O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.07.2015

PREZIDENT BILAN UCHRASHUVLAR

qashqadaryoliklarni yangi marralar, buyuk bunyodkorliklar sari ruhlantirmoqda

Hisor tizma tog‘larining qor bosib yotgan choqqilaridan suv ichadigan Guzor tumani dashtlaridan otgach, yam-yashil daraxtlar guch osgan zangori kengliklarga yetib kelinadi. Bu – qadimiy va navqiron Qarshi shahri.

Qarshiga kirib kelganimizda, tong endi ota boshlagan edi. Aylanma yol orqali togri qadimiy koprik oldida toxtadik. Tarixiy manbalarda bu koprikni buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur qurdirgani bitib qoldirilgan. Shu joyda Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligining orinbosari Gayrat Uboydullayevni uchratdik.

— Bugun biz qashqadaryoliklarning qalbimiz faxr-iftixorga tola, deydi u hayajonini yashirmay. Yurtboshimiz har gal viloyatimizga kelganida mehrli gaplar bilan konglimizni kotaradi, yangi tashabbuslarga bizni ruhlantiradi, yangi-yangi takliflarni bildiradi. Bu gal ham shunday boldi. Togrisini aytsam, shahrimizni obod qilish davlatimiz rahbari viloyatda ishlagan kezlarida boshlangan. Qarshining qutlug 2700 yillik toyi munosabati bilan olib borilgan qurilishlar rejasini ham u kishi tuzib bergan. Masalan, bolalar bogi hududidagi eski bozor kochirildi. Natijada istirohat bogi kengaydi. Yoki Prezidentimizning Qarshi shahrini qayta qurish va obodonlashtirish boyicha qarorida shaharga oqar suv keltirish masalalari qamrab olingan edi. Natijada hozir Beshkent arigidan oqayotgan suv 6 mahalla yerlarini qondiryapti. Chap qirgoq, ayrim kanallaridan ham shaharga suv oqib kelyapti. Bu boglar, daraxtzorlar yashnaydi, hovlilarda noz ne’mat yetishtirish kopayadi, degani.

Boshqarmamizning oziga tegishli boglar 125 gektardan, yashil maydonlar 80 gektardan ortiq. Ayrim hisoblarga kora, shaharda 7,5 mingdan ziyod turfa daraxt osmoqda. Bu yilning ozida 33 ming dona daraxt va gul kochatlari otqazdik. Rejaga kora, shaharda 16 ta yangi maydon va xiyobon barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi chogida shahardagi ulkan qurilishlarni kozdan kechirib, amaliy maslahatlar berdi. Uzoqqa bormaylik, mana shu tarixiy koprik atrofida ham oziga xos dam olish maskani vujudga keladi.

Qurilishlar bilan tanishib bolgach, «Nuroniy» jamgarmasi viloyat Kengashi rahbari, OzXDPdan viloyat kengashi deputati Yanvar Inoyatov huzuriga bordik.

Odamlar qalbidagi quvonch sababini anglasa boladi, deydi Yanvar Inoyatov kayvonilarga xos vazminlik bilan. Chunki xalqimizning baxtli hayoti, shu jumladan, Qashqadaryo vohasining taraqqiyoti, Qarshi, Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarning kun sayin obod bolayotgani mamlakatimiz rahbarining etibori mahsuli ekanini qashqadaryoliklar yaxshi biladi. Prezidentimiz Qarshi shahridagi bunyodkorliklar bilan tanishgach, yangi yol-yoriqlar berdi. Songra Kasbi tumanidagi Kamol Sulton fermer xojaligi dala shiyponida dildan suhbat bolib otdi.

Rahbarimiz bugun Ozbekiston dunyoda jadal rivojlanayotgan 5 davlatdan bittasi ekanini aytganida, qalbimiz iftixorga toldi. Kim edigu kim boldik?, degan savol qoyilganda, men Dehqonobod tumani rahbari bolgan kezlarimni esladim. Esimda, viloyatga rahbarlik qilayotgan Islom Abduganiyevich chetdan kelgan bir mehmonni olib bordilar. Tuman iqtisodiy nochorlik botqogiga botgan, ozini-ozi taminlay olmas edi. Agar 50 ta shifer topsak, olib borishga transport izlab qolardik. Oshanda rahbarimiz uzoqni korsatib, Bu toglarni goyo odam tiklaganga oxshaydi. Ammo ularga inson qoli tegmagan. Men ishonaman bu toglar oz xazinasini ochadi, degan edi. Men uchrashuvda ana shularni xotirlab, aytib berdim. Shukrki, boshqa tumanlar qatori Dehqonobod ham bugun sanoati rivojlanayotgan, obod maskanlardan biriga aylanmoqda. Prezidentimizning istiqlol bayrami arafasida viloyatimizga tashrifi, bergan maslahatlari bizni yanada ulug bunyodkorliklarga davat etadi.

Kasbi tumanidagi uchrashuvda men ham qatnashdim, deydi Guzor tumanidagi Zarbdor QFY rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Rano Jonquvvatova. Ozim oliy malumotli agronomman. Sobiq ittifoq zamonida paxtachilik brigadiri edim. Ottiz yoshimda xalq deputati sifatida Moskvaga sessiyaga borgan edik. Islom Abduganiyevich viloyatdan saylangan deputatlarni Arbat kochasiga sayrga olib chiqdilar. Ayollar atlas koylaklarini kiyib olishgan edi. Shu jalb qildimi, bir guruh yoshlar bizni orab oldi. Tanishsak , ozimizning Fargona vohasidan oqishga kelgan yoshlar ekan. Ular Yurtimizning kelajagi qanday boladi?, deb savol berishdi. Shunda rahbarimiz Yurtimizning kelajagini oz qolimiz bilan barpo etamiz, degan edilar ishonch bilan.

Men istiqlol haqidagi Prezidentimizning fikrlarini oshanda eshitgan edim. Quvonchlisi, ulug orzularimizning royobini oz kozim bilan kordim. Yaratganga shukr. Men ana shular haqida gapirganimda, mamlakatimiz rahbari: Ha, osha uchrashuv esimda turibdi. Ozingiz yaxshimisiz, bolalaringizga salom ayting, toyga qachon yoqlaysiz, deb soradi. Bu insoniy sozlarni eshitib, qattiq hayajonlandim, quvonib ketdim. Nevaralarimning toyiga aytaman. Xalqimiz baxtiga omon boling, deya oldim, xolos.

Yurtboshimizning jamiyatda ayollarning orni, ularga gamxorlik haqidagi sozlaridan song, kozlarimga yosh keldi. Axir, men ham baxtli ayolman-ku. Istiqlolning ilk yillaridan boshlab qishloq fuqarolar yiginiga rahbarlik qilib kelaman. 2013 yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandim. Odamlar ishonch bildirib, viloyat Kengashi deputatligiga saylashdi.

Uchrashuvdan qalbim yangi-yangi orzularga tolib qaytdi. U kishining sozlari, ogitlarini saylovchilarimga, qishloqdoshlarimga yetkazaman.

Kasbi tumanidagi Kamol Sulton fermer xojaligi dalasida bugun ish qizgin. Boshoqlari donga tola gallazor mayin shamol epkinida ohista chayqaladi, bir tomonda kombayn ishlayapti. Fermer xojaligi rahbari, OzXDP azosi Shomurod Sultonov asli agronom, hozir 56 yoshda. U 2002 yilda 38 gektar yer olib ish boshlagani, hozir jami maydon 170 gektarga yetgani, 44 bosh zotli moli, 70 bosh qoyi, 4 bosh yilqisi borligi haqida tolqinlanib hikoya qiladi.

Davlatimiz rahbari shu joylarning egasi gapirsin-da, deganlarida rosa hayajonlandim, deydi Shomurod Sultonov kengliklarga xayolchan boqarkan. U kishi qiyinchiliklar, muammolar haqida soradilar. Togrisi, biroz oylanib qoldim. Nima qiyinchilik bor?.. Fermer xojaligimizda 32 kishi ishlayotgan bolsa, har birining daromadi oyiga bir million somdan kam emas. Otgan yili 5 kishi Chinozdagi sanatoriyga borib davolanib keldi. Paxta va galladan yuqori hosil olayapmiz. Esimda, 1960 yillarda latta jildga kitob-daftar solib maktabga borardik. Bugun yoshlarga qanday maktablar, kollejlar, oliy talim dargohlari yaratib berilgan. Katta oglim Oybekjon moliya institutini bitiryapti, Ulugbekjon Singapur institutining Toshkentdagi filialida talim olayapti. Farzandlarimga ikkita namunali uy olib berdim.

Prezidentimiz tashrifi bilan dalamiz, qalbimiz nurga toldi. Nasib etsa, bu yil ishlarimiz yanada barakali boladi...

Qamashi tumaniga, Qashqadaryo sohilidagi dalaga va oppoq rangga boyalgan daraxtzorlar bagridagi shiyponga yetib kelganimda, kun yonboshlay boshlagan edi. Bu Bozor ogli Abdi fermer xojaligining dalasi, 200 gektardan oshiq. Otgan yili shartnomadagi 124 tonna orniga 246 tonna don yetkazib berishgan edi. Bu yil ham rejani oshigi bilan uddalashibdi. Yana 65 gektar maydonda goza durkun osayapti.

Nima haqda gapirdingiz deysizmi? qayta soraydi fermer xojaligi rahbari, Ozbekiston Qaxramoni Abdumurod Bozorov shovullab oqayotgan daryo tomonga boqqancha. Shoro davrida shuncha ishlab qadr topmaganimizni gapirdim. Rahbarimizning nohaq qamalganlar oqlanishiga yordamlashgani, odamlar oilalari bagriga qaytganini esladim. Mustaqillik tufayli yer egasi bolganimizni, odamlarda yerga ham, mehnatga ham munosabat ozgarganini aytdim.

Bilasizmi, ana shu dalamizda Islom Abduganiyevich bir necha bor bolganlar. Bu safar yangi paxta navlarini yaratish haqida gapirdilar. Ayniqsa, u kishining yoshlarni munosib orinbosarlar qilib tarbiyalash haqidagi fikrlari meni hayajonga soldi. Shukrki, ogillarim Bekzod va Sherzod oliy malumotli agronom va chorva mutaxassisi, Baxtiyorjon mexanizator, Dilshodjon hosilot. Vaqti kelib, ular qolimdan ishimni olishadi, xalqimizga astoydil xizmat qilishadi. Yurtboshimiz zimmamizga qutlug vazifalarni yukladilar. U kishining har bir gapi bizga tengsiz ruh, jasorat va gayrat bagishlaydi. Buni har bir qashqadaryolik yurakdan his etmoqda.

Darhaqiqat, Yurtboshimizning vohaga tashrifi mehnatkash, bir sozli qashqadaryoliklarni yanada ulkan maqsadlar va baland marralarga chorladi.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: