga yetdi. Tomonlar iqtisodiy munosabatlar strategik sheriklikning asosi ekanidan kelib chiqib, tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va mahsulot turlarini diversifikatsiya qilishga, jumladan, savdo yarmarkalari va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali biznes vakillarining bevosita aloqalarini faollashtirishga kelishdilar.

Hindiston biznes vakillari Navoiy shahri aeroportidagi transkontinental intermodal logistika markazi imkoniyatlariga alohida qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda ushbu xalqaro markazdan dunyoning bir qator yetakchi mamlakatlariga, jumladan, Hindistonning Dehli va Mumbay kabi sanoat markazlariga muntazam reyslar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, «Jizzax», Angren maxsus industrial zonalari ham hindistonlik ishbilarmonlar etiborini tortmoqda.

Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish boyicha investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yonalish hisoblanadi. Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida Minda va Oliv Telekomyunikeyshn kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli hamkorlik bunga misol bola oladi.

Novafarm, Bravo Farm, Ultra Xels Kear va Gufik Avitsenna qoshma korxonalari farmatsevtika sohasida faoliyat korsatayotir.

Ozbekiston tayyor sanoat mahsulotlari, xususan, talab yuqori bolgan kimyoviy tovarlar, zamonaviy va yuqori samarali dori-darmonlar, shuningdek, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish boyicha qoshma loyihalarni amalga oshirishga yuqori texnologiyali kompaniyalarni jalb etishdan manfaatdor.

Sogliqni saqlash sohasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargona kabi shaharlarda hindistonlik shifokorlar kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, nefrologiya, onkologiya, gepatologiya, ortopediya va boshqa yonalishlarda doimiy tibbiy koriklar otkazmoqda, bemorlarga zarur maslahatlar bermoqda. Tibbiyot xodimlari ikki mamlakat klinikalarida ozaro tajriba almashmoqda.

Havo transporti sohasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim yonalishlardandir. Bugungi kunda “Ozbekiston havo yollari” milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Dehli va Amritsar shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.

Madaniy-gumanitar aloqalar ham faol rivojlanmoqda. 1993-yildan buyon Hindiston texnik-iqtisodiy komaklashish dasturi doirasida mingdan ziyod Ozbekiston mutaxassislari ushbu mamlakatda axborot texnologiyalari, ingliz tili, bank ishi, kichik biznes, menejment, qishloq xojaligi va boshqa yonalishlar boyicha malaka oshirdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida hind tili oqitilmoqda. 2008-yildan buyon mazkur institutda Maxatma Gandi nomidagi hindshunoslik markazi faoliyat yuritmoqda.

Dehli shahridagi Jamiya Milliya universitetida ozbek tili oqitilmoqda.

Bugungi kunda Ozbekiston oliy talim muassasalari Hindistonning ondan ortiq universitet va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qator institutlari Dehli, Mumbay, Puna shaharlaridagi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yolga qoygan.

Hindiston sanatkorlari Sharq taronalari xalqaro festivalida muntazam ishtirok etib kelmoqda. 2013-yilgi xalqaro anjumanda hindistonlik xonanda Rashmi Agarval Gran-prini qolga kiritgan.

Mamlakatlarimiz sportchilari Ozbekiston va Hindistonda otkazilayotgan turli musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Hindistonda ozbek milliy kurashi assotsiatsiyasi faoliyat yuritmoqda.

Muzokaralar yakuni boyicha Ozbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasining Qoshma bayonoti qabul qilindi. Turizm, tashqi siyosat mahkamalari ortasidagi hamkorlik boyicha hujjatlar, madaniyat sohasida 2015-2017-yillarga moljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Islom Karimov va Narendra Modi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari har tomonlama muhokama qilinganini, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilganini takidladilar. Korilgan barcha masalalar boyicha pozitsiya, qarash va yondashuvlar yaqin yoki oxshash ekani qayd etildi.

Ozbekiston va Hindistonda xalqlarimiz ortasidagi kop asrlik tarixiy, madaniy rishtalar bilan boglangan munosabatlar yuksak qadrlanadi. Ushbu tashrif davomida imzolangan Qoshma bayonot hamda hukumatlararo va idoralararo qator muhim hujjatlar turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyat ochadi.

Tomonlar Hindiston Bosh vazirining tashrifi, oliy darajadagi muloqotlar ozaro hamkorlik rivojiga kuchli surat bagishlashiga ishonch bildirdilar. Tashrif hamkorlikning barcha yonalishlarini qamrab olgan va uzoq istiqbolga moljallangan strategik sheriklik aloqalarini yangi bosqichga kotarishga xizmat qiladi.

Hindiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Anvar Samadov, OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: