O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.07.2015

TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH BORASIDA

Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro kelishuvi mintaqa rivojida muhim orin tutadi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan safaridan oldin mazkur tashkilot matbuot markaziga bergan intervyuni qisqartirilgan holda e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

— Bu Sizning Markaziy Osiyoga qilayotgan ikkinchi safaringiz boladi. Mintaqadagi davlat rahbarlari bilan uchrashuvlarda qanday masalalarda suhbatlashmoqchisiz?

2010 yilda Markaziy Osiyoga birinchi marta borgan edim. Bu galgi safarimdan kozlangan asosiy maqsad mintaqaning transchegaraviy muammolari, jumladan, ekologik, suv va energiya masalalarini hal qilish, narkotik moddalar savdosi hamda transchegaraviy jinoyatlarga qarshi harakatlarni qollab-quvvatlash, ushbu maqsad yolida mehnat qilayotganlarni ragbatlantirishdir.

Umid qilamanki, ozaro hamkorlik yuzasidan otkaziladigan suhbatlarimiz kutilgan natijani beradi. Mintaqa davlatlari koplab ustuvor masalalarning yechimi yuzasidan izlanishlar olib bormoqda. Aloqalar shu shaklda rivojlanishi tarafdoriman.

Bundan tashqari, mazkur davlatlarda Mingyillik rivojlanish maqsadi yolida qilinayotgan ishlarni, 2015 yildan keyingi ustuvor yonalishlarni muhokama qilishni rejalashtiryapman.

Kundan-kunga qurib borayotgan Orol dengizi mintaqada bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu dengiz bir paytlar jahonning tortinchi eng katta koli hisoblanardi. Songgi on yilda esa dengizning 70 foizi qurib boldi.

Bugungi kunga kelib mintaqada ijobiy ozgarishlar ham kuzatilmoqda. Men Osiyo-Kavkaz-Evropa transport aloqalari yolga qoyilishini va bu yerda savdo-sotiq ishlarining yanada kengayishining tarafdoriman. Bu mamlakatlar manfaatlariga xizmat qiladigan katta loyiha boladi.

Shuningdek, BMT tomonidan sentabr oyida otkaziladigan sammitda Markaziy Osiyo davlatlari faol ishtirok etishlaridan umidvorman.

Yana bir muhim masala bu iqlimning keskin ozgarishidir. Markaziy Osiyo davlatlari ham bundan aziyat chekmoqda. Orol dengiziga quyiladigan asosiy ikki daryodagi suv masalasi ham yechimini topgani yoq. Nima deb oylaysiz, mintaqa davlatlari mazkur muammoni yecha olishadimi?

2010 yilda Orol dengiziga borganimni, u yerdagi manzarani juda yaxshi eslayman. Mazkur halokat kecha boshlangani yoq. Uning tarixi ancha uzun. 60-yillarda dengiz qisqarishni boshladi, mavjud suvning 60 foizi yoqotildi va undagi tuz miqdori oshib bordi. Bu esa mintaqada iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi. Osha paytda Orolboyiga borishdan asosiy maqsadim iqlim ozgarishi borasida zarur siyosiy qaror qabul qilish, ushbu hudud aholisining xavfsizligini taminlash, mintaqaning rivojlanishiga hissa qoshish edi. Mingyillik rivojlanish dasturi asosida jahon hamjamiyati etiborini mazkur fojiaga qaratishni va uni bartaraf etish borasidagi harakatlarni qollab-quvvatlashni rejalashtirganmiz.

Markaziy Osiyoda iqlim ozgarishi oqibatida toglardagi muz qatlamlarining eriyotgani ham jiddiy muammo sanaladi. Mintaqaning asosiy suvi, xususan, Orol dengiziga borib quyilishi kerak bolgan suvlar mazkur muzlardan hosil boladi. Ushbu muzliklarning erishi juda katta ekologik fojiaga olib keladi, Orol dengizining qurishini yanada tezlashtiradi.

BMT songgi yillarda Markaziy Osiyoda iqlimning keskin ozgarishi va mahalliy aholining bunga konikishi yuzasidan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Bundan tashqari, BMT mintaqadagi davlatlar va xayrixoh bolgan tashkilotlar bilan iqlim ozgarishining oldini olish, mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan hamkorlik qilmoqda. Albatta, iqlim ozgarishidek katta muammoni bartaraf etishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda ish olib borish juda muhim.

Aslida iqlimning ozgarishi har birimizga tasir qiladi. Bu esa muammoni hammamiz birgalikda hal qilishimiz zarurligini anglatadi. Men mintaqa davlatlaridan boladigan qollab-quvvatlashni sabrsizlik bilan kutyapman. Shundagina iqlim ozgarishi borasida barchaning manfaatlari inobatga olingan kelishuvga erishishimiz mumkin.

Nima deb oylaysiz, transchegaraviy suv resurslaridan ozaro kelishuv asosida foydalanish va boshqarish masalasida hal qiluvchi qaror qabul qilish vaqti kelmadimi?

Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy suv resurslari bir-biriga bogliq. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va energetika masalalarida ham bu holat kuzatiladi. Shuni alohida takidlash joizki, bu resurslar cheklangan. Bu holat yaqin yillar ichida yanada ortishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotning osib borishi natijasida raqobat kuchayadi, turli kelishmovchiliklar roy beradi. Natijada transchegaraviy daryolar suvidan foydalanadiganlar manfaati toqnashadi.

Shu paytgacha bu borada hamma tomonni birday qoniqtiradigan kelishuvga erisha olganimiz yoq. BMT mintaqadagi davlatlar ortasida suvdan foydalanishda har tomonlama manfaatli kelishuvni taminlash borasida jiddiy ish olib bormoqda. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalasida Markaziy Osiyo davlatlarining ozaro kelishuvi mintaqa rivojini yanada tezlashtiradi. Aynan transchegaraviy daryolar borasidagi kelishuv taraqqiyotning muhim bosqichi bolishi shubhasiz...

Temur AZAM

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: