O'zb  
 
04.07.2015

HINDISTON BOSH VAZIRINING OZBEKISTONGA TASHRIFIGA DOIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 2015 yil 6-7 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boladi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogida Ozbekiston – Hindiston hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakuni boyicha Ozbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasining qoshma bayonoti qabul qilinishi, kop qirrali ozaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: